|
I bob. Mobil ilovalar yaratish va uning dasturiy ta'minoti
|
bet | 1/11 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 3,78 Mb. | | #148575 |
Bog'liq Abdunosirov Metodika
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................……………
I BOB. MOBIL ILOVALAR YARATISH VA UNING DASTURIY TA'MINOTI.............................................................................................................
Mobil ilovalar haqida tushuncha………………….……..…………………..
Mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari va vositalari ..................................
II BOB. MOBIL ILOVALARNI LOYIXALASH VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI………….........................................................
Ta’limda mobil ilovalarning qo‘llanishi……………………..……….…...
Ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanish metodikasi….………….
XULOSA................................................................................................................
GLOSSARIY..........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanganligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy Kurs ishilarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 06.10.2020 yildagi PQ-4851-son qarorida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
“Ixtisoslashtirilgan va boshqa umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;
O‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilsin” deb belgilab berilgan.[2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da 4-yo‘nalish “ Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish inson kapitalini rivojlantirish” sohasida alohida ta’kidab o‘tilganidek, maqsadlar albatta ta’lim sohasida Vatanimizni 2030 yilgacha rivijlantirishga poydevor bo‘luvchi vazifalar sifatida namoyon bo‘lgan.
Ta’lim sifati qay darajada keng bo‘lsa demak, iqtisodiy maqsad va kelajakka sarmoya kiritishda hech qanday ikkilanishlar vujudga kelmaydi.
Mobil ilovalar yaratishning dolzarbligi juda yuqori hisoblanadi. Bu, ilovani qanday ishga tushirishni o‘rganishdan boshlab, dizayn qilish va o‘z ichiga qo‘shimcha funksiyalar qo‘shishga qadar barcha bosqichlarda muammo yuzaga kela oladi.
Birinchidan, mobil ilova yaratish uchun kerakli dasturlash tillarini o‘rganish va ularga moslashtirilgan dasturlar yaratish zarur. Bu, dasturchining vaqtini va energiyasini talab etadi.
Ikkinchidan, mobil ilovalarni dizayn qilish ham juda ko‘p vaqt va xarakter talab etadi. Ilovaning foydalanuvchilar tomonidan mazmunli vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi. Bu esa dizaynerlar va dasturchilar orasidagi ishbirligi bilan amalga oshirilishi kerak.
Uchunchidan, ilovaga qo‘shimcha funksiyalar (masalan, push-xabarlar) qo‘shish ham yana bir dolzarbligi hisoblanadi. Ushbu xizmatlar uchun serverni buyurtma berilishi kerak bo‘ladi, bu esa ozroq pullik ishni bildiradi.
Bundan tashqari, mobil ilovalarni testlash va xato topuvchi dasturlarni ishlatib ko‘rish ham pul sarflashni talab etadi.
|
| |