I. BOB. Shaxmat tarixi 1.1 Shaxmatning kelib chiqishi




Download 1.1 Mb.
bet2/9
Sana23.01.2024
Hajmi1.1 Mb.
#143710
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
diplomishinozima26.11.23
Menejment ТЕСТ, 51-4-59-Q 23, mundarija, 1.11111111, BMI betlik nozima (4), 11 маруза мавзуси, taqsimot (2), 1-Mavzu мевачилик, mevar 3 amaliy mavzu, TALABNOMA, Test savollari. Operatsion tizim nima, Kompyuter-zamonaviy-texnik, Barqaror turizm rivojlanishi o\'quv qo\'llanma, Yada bakalavr uzb

I. BOB. Shaxmat tarixi

1.1 Shaxmatning kelib chiqishi.


Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilish . Bu o‘yin 64 ta katakli taxtada 32 ta figura yordamida oʻynaladi.
Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:

  • Shoh — 1 dona

  • Farzin — 1 dona

  • Rux — 2 dona

  • Fil — 2 dona

  • Ot — 2 dona

  • Piyoda — 8 dona

Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.
Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.
Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512-yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.
1851-yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886-yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987-yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000-yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.Hindiston shaxmatning vatani hisoblanadi,chunki miloddan avvalgi VI-asr oxirlarida paydo bo‘lgan Chaturanga o‘yini shaxmatning to‘g'ridan-to‘g'ri qadimiy o‘xshashidir.Chaturanga 8x8 o‘lchadagi taxtada shaxmat donalariga o‘xshash donalarda o‘ynaladi va o‘yindan maqsad raqib shoxini mot qilish edi. Arxeologik va yozma ma'lumotlarga ko‘ra shaxmatning kelib chiqishini qadimgi Xitoy va Sosoniy hukmdorligidagi fors davlatiga bog'lovchi ayrim dalillar bor lekin bu dalillar yetarli emas Chaturanga xaqidagi ilk yozma ma'lumotlar qirol Xarshi Bano (VII asr) davrida sanskrit tilida yozilgan "Xarchasharita" tarixiy solnomasida yozilgan.Eski fors tilida yozilgan "Chatrang-Namak" ("Shaxmat haqidagi") risolasida shaxmat Hindiston hukmdori shaxanshox Xisrav 1 (531-579) tomonidan sovg'a qilingani hikoya qilinadi.Bu afsona tarixiy asosga ega va Xisrav 1 hukmdorligi vaqtida forslaning chaturanga bilan tanishishi aniqlanadi.Arab tarixchilari shaxmat Hindistonda paydo bo‘lgani u yerdan forslarga berilgani haqida tarixiy ma'lumotlar kam berilgan.[4] Bir qator arab tarixchilari shaxmatning paydo bo‘lishi haqida har xil afsonalarni yozib qoldirishgan.Afsonaga ko‘ra podshox shaxmatni yaratgan odamdan tilagini so‘rganda u hukmdordan mukofot o‘rniga shaxmat taxtasining har bir keyingi katagida donalarni ikki barobarga ko‘paytirganda olinadigan don miqdorini talab qilgan.Ko‘p o‘tmay podshox bu so‘ralgan miqdordagi bug'doy sayyorada yo‘qligini tushunadi.(u 2 64 - 1 = 18 446 744 073 709 551 615 ≈ 1,845 × 10 19 ga teng).Bir vaqtning o‘zida bir nechta tarixchilar shaxmat kashfiyotchisining ismini Sassa yoki Sissa deb aytishadi.Bu afsona al-Adli,al-Yakubi,al-Beruniy va boshqalarning asarlarida uchraydi.N

1984-1990-yillarda shaxmat bo‘yicha o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi jahon chempionlari Anatoliy Karpov va Garri Kasparov jahon chempioni unvoni uchun 5 ta o‘yin o‘tkazishdi.


Download 1.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. BOB. Shaxmat tarixi 1.1 Shaxmatning kelib chiqishi

Download 1.1 Mb.