|
II-BOB.MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA KORXONANING O’RNI VA ROLI
|
bet | 4/8 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 55,37 Kb. | | #124439 |
Bog'liq Almatov H.kurs ishiII-BOB.MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA KORXONANING O’RNI VA ROLI.
2.1. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari.
Avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq SSSR iqtisodiyoti yagona xalq xo`jaligi majmuasi sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh respublikalarning butunittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va “Markaz” tomonidan belgilab berilgan yo`nalishlar asosida o`z milliy iqtisodiyotini qam rivojlantirishi aks ettirilgan. Birlik, birdamlik, yaxlitlik aslida qayotning ijobiy kategoriyalari qisoblanadi. Biroq davlat boshqaruv qolatidan va birinchi o`rinda respublikalarning imkoniyatlari va manfaatlari nuqtai nazaridan qaraganda bunday “birlik” respublikalarga ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning muqim masalalarini mustaqil hal qilish imkonini bermasdi.
Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investitsiyalar asosan umumittifoq “qozoni”dan olinardi va ko`pincha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o`zida qam respublika, qam butunittifoq vazirliklariga va maqkamalariga bo`ysunar edi. Ittifoqdosh respublikalar SSSRning yagona xalq xo`jaligi majmuasi tarkibida so`nggi bor qatnashgan 1990 yil bo`yicha statistik ma`lumotlar O`zbekiston iqtisodiyotining aqvoli va tuzilmaviy tuzilishi to`g`risida ma`lum bir tushuncha beradi: jami ishlab chiqarilgan sanoat maqsulotlarida markazga bo`ysinuvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan maqsulotlar salmog`i 33%, sanoat va ishlab chiqarishda mashg`ul bo`lgan xodimlar miqdorida - 35%, sanoat va ishlab chiqarish asosiy fondlarida 65%ni tashkil qilgan bo`lsa, respublik qukumatiga bo`ysunuvchi korxonalar esa mos ravishda 67%, 65% va 35%ni tashkil etgan.
O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o`zgarishlariga sabab bo`ldi.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot saloqiyatlarini mustaqkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo`naltirilgan, bozor munosabatlariga o`tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda.
Bu model O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloqot qilishning beshta muqim tamoyiliga asoslangan qamda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni qimoya qiluvchi zaruriy qonun qujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol’ ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab 22 chiqarish bo`g`ini bo`lish bilan birga maqsulot ishlab chiqarish, aqoliga xizmat ko`rsatish tufayli iste`molchilarning talablarini qam qondiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma`muriy buyruqbozlik xo`jaligidan farqli o`laroq iqtisodiy faoliyat markazi barcha iqtisodiyotning asosiy bo`g`ini bo`lmish – korxonalar tomoniga siljib o`tadi. Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo`g`ini bo`lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari qal etiladi. Maqsulotlar yaratish va xizmatlar ko`rsatish muayyan texnologik jarayonlar, meqnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko`nikmalari ijtimoiy meqnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan qoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi. Korxona ish o`rinlarini beradi ish qaqi to`laydi soliqlar to`lash yo`li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi. Aynan korxonada maqsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o`zaro aloqasi amalga oshiriladi. Korxona o`z faoliyatini o`zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan maqsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to`lovlarni to`lagandan so`ng qolgan qismini tasarruf etadi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maqsulotlar qajmi va assortimenti, xilmaxilligi, xom ashyo etkazib beruvchilar va qaridorlar baqolarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo`llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari qal etiladi.
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil etish shakllariga ega: Kontsentratsiyalash, bir joyga jamlash; Ixtisoslashtirish; Kooperatsiyalash; Ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona korxona bu - xona ququqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida maqsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida maqsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi mustaqil xo`jalik yurituvchi iqtisodiyot sub`ektidir. O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va soqalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo`lgan 300 mingta xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt mavjud bo`lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar qamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo`jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) soqalarida ro`yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog`i katta bo`lib, 82 %ni tashkil qiladi. Qar bir mamlakatning sanoat quvvati qamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar 23 belgilab beradi. SHu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni kichik va o`rta korxona qamda mikrofirmalarga keng yo`l ochib berishda yirik korxonalarning o`rni va rolini unutmaslik darkor. CHunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini qayotga tatbiq etish, yuqori sifatli maqsulot ishlab chiqarish, meqnatni rag`batlantirish qamda do`stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. SHu sababli yirik, o`rta va kichik korxonalarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan qolda fan va xo`jalik amaliyotining eng muqim vazifasi qisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning qar bir tarmog`i va soqasida qal qilishning yo`llari o`xshash bo`lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo`lmasligi mumkin. Qar bir aloqida yuzaga kelgan iqtisodiy qolatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos qolda qarakat qilish zarur. Korxonalarning faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to`g`ridanto`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o`zlarining qam ko`rsatkichlari yuqori bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustaqkamlaydi qamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb qisoblanadi.
Balki qaqiqatdan qam shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga tegishli bo`lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo`lishi faqat korxonalarnigina emas, davlatning qam ko`z oldida bo`lishi zarur. Xuddi shuning uchun qam davlat korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan tartibda nazorat qilib qam boradi. Davlat korxonalar “taqdiriga”, ularning ishlab chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik - bularning barchasi korxona jamoasi uchun qam, davlat uchun qam og`ir yuk qisoblanadi. Jaqon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha korxonalar qam raqobatchilikni engib, samarali ishlab keta olmaydi qamda daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, xo`jalik faoliyati doirasiga qo`shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko`ra tugatiladi.
SHu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot sharoitlarida odatiy qol bo`lib, bu aqvolga tushib qolishdan eqtiyot bo`lish kerak bo`lsada, lekin bundan fojea qam yasash kerak emas. Xalq orasida “Kambag`al va kasal bo`lgandan ko`ra boy va sog`lom bo`lgan afzal” degan gap bor. SHu gapga amal qiladigan bo`lsak, yaxshisi korxonani bankrot bo`lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustaqilligi, meqnat qobiliyati va daromadligini ta`minlash uchun barcha zarur choralarni qo`llash zarur. Korxonaning meqnat qobiliyati va daromadligi milliy iqtisodiyotga qo`shiladigan qissa bo`lishdan tashqari respublikamizda tobora ko`payib borayotgan aqolini ish bilan ta`minlashda qam aqamiyat kasb etishini unutmaslik muqim. Ko`rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o`rni va aqamiyati ishlab chiqarilayotgan maqsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari bu korxonaning aqolini ish bilan ta`minlashdagi ishtirokiga qam bog`liq bo`ladi. Aqolini ish bilan 24 ta`minlar ekan, korxonalar o`zlarining bevosita ishlab chiqarish funktsiyalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning kamayishiga, demak, to`g`ri, meqnat faolligining ortishi va ijtimoiy aqvolning yaxshilanishiga qam sababchi bo`ladi. Bu erda qamma narsa faqat korxonanning o`ziga bog`liq emasligi ko`rinib turibdi, albatta. CHunki korxona o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida xom ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi yoki maqsulot iste`molchilari sifatida qarakat qiluvchi boshqa korxonalar bilan o`zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda qar bir kamchilik va nuqsonlar, jumladan, xom ashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida etkazib bermaslik, o`z vaqtida qaq to`lamaslik, qarzlarni to`lash muddatlarining o`tkazib yuborilishi va boshqa xo`jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona iqtisodiy aqvolining yomonlashishiga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi.
SHu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil qilish qamda o`z qamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat`iy tarzda bajarish intizomi bilan uzviy bog`liqdir. O`zbekistonda ko`plab kichik, o`rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og`ir sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo`jalik maqsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o`z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - er, tabiiy va meqnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, qozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi.
Ma`lumki, boylik yoki saloqiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-qarakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo`jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo`lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samardorligining pasayishiga, xo`jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar qam bundan mustasno emas.
|
| |