I-BOB. KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING XO’JALIK SUBYEKTI




Download 55,37 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2023
Hajmi55,37 Kb.
#124439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Almatov H.kurs ishi

I-BOB. KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING XO’JALIK SUBYEKTI.
1.1.Korxonani tashkil etish, faoliyatini tugatish tamoyillari va tartib-qoidalar.
Korxona - ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo‘g‘ini bo'lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.Korxona ish o‘rinlarini beradi, ish haqi to’laydi, soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat va ijtimoiy dasturlami amalga oshirishda qatnashadi.Korxona o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to’lovlami to‘lagandan so‘ng qolgan qismini tasarruf etadi.Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xomashyo yetkazib beruvchilar va xaridorlar baholarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo‘llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Korxona - ijtimoiy talablami qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi iqtisodiyot subyektidir.Zamonaviy korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi.
Shu sababli korxonalar:
-mulkchilik shakliga ko‘ra
- davlat va nodavlat,
- tarmoq belgilariga ko‘ra
- mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo va hokazolar,
- ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra
- yirik, mikrofirma va kichik,
- faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra
- uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi.
Ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona - bu,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ulami tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;ijtimoiy munosabatlarda korxona - bu, turli kategoriyadagixodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;Kichik biznes subyektlari - korxona ko‘lami, ishlab chiqarishhajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi subyektlar.Kichik korxonalar - mustaqil xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi, o‘z balansiga ega bo‘lgan, soliqlar va boshqa toMovlami to‘lagandan so‘ng qolgan foydasini o‘zi taqsimlaydigan korxona.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona malisulotlariga boMgan talabga asoslanadi.
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi korxona muassislarini tanlash korxona nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash davlat ro‘yxatidan o'tish.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslami jalb qilish
ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolami hal qilish
fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik
korxona (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fiiqarolar yoki shaxslar gumhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish
ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish


Download 55,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 55,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING XO’JALIK SUBYEKTI

Download 55,37 Kb.