• Efektlar va Renderlash
  • I-bob. Grafik ishlov berish dasturlarining asosiy turlari rastrli grafik dasturlar 4




    Download 2,24 Mb.
    bet14/30
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,24 Mb.
    #252235
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
    Bog'liq
    kurs ishi

    3D Modellashtirish va Tahrirlash:

    • Blender, 3D obyektlarni yaratish va tahrirlash uchun keng imkoniyatlarga ega.

    • Model qilish vositalari orqali nuronlar va poligonlar orqali obyektlarni shakllantirishga imkon beradi.

  • Animatsiya:

    • Blender, animatsiya vositalari bilan hayratlanadigan personajlarni yaratishga imkon beradi.

    • Keying, rigging, kinematika va animatsiya vositalari orqali obyektlarni harakatga keltirishni osonlashtiradi.

  • Efektlar va Renderlash:

    • Fluid efektlari, dinamikalar, partikullar va boshqa vizual effektlarni yaratishga imkon beradi.

    • Blender, Arnold render engine orqali fotorealistik render natijalarini olishingizga imkon beradi.

  • Koʻp Formatlarni Qoʻllab-quvvatlash:

    • Blender, koʻp sonli fayl formatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

  • Qoʻshimchalarni Ulash:

    • Blender, foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan qoʻshimchalarni ulash orqali amalga oshiriladi.

    Blender, professional san’atkorlar va animatsiya mutaxassislarining ishini osonlashtiradi va 3D model qilish sohasida keng foydalaniladi. Ushbu dastur, erkin va ochiq kodli bo’lib, Windows, macOS, Linux va boshqa operatsion tizimlarda ishlaydi

    1.3.3 3ds max dasturining asosiy xususiyatlari


    Uch o`lchovli grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning kompyuter modellarini qurishda keng qo`llaniladi. Uch o`lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo`nalishdir. Uch o`lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob`ektlar va kameralarni ko`chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo`lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, namoyish tog`risida ma`lumotlar keltiriladi. Qxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o`lchovli 3D modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko`p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o`z mohiyatlari bo`yicha gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo`shish imkoniyati ularga bo`lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni: namoyish effektlarini kino va videoindustriyada ; televizion tijoratda (reklamada); interaktiv o`yinlarda; sano`t va arxitektura dizaynida (bezashda); ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida; o`rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin. Shuni ta`kidlash lozimki uch o`lchovli grafika dasturlari kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo`yadi. Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D — tekislik uch o`lchovli grafika maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D — grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o`lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o`lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi. Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik ob`ektlarga bo`lish mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so`z bilan aytganda — mavjud borliq ob`ektlarini. Nogecmetrik ob` ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to`g`ri yoritish), ob` ektlarga ta`sir etuvchi kuchlarni model-lashtirishda (masalan gravitasiya yoki shamol esishi) va hokazo. Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob` ektlar aynan (chiziqlar va sirtlar ko`rinishda), nogeometrik ob`ektlar esa oraliq (soyalar, tezlanish va hokazo) ko`rinishda namoyon bo`ladi. Geometrik ob`ektlar. Geometrik ob` ektlarni ko`rishda juda kuchli va keng tarkalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida ob`ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko`rib o`tamiz. Bu dastur yordamida geometrik ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi mumkin. Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko`rishda ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin.

    Download 2,24 Mb.
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




    Download 2,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Grafik ishlov berish dasturlarining asosiy turlari rastrli grafik dasturlar 4

    Download 2,24 Mb.