Psixolog kasbining shakllanish tarixi va bugungi imkoniyatlari




Download 46.21 Kb.
bet3/8
Sana06.03.2023
Hajmi46.21 Kb.
#44496
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishiii
maxsus fan referat, Raximov Farhod, Жамият тараққиётининг асоси, Izuchaem Java Keti Syerra i Bert Beyts, SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO, 133. mavzu, 7-8 ma\'ruza uchun umumiydan, konstitutsiya, Бухгалтерия xисоби 1 kисм, САВОЛНОМА 2023 ПТМ ўқув меъёрий ҳужж БЎЙИЧА, Kompyuterlarni tarmoqqa ulashning asosiy maqsadi nima, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida, 1. Tarmoq protokoli tushunchasi
Psixolog kasbining shakllanish tarixi va bugungi imkoniyatlari

Psixologik bilimlar haqida so'z ketar ekan, albatta mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlar o'rtasida tafovutlar mavjuddir. Insonlar qiziqish doirasida bir-biriga yordam qo’lini cho'zishlari mumkin, bu esa yaxshigina samara berish imkoniyati hisoblanadi. Unda mutaxassis psixologlarning nima zarurati mavjud? Bu savol hammaga berilishi mumkin. Ko'pincha birinchi va ikkinchi kurs talabalari o'zini psixolog sanash mumkinligi yoki yo'qligi haqida o‘ylanib qolishadi. Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlarning orasida bir qator farqlar mavjuddir. Bular quyidagilar:
a) mutaxassis psixologlarda nazariy bilimlar tizimining mavjudligi, psixika va psixologiya tushunchalarining umumlashtirilganligi. Qiziquvchi psixologda bu bilimlar ko'p bolishi mumkin.
U ko‘plab adabiyotlarni o‘qigan bo'lishi mumkin, biroq ular haqidagi bilimlari yuzaki hisoblanadi, ular ma’lum bir davralarda o'z bilimlarini namoyon qi1ishlari mumkin. Lekin, bunday odamlar nazariy bilimlarga ega bo‘lmaganliklari uchun olingan bilimlaridan noto‘g‘ri foydalanishlari mumkin;
b) mutaxassis psixologning eng tayanch nuqtasi albatta bu uning ilmiy bilish usullaridan xabardorligi hisoblanadi. Agar psixolog ko’p bilimga ega bo'lsada, biroq usullarga ega bo’lmasa ham qiynaladi. Shuning uchun ham usullardan keng foyd alana olishi talab qilinadi;
d) mutaxassis psixolog har doim nazariy asoslarga ega bo‘lgan metodikalardan foydalana oladi. Bunda nazariya va amaliyotni bir maromda amalga oshiradi. Hattoki ba’zi vaqtlarda nazariy bilimlari oqsagan mutaxassis psixologlar to‘g‘ri tanlangan metodikalar yordamida vaziyatlardan oson chiqib ketishlari mumkin. To‘g‘ri, qiziquvchilar ham turli metodikalardan foydalanishlari mumkin, biroq ular bu metodikalarning mazmun-mohiyatlarini tushunmagan holda ishlatishlari mumkin, bu holatlar esa sinaluvchilarga albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
e) qiziquvchi psixolog faqat yaqinlariga yordam ko‘rsatsa, mutaxassis psixolog mijozlar bilan ishlab, ularga to‘g‘ri maslahat ko‘rsatishi talab qilinadi. Bundan tashqari qiziquvchi psixolog hamma mas’uliyatni o‘ziga olsa, mutaxassis psixolog esa mas’uliyatni mijozda shakllantiradi;
f) mutaxassis psixolog boshqa mutaxassislar bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi, demak mutaxassis psixologlar har doim ma’lumotlarga ega bo‘ladi, bundan qiziquvchi psixolog mustasnodir;
g) mutaxassis psixologda psixologik bilimlarning mavjudligi haqidagi hujjatning mavjudligi, bu esa mijozlarning ularga murojaat qilishlarida muhim o‘rin tutadi, chunki mijozlar albatta mutaxassislarga murojaat qilishni ma’qul ko‘rishadi;
h) kasbiy axloqiy qoidalarga rioya qilish bo‘yicha ham shu ikki psixologlar o‘rtasida albatta farq mavjud. Bunda axloqiy qoidalar albatta mutaxassislarga o‘qish davomida o‘qitiladi;
i) mutaxassis psixolog o‘zini rivojlantirishda mutaxassislarning xizmatlaridan foydalanadi, qiziquvchi psixolog kitoblardan foydalanishi mumkin, biroq bu tizimli bilimlar hisoblanmaydi. Mutaxassis psixolog mustaqil o‘rganishga yo‘naltiriladi;
j) psixolog mutaxassisda mehnat psixogigiyenasi mavjud. Bunda mutaxassis psixolog boshqalarga yordam berish asnosida o‘zining sog‘lig‘iga ham befarq emasligini bilishi kerak bo‘ladi;
k) mutaxassis psixolog ko‘pgina yangi o‘ylab topilgan usullarga tanqidiy nigoh bilan qaraydi, masalan, astrologiya, xiromantiya va boshqalarga. Mutaxassis psixologning asosiy faoliyati albatta mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Inson o’zini mehnat orqali namoyon qilishi mumkin.
Psixologning mehnati haqidagi tasavvurlarni keltirib o’tamiz:
1. «Yengil mehnat» ideali. Bunda inson mehnat qilmasdan ko‘proq maosh olishni o‘ylaydi. Bu aynan psixologlar uchun noto‘g‘ri bo‘lgan faoliyatlardan biri hisoblanadi. Chunki ular mehnatidan zavqlanishlari zarur.
2. Noaniqlik tushunchasini kamaytirishga qaratilgan faoliyat (antientropizm). Murakkab obyektlarni osonlashtirish qobiliyati hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda ijodiy faoliyat uchun o'rin qolmaydi.
3. Qalban ko‘rlik. Ular boshqa insonlar bilan xursand va xafa bo‘la olishmaydi.
4. Boshqalardan ustun bo‘lish xohishi. Bu ko‘plab psixologlarning bir-birlari bilan kurashishlariga sabab bo‘ladigan holatlardan biri hisoblanadi.


Download 46.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 46.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixolog kasbining shakllanish tarixi va bugungi imkoniyatlari

Download 46.21 Kb.