• 1.2. Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi
  • I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari




    Download 0,95 Mb.
    bet3/14
    Sana08.01.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #132226
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    O\'ZBEKISTONDA IQTISODIY RAYONLARIGA TA’RIF
    referat ustlari knijniy 2., O\'simliklarning inson va biosferada tutgan o\'rni va muhofazasi 1, Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish-fayllar.org, MATEMATIK FIZIKA MASALALARINI SONLI YECHISHDA VARIATSION USULLAR, КUN TARTIBI, 7-22 avazjon, ON blanka, ekspert xulosasi, 1-Maruza
    Xududlarning ixtisoslashishi - umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan tarmoqning rivojlana olishida ifodalanadi.
    Iqtisodiy rayon uchun quyidagi 2 belgi xos bo`ladi:
    1. Ixtisoslashgan tarmoqlarga ega bo`ladi.
    2. Xo`jaligi kompleks holda rivojlanadi.
    Iqtisodiy rayonda ixtisoslashgan tarmoqlar bu rayonning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog`liq bo`ladi. Rayon qancha yuksak rivojlangan bo`lsa, unda ixtisoslashgan tarmoqlar shuncha ko`p bo`ladi.
    Xududlarning biror mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi quyidagi holda shakllanadi:
    a) uning mahsuloti mamlakatning boshqa qismlaridan arzon bo`lsa;
    b) shu mahsulotni maxalliy ehtiyojlaridan ancha ortiq miqdorda ishlab chiqarish mumkin bo`lsa;
    v) shunday mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar va shart-sharoitlar bilan ta`minlangan bo`lsa;
    g) ishlab chiqarish mamlakat uchun zarur bo`lsa;
    d) geografik urni, shu jumladan transport tarmoqlariga nisbatan tutgan urni xususiyatlari imkon bersa.
    Xududlarning ixtisoslashishi tarixan shakllanadi. Xo`jalikning rivojlanishi bilan u o`zgarishi ham mumkin. Masalan, Mingbuloq neft koni to`la quvvat bilan ishga tushsa Farg`ona iqtisodiy rayonining ixtisosligi o`zgaradi. Geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti natijasida iqtisodiy rayonlar shakllanadi.
    Iqtisodiy rayonlar- ishlab chiqarish ixtisosligi, o`ziga xos xo`jalik tarmoqlarining uyg`unligi, mustaxkam ichki aloqalari bilan ajralib turuvchi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi ro`li bilan boshqalardan ajralib turuvchi hududlardir.
    Iqtisodiy rayondagi ishlab chiqarishning ayrimlari ixtisoslashgan tarmoqlarga mansub bo`ladi. Ulardan tashqari yordamchi tarmoqlar ham (ixtisoslashgan tarmoqlar tomonidan istemol qilinuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar) bo`ladi.
    1.2. Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi
    2012-yil holatiga koʻra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi.
    Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarga va viloyatga (respublikaga) boʻysunuvchi shaharlarga boʻlinadi. Toshkent shahri shahar tumanlariga boʻlinadi.
    Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston tumanlari tumanga boʻysunuvchi shaharlarga, shahar tipidagi posyolkalarga (shaharcha) va qishloq fuqarolar yigʻinlari (QFY)ga boʻlinadi.
    Shuningdek, QFYlar viloyatga boʻysunuvchi shaharlar tarkibiga, shahar posyolkalari (qoʻrgʻonlar) viloyat (respublika)ga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrining ichki tumanlari tarkibiga kirishi mumkin.
    1925-yili Oʻzbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga boʻlinish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga boʻlindi. 1926-yilning 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha edi:
    Aytish joizki, aynan oʻsha yili viloyat va uyezdlar bekor qilinib, oʻrniga 10 ta: Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va Xorazm okruglari tashkil etildi. Okruglar rayonlarga (tumanlarga) boʻlindi. 1929-yilda Tojikiston ASSR va Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, ular oʻrnida Tojikiston SSR tashkil etildi. Bu qaror 1929-yilning 5-dekabrida SSSR MIQ tomonidan tasdiqlangan. 1930-yilda Oʻzbekiston SSRning poytaxti Toshkent shahriga koʻchirildi. Shu yili butun Shoʻro ittifoqida boʻlgani kabi Oʻzbekiston SSRda ham barcha okruglar bekor qilindi. Ular tarkibiga kirgan rayonlar (tumanlar) esa bevosita respublikaga boʻysundirildi. 1931-yil Oʻzbekiston SSRda 71 ta rayon [oʻz navbatida rayonlar 1494 ta qishloq sovetiga (ruscha: сельсовет) boʻlingan], respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar (bu shaharlarga yana 204 ta qishloq soveti boʻysungan) boʻlgan.


    Download 0,95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari

    Download 0,95 Mb.