|
III.BOB Zamonaviy shaxmatning paydo bo‘lishi
|
bet | 7/9 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #143710 |
Bog'liq diplomishinozima26.11.23 III.BOB Zamonaviy shaxmatning paydo bo‘lishi. 3.1 XIX-asr shaxmatni xalqaro sport turiga aylantirish.
Shaxmat o‘zining zamonaviy qiyofasini taxminan 1475-yilga borib taqaladigan qoidalarga kiritilgan 2 ta o‘zgarishlar tufayli oldi.Farzinning istalgan yo‘nalishda kvadratlar soniga o‘ta oldi va eng kuchli donaga aylandi.Fil esa diagonal bo‘ylab istalgan sonli maydonlar bo‘ylab harakatlanadi.Ushbu yangiliklar o‘yinni tubdan o‘zgartirdi. Zamonaviy shaxmatning tug'ilgan joyi munozarali masala bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy ispan tarixchilari Rikardo Kalvo va Xose Antonio Garsonning XV-asr oxirida Valensiyada nashr etilgan "Muxabbat shaxmati" asarida shaxmat o‘yinining zamonaviy qoidalariga ko‘ra tasvirlagan.Valensiyalik shaxmatchi Franseska Visentaning "100 ta shaxmat partiyasi" (1495-yil) kitobidagi ma'lumotlar katta manba bo‘lib xizmat qilgan. Kalvo va Garzon Lusenani Gottingen qo‘lyozmasi muallifi deb hisoblaydilar va bu lotin tilidagi shaxmat muommolarini tasvirlaydigan risola deb aytishadi. Merrey esa Gyottingen qo‘lyozmasini kelib chiqishini fransuzlarga taqaydi. 1512-yilda Rimda Pedro Damiano tomonidan birinchi italyan shaxmat darsligi nashr etildi (ammo u masalalarni Lusenadan olgan).Faqatgina XVI-asrda u 8 marta fransuz,nemis,ingliz tillarida qayta nashr etilgan. Lusenaning "Muxabbatning takrorlanishi va shaxmat san'ati" risolasi va Gyottingen qo‘lyozmasida o‘ndan ortiq debyutlar haqida ma'lumot beradi.Jumladan ular quyidagilar: Filidor himoyasi, filning yurishi,italyancha partiya,ispancha partiya,ruscha partiya,farzin gambiti kabilar qabul qilingan. XVI-asr boshlarida yangi qoidalar bo‘yicha shaxmat Ispaniya va Italiyada eski o‘yin o‘rnini egalladi.Asr o‘rtalarida esa Yevropaning ko‘plab qismiga tarqaldi.Angliyada esa Genri Xovard (1516-1547)ga yangi o‘yin qoidalari ancha oldin tanish bo‘lganligini uning she'rlaridan xam bilsa bo‘ladi.Germaniya XVII-asrda Gustav Selenus guvoxlik berishicha eski qoidalar faqat Shtryobek qishlog'ida mavjud bo‘lgan. Batafsil yozma manbalar yo‘qligi sabab yangi qoidalar Rossiyaga qaysi vaqtda kirib kelganini aniqlashni imkoni yo‘q.Linderning fikricha Rossiyada chet ellik sayoxatchilar o‘yinning eski qoidalarini tan olishmaydi. Savenkov esa yangi qoidalarni boshqa qoidalar bilan birga Rossiyaga Yevropadan Pyotr I singdirgan deb hisoblaydi. Islandiyada taxminlarga ko‘ra eski va yangi shaxmat XVIII-asr boshlariga qadar parallel ravishda o‘ynalgan.[4]
Yevropada shaxmat qoidalri bir xil bo‘lmagan,xar bir mintaqaning XVI-XVII-asrlarda o‘ziga xos hususiyatlari bor edi.
Luidji Mussini. "Ispaniya qiroli saroyida shaxmat musobaqasi"(1883)
1561-yil Ispaniyada Ruya Lopes de Segurining shaxmat darsligi nashr etildi. 1574-1575-yillarda Ispaniya qiroli Filipp II saroyida Ruy Lopes va yana bir kuchli ispan shaxmatchisi Alfonsa Seron Italiyaning eng kuchli shaxmatchilari Leonardo,Polerio va Tomaso Kaputolar bilan bir qator o‘yinlar o‘tkazishdi va g'alaba italiyaliklarga nasib etdi.Lopes va Seron keyinchalik italiyalik shaxmatchi Paolo Boi bilan shaxmat o‘ynashdi va mag'lub bo‘lishdi.Go‘liblar shox tomonidan mukofotlandi.Bu davrda badavlat insonlar yoki oliy ruhoniylarning mashxur shaxmatchilarga homiylik qilishi keng tarqalgan edi.Italiyada masalan gersog Jakomo Bonkompani bu bilan mashxur edi.Julio Polerioning shaxmat haqidagi yozuvlari taniqli tarixchi Fon der Lazaning kuzatuvlariga ko‘ra debyutlarning taxlili,partiyalar davomi,o‘yinchilar ismlari haqida ma'lumot beradi.Unda berilgan debyutlar avvalgilariga qaraganda ancha boy bo‘lib,masalan qirolning gambiti,Karo-Kan himoyasi,ikki ot himoyasi va Fianchetto fili bilan o‘zgarishlarning batafsil tahlilini o‘z ichiga oladi.XVII-asrning birinchi yarmida Jaokino Greko sayoxatchi shaxmatchi sifatida mashxur bo‘ldi va ko‘plab qoldirgan qo‘lyozmalarida ajoyib kombinatsiyalar bor edi.
XVI-XVII-asr oxirlarida Angliya va Fransiyada shaxmat qirollik saroyi mashxur o‘yin bo‘lgan (Kromvel hukrronligida puritanlar tomonidan taqiqlangan qisqa muddat).Ammo Italiya va Ispaniyaga qaraganda maxorat kuchsiz edi.O‘sha paytda nashr etilgan shaxmat risolalaridan faqat Damianning darsligi ingliz tiliga o‘girilgan edi.Shaxmat Angliyada ko‘pincha teatrda qo‘yilardi.1624-yil Tomas Middltonning "Globus" teatrida saxnalashtirilgan "Shaxmat o‘yini" pesasida shaxmat donalari odamlardan iborat edi. XVII-asr oxirida ingliz sharqshunosi Tomas Xayd arabcha ma'lumotlarni to‘plab katta ish qildi va shaxmatning hindlardan kelib chiqqanini taxmin qildi. 1706-yilgi fransuz nashridan ma'lum bo‘lishicha Parij shaxmatchilarining 17 ta o‘yini ma'lum bo‘lib,ular taxminan 1680-yilda qirol gambiti bilan o‘ynagan.Fransuz shaxmat ustasi Aleksandr Deshapel XIX-asr boshlarida Yevropaning eng kuchli shaxmatchisi hisoblanib har bir o‘yinda raqiblariga qo‘shimcha imkoniyatlar berib o‘ynardi.1821-yilda Deshapel hamyurti Lui Labourdonn va shotland Jon Koxren bilan "Uchlik turniri" tashkil qilindi.O‘yin boshida raqib piyodasiga 2 ta yurish imkonini berdi.Natijada Luiga mag'lub bo‘ldi va Jonni esa yutdi.1824-28-yillarda London va Edinburg shaxmat klublari o‘zaro o‘yinda Edinburg 2:1 hisobda g'alaba qildi.[4] 1830-yil Angliya va Fransiyaning yetakchi shaxmatchilari Labourdon va Makdonnel o‘rtasida 80 dan ortiq o‘yin bo‘ldi.Umumiy hisobda Labourdon g'alaba qildi.Bu Angliya va Fransiyada shaxmatning ommalashishiga sabab bo‘ldi. 1836-yili Labourdon ilk shaxmatga ixtisoslashgan jurnal "Le Palamede"ni nashr etdi.Shundan so‘ng ingliz Govard Staunton "Chess Players chronicle",1846-yil esa Lyudovig Bledov "Deutsche Schachzeiyung" jurnalini nashr etdi.
1830-yillar oxiri va 1840-yillar boshlarida Berlinda yetti shaxmatchidan iborat klub faoliyati tashkil topdi.Uning a'zolari : Paul fon Bilger,Tassilo fon Xaydebrand,Bledov kabi shaxmatchilar a'zo edi. Rus shaxmatchisi Karl Yanish ikki jilddan iborat "Shaxmat o‘yini debyutlarning yangi taxlili" asarini nashr etdi. Yanish yetakchi shaxmatchi bo‘lmagan bo‘lsada uning ayrim debyutlari xozirgacha saqlanib kelmoqda.
XIX-asrgacha Rossiyada shaxmatga oid asarlar nashr etilmagan.Shaxmatchilar asosan chet el adabiyotlariga murojaat qilishadi. Ivan Butrimov rus tilidagi ilk kitob "Shaxmat o‘yini haqida" (Peterburg,1821) muallifidir.Aleksandr Petrov bir necha yil yetakchi rus shaxmatchisi edi.U barcha kuchli vatandoshlarini mag'lub etdi,lekin chet ellik mashxur shaxmatchilar bilan o‘ynamagan.1824-yil Aleksandr Petrov o‘zining "Shaxmat o‘yini" asarini nashr ettirdi.Lekin chet el shaxmatga oid adabiyotlari oldida uning asarini salmog'i deyarli sezilmadi. 1852-yilda "Sakt-Peterburg shaxmatni sevuvchilar jamiyati" nomli birinchi rus shaxmat klubi ro‘yxatga olingan.
1835-yilda Makdonnel va 1840-yilda Labourdon vafot etgach London va Parij o‘rtasidagi baxslarda Govard Staunton va Per de Sen-Amant 1843-yilda musobaqa tashkil qilinadi.Unda Staunton 11 g'alaba,to‘rt durang va oltita mag'lubiyat bilan g'alaba qozonadi.Ushbu o‘yinlar Flidor davri bilan boshlangan shaxmatdagi fransuz gegemoniyasiga chek qo‘ydi,Sitsiliya himoyasi,Farzin gambiti va keyinchalik Staunton nomi bilan tanilgan debyutni yuzaga keltirdi.1851-yil Staunton tashabbusi bilan Londonda ilk shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.16 ta kuchli shaxmatchidan iborat turnir olimpiada tizimida bo‘yicha o‘tkazildi.
"O‘lmas partiya". Andersen-Kizeriskiy (London,1851-yil.).
Uning finalida Stauntonni nemis shaxmatchisi Adolf Andersen mag'lub etdi.Yevropaning eng kuchli norasmiy chempioni unvoni Andersenga o‘tdi. 1854-yilda Shaxmatchi yilnomasi homiyligida shaxmat kompozitsiyasi bo‘yicha birinchi musobaqa bo‘lib o‘tdi .
1857-yili London musobaqasi bilan bir vaqtda Amerika shaxmat kongressi o‘tkazildi.Finalda Pol Morfi Lui Paulsenni 6:2 hisobda mag'lub etdi. Keyingi yili Morfi Stauntonga qarshi o‘ynash uchun Yevropaga keldi,ammo Staunton o‘yinni qoldirdi,keyin Birmengemdagi turnirda o‘ynash uchun kelib Iogann Lyoventalga qarshi o‘yinda yutqazdi va shaxmatni tark etdi. Morfi Andersen,Lyovental va Xarvitsni yaqqol ustunlik bilan mag'lub etib,shaxmat bo‘yicha ajaoyib maxorat namoyish etdi.Biroq Yevropa turnesidan qaytgandan so‘ng u ruhiy tushkunlikka uchrab musobaqalarda qatnashmadi. Uning yevropalik shaxmat ustalari ustidan qozongan g'alabalari daxoning qisqa muddat chaqnashi sifatida tarixga kirdi. Morfidan keyin Andersen dunyoda eng kuchli shaxmatchi bo‘lib turdi.1851-yildan 1878-yilgacha u kamida o‘n ikkita musobaqada ishtirok etib ularning 7 tasida g'olib bo‘ldi,qolganlarida esa sovrindorlar qatorida bo‘ldi. 1866-yilda Andersen pragalik Vilgelm Steyntsga qarshi o‘yinda 6 marta g'alaba qilib,8 marta mag'lub bo‘ldi.Shundan so‘ng Londonga ko‘chib o‘tib qimor va jurnalistika orqali pul ishlab topgan. Ushbu o‘yindan keyin Steyns o‘zini jahon chempioni deb atashni boshaldi va bu boshqalar tomidan ham maqullangan.Andersen va Steyns o‘rtasidagi o‘yin bilan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatlari tarixi boshlandi.
Vilgelm Staynits (1836-1900) ,shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
Vilgelm Staynits (1836-1900) ,shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
1870-yili Baden Baden musobaqasida Andersen Staynitsdan oldinda edi va o‘z gaplariga qaraganda shaxmat tamoyillarini qayta ko‘rib chiqishga kirishdi. Staynits ko‘p zamondoshlaridan farqli o‘laroq mudofaga,pozitsiyaviy ustunliklarni sekin to‘planishiga va manyovrlarga ko‘proq e'tibor berdi. Lui Paulsen 1870-yillarda Andersen ustidan g'alaba qozongandan keyin Germaniyaning eng kuchli shaxmatchisi bo‘lib qoldi. O‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab musobaqalarda yuqori saviyada o‘ynagan Staynits salohiyatini ushlab turdi. 1883-yili Iogann Sukertort Londonda tashkillashtirilgan o‘z davrining eng zo‘r shaxmatchilari qatnashgan musobqada birinchi o‘rinni oldi. Ikki yil o‘tgach Staynits uni o‘yinga chaqirdi.Ularning baxsi AQSHning bir qancha shaharlarida 1886-yil bo‘lib o‘tdi. Staynits +10-5=5 ko‘rsatkich bilan g'alaba qozondi. Bu davrda jahon chempioni unvoni egasi u bilan o‘ynashga talabgorni tanlashi,muzokara shartlarini ko‘rib chiqib rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslik huquqiga ega edi.Eng muhimi talabgorning bermoqchi bo‘lgan mukofot miqdori edi. Staynits romantik shaxmatning tarafdori bo‘lgan xavfli va prinsipial raqiblaridan biri bo‘lgan rus shaxmatchisi Mixail Chigorin bilan jahon chempionati uchun ikki o‘yinda uni mag'lub etdi.(1889 va 1892-yillar) 1894-yil Staynits jahon chempionligi uchun o‘yinda Emanuel Laskerga jahon chempionlik titulini topshirdi.Uch yildan so‘ng revansh baxsida yana mag'lub bo‘ldi.
1895-yilgi Gastings turniri ishtirokchilari.Birinchi qatorda chapdan ikkinchi o‘rinda Staynits,o‘ngda Chigorin, Lasker,Pilsberi.
XIX-asr oxiriga kelib shaxmat musobaqalar odatiy xolga aylandi.Germaniya shaxmat ittifoqi har ikki yilda bir marta musobaqalar o‘tkazdi.Asr oxirlarida 1895-yildagi Gastings musobaqasida AQSHlik Garri Pirlsberi kutilmaganda oldinga chiqib oldi.1895-1896-yillardagi Nyurenberg-1896, London-1899-yilgi musobaqalarda Lasker, Steynits, Chigorin, Pirlsberi shu musobaqalarda bir-birlari bilan 6 partiyadan o‘yin o‘ynashdi.Lasker so‘nggi uchta musobaqalarda g'olib chiqdi. 1885-yil Syurixda sxema bo‘yicha birinchi turnir bo‘lib o‘tdi,keyinchalik shveysar tizimi deb nomlandi.Bu esa cheklangan miqdordagi turlar bilan ko‘p sonli ishtirokchilarni jalb qilish imkonini berdi. 1897-yilda Londonda ayollar o‘rtasidagi birinchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi unda Meri Radj g'olib chiqdi. XIX-asrning ikkinchi yarmida musobaqalarda vaqt nazorati qo‘llanila boshlandi.Manchester shaxmat klubi kotibi Tomas Brayt Uilson mexanik shaxmat soatini ishlab chiqmaguncha vaqtni hisoblashda ko‘proq yoki kamroq noqulay usullar qo‘llandi.1883-yilda ilk marta London musobaqasida aniq vaqt nazorati ishlatiladi. Belgilangan vaqt nazorati bilan o‘yinlar hali xam soatlab o‘ynalishi mumkin edi.1878-yilda Parijda bo‘lgan musobaqada birinchi marta o‘yinni kechiktirish tartibi qo‘llanila boshlandi.
Lasker shaxsiy namuna ko‘rsatib shaxmatni sport turiga aylantirishga katta hissa qo‘shganlardan biri bo‘lgan.Uning o‘ziga xos o‘yin uslubi bo‘lmagan ammo qaqshatqich hujum qilish va himoya qilishni biladigan va raqiblarni individual hususiyatlari,kuchli va zaif tomonlarni inobatga olgan xolda o‘ynardi. Vaqt o‘tishi bilan shaxmat Laskerning asosiy daromad manbaiga aylandi va u musobaqalarda qatnashgani uchun yuqori to‘lovlarni kelishib olgan.
Emanuel Lasker (1868-1941),shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni va eng uzoq vaqt chempionlik qilgan champion.
Uning bu odati 1900-yilda o‘ta qashshoqlikda vafot etgan Staynitsning umrining oxiri unga chuqur taassurot qoldirgan. 1851-yili London musobaqasidan boshlab ko‘plab turnirlar qoidalariga ko‘ra shaxmatchilarning o‘yinlarga bo‘lgan mualliflik huquqi tegishli turnirning tashkiliy qo‘mitasidan emas balki o‘yinchilardan tan olinishini doimiy ravishda talab qilgan.Bundan tashqari o‘zini jahon chempioni sifatida alohida maqomga ega shaxmatchi deb hisoblagan Lasker uning o‘yinlariga bo‘lgan huquqlarni tan olishni talab qilgan. Lasker 27 yil davomida (1894-1921) jahon chempionligini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. 1900-yillarning boshlarida AQSHlik Frenk Marshall 1904-yilda Kembridj-Springs musobaqasida g'alaba qilgach u jiddiy raqib sifatida ko‘rilgan lekin u biron marta bo‘lsada Laskerni mag'lub etolmagan. Uning vatandoshi Zigbert Tarrash va chor Rossiyalik shaxmatchi David Yanovskiy ham jiddiy raqiblar bo‘lib hisoblangan.1890-yillarda Tarrash eng barqaror o‘yinlar o‘tkazd Lasker va Tarrash o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi,ammo bu vaqtda Tarrash o‘zining eng yuqori cho‘qqisini bosib o‘tgan edi. Avstriyalik Karl Shlexterga qarshi o‘yinda mablag' yetishmasligi tufayli bor-yo‘g'i 10 partiya o‘yin o‘ynaldi va durang bilan yakunlandi.Oxirgi o‘yinda Lasker g'alaba qozondi.
X.R.Kapablanka-A.Alyoxin.Sankt-Peterburgdagi musobaqa.(1914-yil)
1948-yilgacha XIX-asrda shakllangan jahon chempioni unvonining uzluksizlgi tizimi saqlanib qoldi ya'ni raqib chempionni o‘yinga chaqiradi va g'olib yangi chempion bo‘ladi.1909-yilda 20 yoshli kubalik Xose Raul Kapablanka Marshallga qarshi o‘yinda +8-1=14 hisobda g'alaba qildi.Ikki yil o‘tgach San-Sebastyandagi vakillik musobaqasida g'alaba qozondi.U yerda xalqaro turnirlarda g'alabalarga erishmagan yagona shaxmatchi edi. Kapablankani chempionlik uchun da'vogar sifatida ko‘rila boshlandi. 1914-yilda Sankt Peterburgdagi turnirda Lasker va Kapablanka ilk marta o‘ynashdi.Bu yerda ham Lasker birinchi o‘rinni oldi.Kapablanka ikkinchi bo‘ldi.Rus yosh shaxmatchisi Aleksandr Alyoxin esa uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi jahon urushi boshlangach shaxmat musobaqalari ham vaqtincha to‘xtadi. Birinchi jahon urushi tugagach Kapablanka Laskerga qarshi chiqdi.1920-yil ular o‘yin o‘tkazish uchun shartnoma qilishdi.Lekin Lasker o‘yinsiz chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘ldi.Biroq jamoatchilik fikri undan o‘yinni talab qildi va Gavana pul mukofotini qo‘lga kiritgach o‘yinga rozi bo‘ldi. O‘yin 1921-yil bo‘lib o‘tib unda Kapablanka foydasiga +4-0=10 tugadi.Biroq sobiq chempion keyingi ikki turnirda Nyu-York (1924),Moskva (1925) Kapablanka oldinda edi.Oxirgi musobaqada Kapablanka uchinchi,Lasker ikkinchi,SSSRning ikki karra chempioni Germaniyada doimiy yashab tez orada Sovet fuqoroligidan voz kechgan Yefim Bogolyubov ustunlik qildi.1924-yili Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida shaxmat musobaqasi individual tarzda havaskorlar o‘rtasida o‘tkazildi.Lekin havaskorlar va professionlarni ajratib olish boshidanoq muommo bo‘lib qoldi. Parij olimpiadasi yoki havaskorlar jahon chempionatida latviyalik German Matison g'olib chiqdi.Ayni vaqtda Parijda Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) tashkil qilindi va uning birinchi prezidenti gollandiyalik Aleksandr Ryub saylandi.Urushdan keyingi yillarda FIDE jahon chempionligi va yirik turnirlarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan.1927-yili Londonda birinchi shaxmat olimpiadasi mamlakatlarning jamoaviy musobaqasi shaklida tashkil etildi va bu musobaqalar muntazam o‘tkazila boshlandi. FIDE olimpiadalar bilan bir vaqtda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionatlarini tashkil etdi.Urushdan oldingi barcha turnirlarda asli chexoslavakiyalik keyinchalik Buyuk Britaniya fuqoroligini olgan Vera Menchik g'olib chiqqan.Menchik ayollar musobaqasida hech qanday raqobatga ega emas edi.Urushdan keyingi yillarda germaniyalik Sonya Graf doim musobaqalarda ustunlik qilib 2 marta g'alaba ham qildi va erkaklar musobaqalarida qatnashdi.Lekin uning natijalari juda zo‘r emasdi.
1920-yillar gipermodernizm deb nomlanuvchi maktabning gullagan davri edi.Uning yetakchilari Aron Nimsovich,Rixard Reti,Saveliy Tartakover va 1921-yil vafot etgan Dyula Breyer edi.Ular Tarrashning markazni egallab olish g'oyasidan ko‘ra qanotlardan va raqibning zaif tomonlariga hujum qilib bosim o‘tkazishni yoqlar edilar.Gipermodernistlarning dasturiy ishlari Retining "Shaxmatning yangi g'oyalari" (1922),Tartakoverning "O‘ta zamonaviy shaxmat o‘yini", va Nimsovichning "Mening tizimim" (1925) asarlari edi. Ular shular vositasida Reti debyuti,Nimsovich mudofaasi,Gollandiya mudofaasi,Grunfeld mudofaasi taktikalari kelib chiqdi. Gipermodernistik g'oyalar ta'sirida Alyoxin debyutlarni ishlatib shaxmatga Alyoxin mudofaasi deb nomlangan usulni olib kiridi. Kapablanka bilan o‘yinga eng ko‘p da'vogarlikka haqli shaxmatchilar bular Alyoxin,Bogolyubov,Nimsovich edi.Chunki ular qator musobaqalarda g'alaba qilishgan edi. Alyoxin Argentina rasmiylaridan Buenos-Ayresdagi o‘yin uchun moliyaviy yordam olishga muvaffaq bo‘ldi va chempionni rasman o‘yinga taklif qildi. 1927-yil boshida Nyu-Yorkda o‘yin musobaqa bo‘lib o‘tdi va bu haqiqiy jahon chempionligi uchun tanlov sifatida tan olindi.Kapablanka va chempionlik uchun 5 ta da'vogar-Alyoxin,Nimsovich,Marshall,Rudolf Shpilman va Milan Vidmar 4 raunddan o‘ynashdi (Bogolyubov ishtirok etishdan bosh tortdi). Kapablanka 20 ta o‘yinning barchasini mag'lubiyatsiz yakunlab 20 ta o‘yindan 14 tasini g'alaba bilan tugatdi.Alyoxin ikkinchi,Nimsovich uchinchi bo‘ldi.Ikkinchi o‘rindagi Alyoxin chempion bilan chempionlik o‘ynash uchun huquqini tasdiqladi. O‘sha yilning kuzida Argentinada Kapablanka va Alyoxin o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.Chempionning shartlariga ko‘ra ishtirokchilardan birining 6 ta g'alabasiga qadar cheklanmagan o‘yinlar soni o‘ynalishi belgilandi.34 ta o‘yin natijalariga ko‘ra (o‘sha paytda jahon chempionligi uchun o‘yinlar soni bo‘yicha rekord) Alyoxin g'alaba qozondi +6-3=25.Sobiq chempion revansh o‘yinga rosa intildi,lekin bunday o‘yin hech qachon bo‘lmadi. 1929-yili Alyoxin Bogolyubovning chaqirig'ini qabul qildi va kuchsizroq bo‘lgan raqibini 15:9 hisobda mag'lub etdi.Kapablankadan tashqari barcha ishtirok etgan San remodagi (1930) musobaqada 15 tadan 14 tasini va Bleddagi musobaqada 26 tadan 20tasida g'alabalari bilan chempionliginiisbotladi.1929-yili Alyoxinsiz o‘tgan Karlsbad musobaqasida Aron Nimsovich g'olib bo‘ldi.
1930-yillarning boshlarida shaxmatchilarning yangi avlodi maydonga chiqdi.1931-yil 20 yoshida SSSR chempionligi qo‘lga kiritgan Mixail Botvinnik qo‘lga kiritgan,1931-32-yillardagi Gastings musobaqasidagi g'alaba Rossiyadagi g'alabali yurishlarning davomi bo‘ldi.1930-yillarning birinchi yarmida chexoslavkiyalik Salo Flora,1935-yil Varshavadagi Olimpiadada Estoniya terma jamoasi tarkibidagi 19 yoshli Pol Keresning yorqin o‘yinlari bilan debyut qildi.1930-yillarda ketma-ket 4 ta shaxmat olimpiadasida Isaak Kejden va Ruben Fayn boshchiligidagi AQSH terma jamoasi g'olib chiqdi. Biroz vaqt o‘tgach 1936-yildan boshlab 4 bor AQSH chempionatida g'olib bo‘lgan Samuel Reshevskiy AQSH shaxmatchilarining yetakchisiga aylandi. Alyoxin esa 1934-yil Bogolyubov bilan yana bitta o‘yin o‘tkazdi va ishonchli tarzda 15:10 hisobda g'alaba qiladi.Bir yil o‘tgacha Alyoxin chempionlik himoyasini o‘tkazdi va uning raqibi Mak Eyve da'vogarlar ichida eng munosibi deb topildi (uning musobaqalardagi g'alabalari Flor va Kapablankanikidan kamtarona bo‘lsada).Shunga qaramay Eyve Alyoxinni +9-8=13 tarzda mag'lub etdi.Alyoxinning bu mag'lubiyatiga uning alkogol bilan bog'liq muommolari sabab deb topilgan.Keyingi yili Nottingem (Buyuk Britaniya) o‘z davrining eng yirik musobaqasiga mezbonlik qildi.Unda yangi chempion va uchta sobiq chempionlar-Lasker,Kapablanka va Alyoxin o‘ynashdi. Eyve bu musobaqada oltinchi bo‘ldi.1 va 2-o‘rinlarni Kapablanka va Botvinnik bo‘lishib olishdi. 1935-yildagi o‘yin shartlariga ko‘ra jahon chempioni mag'lubiyatga uchragan tarzdarevansh uchrashuv o‘tkazish huquqiga egaligi nazarda tutgan va ikki yildan keyin bo‘lib o‘tgan. O‘sha vaqtda musobaqalarda o‘rtacha natijalariga qaramay Alyoxin Eyve ustidan ishonchli tarzda +10-4=11 g'alaba qozondi va chempionlikni qaytarib oldi. Alyoxin 1946-yilda vafotigacha jahon chempioni bo‘lib qoldi.Uni shaxmat taxtasi ustida vafot etgan deyishadi.
Sovet shaxmatchisi Nona Gaprindashvili.
1920-yillarda Sovet Ittifoqida shaxmat to‘garaklari, klublari va musobaqalarini o‘tkazuvchi tashkilot tuzildi.1924-yilda 3-Butunittifoq shaxmat qurultoyida Butunittifoq shaxmat va shashka seksiyasi tashkil etildi.1920-yil oxiridan boshlab sport seksiyalardagi havaskorlarga beriladigan toifalardan tashqari SSSR grossmeysteri unvonigacha bor edi.Ilk marta bu unvonni 1929-yil Boris Verlinskiy olgan. SSSR shaxmatiga shaxmat ishqibozi Nikolay Krilenko raxbarlik qilgan.1924-yilda Butunittifoq hududida "64" jurnali tashkil etildi.Krilenko uning muxarriri bo‘ldi.Uning tashabbusi bilan 1935 va 1936-yillari ikkinchi va uchinchi Moskva xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ikkala musobaqada ham Botvinnik katta muvaffaqiyatga erishdi.Birinchisida Flor bilan 1-o‘rinni bo‘lishgan bo‘lsa,ikkinchisida Kapablankadan keyingi o‘rinni egalladi.Shu bilan birga sovet shaxmatchilari chet eldagi o‘yinlarda hukumat ruxsatisiz qatnasha olmas edi. Sovet shaxmatchilari Germaniya ishchilar shaxmat ittifoqi tashabbusi bilan 1923-yilda tashkil etilgan Ishchilar shaxmat xalqaro tashkiloti (Shaxintern) musobaqalarda qatnashdilar.1929-yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga milliy sotsialistlar kelgach Germaniya ishchilar shaxmat ittifoqi taqiqlanadi va SSSR shaxmatchilari Shaxinterndagi ishtirokini to‘xtatadi. SSSR adliyasining birinchi xalq komissari Krilenko Buyuk terror tashkilotchilaridan biri edi,ammo 1938-yilda uning o‘zi hibsga olinib o‘limga hukm qilindi.
1938-yili Alyoxinning navbatdagi raqibini aniqlash uchun Gollandiyada ikki davrali musobaqa tashkil etildi.Musobaqa nomi homiy kompaniya sharafiga AVRO musobaqasi deb ataldi.Bu musobaqada jahon chempioni va yetti da'vogar-Botvinnik, Kapablanka, Keres, Reshevskiy, Fayn, Flor va Eyve bor edi.Musobaqada yosh avlod vakillari Keres va Fayn 14 balldan 8,5 ball,Botvinnik 7,5 ball to‘pladi.Alyoxin,Eyve va Reshevskiy 7 balldan olib 4-6-o‘rinlarni bo‘lishishdi.Qo‘shimcha ko‘rsatkichga ko‘ra (Berger koeffitsiyenti) estoniyalik shaxmatchi g'olib deb topildi.Biroq u bilan Alyoxin o‘rtasidagi va yashirin tarzda muzokara olib borilgan Botvinnik o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilmadi.
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilda Buenos-Ayresdagi olimpiada qizg'in pallaga kirganda boshlandi.Ko‘pgina yevropalik shaxmatchilar Argentina yoki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlarida qolishni afzal ko‘rishdi.Shu jumladan Olimpiada g'olibi avstriyalik Elizkazes boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi,juda iqtidorli yosh shaxmatchi polyak Mendel Naydorf kiradi. Urush yillarida fashistlar Germaniyasi bosib olgan hududlarda Alyoxin,Keres,Bogolyubov hamda neytral Shvetsiya shaxmatchilari Gyost Shtols va Erik Lundin ishtirokida musobaqalar tashkil etilgan.1942-yilda Myunxenda bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zini yaxshi ko‘rsatgan Alyoxin qatnashgan bu musobaqa Yevropa chempionati deb e'lon qilingan. Bosib olingan Polsha hududidagi general-gubernator Gans Frank shaxmatga muxlislik qilgan va qator musobaqalar tashkil qilgan.
Groningendagi musobaqadagi Botvinnik va Eyve baxsi.(1946).
Urushdan keyingi o‘n yilliklardagi shaxmat sovet shaxmatchilari gegemonligi ostida o‘tdi.Bu davlat bo‘yicha shaxmatga bo‘lgan e'tiborning yuqori ekanligi natijasi edi. Yangi davrning boshlanishi Yangi davrning boshlanishida SSSR terma jamoasi AQSH terma jamoasini radio orqali o‘yinda 15,5:4,5 hisobda Buyuk Britaniya terma jamoasini esa 18:6 hisobda mag'lub etdi. Sovet shaxmatchilari jahon chempionligi titulini 1948-1972-yillar va 1951-1969-yillar hech kimga bermadi. Sovet shaxmatchilari 1991-yilgacha chempionlikda turishdi.1952-yilda SSSR shaxmat terma jamoasi ilk marta 1952-yilda SSSR terma jamoasi birinchi marta Shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi va 1974-yilgacha bo‘lgan barcha keyingi olimpiadalarda sovet erkaklar va ayollar jamoalari g'olib bo‘lishdi.Sovet shaxmatchilarning o‘yinlari taxliliga ko‘ra ular debyutlar nazariyasiga katta xissa qo‘shishdi.Devid Bronshteyn,Isaak Boleslavskiy va Yefim Geller tufayli Sitsiliya himoyasi,eski hind himoyasi festivalda mashxurligining eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Mixail Botvinnik shaxmatni boshqalardan ko‘ra ko‘proq sport turi deb hisoblagan nafaqat aniq raqiblarga tayyorgarlik ko‘rgan balki o‘yinlar taxlili bilan vaqt sarflagan.Shuningdek u Fransiya himoyasi,Farzin gambiti,inglizcha debyutni rivojlantirgan.
Urush paytida sobiq jahon chempionlari Lasker (1941) va Kapablanka (1942) vafot etdi.1944-yil Vera Menchik Londonni nemislar bombardimoni vaqtida vafot etdi.1946-yil mart oyida Alyoxin vafot etdi,u o‘limidan biroz oldin Botvinnik bilan o‘yin uchun muzokara olib borgandi.[2] FIDE Jahon chempionatini tashkil qilishni o‘z zimmasiga oldi: federatsiya qarori bilan yangi chempion Keres (Estoniya SSSR tarkibiga kirgandan keyin u SSSR tarkibida o‘ynagan),Fayn va Reshevskiy ishtirok etgan musobaqasida aniqlanishi kerak edi. Avgust-sentabr oylarida Groningen musobaqasidagi natijalariga ko‘ra uchta ishtirokchi tanlab olindi.Unda Botvinnik birinchi,Eyve ikkinchi,Vasiliy Smislov uchinchi o‘rinni olgan edi.Bir yil oldin AQSH ga qarshi radio matchda ikkala taxtada ham g'alaba qilgan Reshevskiy bir zumda elitaga kirdi. Fayn musobaqada o‘ynashdan bosh tortdi.Chunki musobaqada ishtirok etish uning psixologiya bo‘yicha dissertatsiyani himoya qilishiga halaqit qilishi mumkin edi. Keyingi yillarda u musobaqalarda qatnashishni butunlay to‘xtatdi va o‘zini psixoanalizdagi faoliyatiga bag'ishladi.Oxir-oqibat u unvonga ega bo‘ldi. Bir-biri bilan o‘yin o‘tkazgan 5 ta da'vogarlar ichida sovet shaxmatchilari yuqori tempda o‘ynashdi.Botvinnik 20 balldan 14 ochko bilan g'alaba qildi.Smislov 11,5 ball,Keres va Reshevskiy 10,5 ball to‘pladi.Eyve ular bilan raqobatlasha olmadi 4 ball bilan.
FIDE shafeligida jahon chempioni unvoni uchun nomzodni tanlash bo‘yicha uch yillik sikldan iborat bo‘lib,uch bosqichdan iborat:hududiy musobaqalar; mintaqalararo musobaqa;nomzodlar musobaqalari g'oliblari chempionlik uchun kurashga yo‘l oldi.Jahon chempioni shunday aniqlangan raqib bilan o‘yinni rad qila olmas edi. 1948-yil yozida Saltshyobaden (Shvetsiya) birinchi hududlararo musobaqa bo‘lib o‘tdi.Uning g'oliblari 1948-yili Moskva va Gaagada o‘tkazilgan o‘yin musobaqalar g'oliblari bilan birgalikda Nomzodlik musobaqasida o‘ynash huquqini oldilar.Musobaqa 1950-yil Budapeshtda bo‘lib o‘tdi.Nomzodlar musobaqasida 1-2-o‘rinlarni sovet shaxmatchilari Bronshteyn va Boleslavskiy bo‘lishdi.14 ta o‘yindan iborat qo‘shimcha baxsda Bronshteyn g'alaba qozondi.Jahon chempionligi uchun jahon chempioni Botvinnik va raqib Bronshteyn o‘rtasidagi 24 ta o‘yindan iborat baxs bo‘ldi va durang bilan yakunlandi 12:12.Amaldagi jahon chempioni unvonini saqlab qoldi.Huddi shu usulda o‘yinlar 20 yil davomida o‘tkazildi.Urushdan keyingi ayollar o‘rtasidagi birinchi jahon chempionati 1949-1950-yillar oxirida Moskvada bo‘lib o‘tdi va unda sovet vakili Lyudmila Rudenkoning g'alabasi bilan yakunlandi (15 balldan 11,5 ball).Ikkinchi,uchinchi,to‘rtinchi o‘rinlarni ham SSSR vakilalari Olga Rubsova,Yelizaveta Bikova,Valentina Borisenko egalladi.Bikova va Rubsova keyinchalik jahon chempioni bo‘lishdi. 1949-yili shved huquqshunosi Folke Rogard FIDE prezidenti bo‘ldi,u 1970-yilgacha bu lavozimda ishlagan va uning nomi shaxmat musobaqalarini birlashtirish va tashkilot rolini kuchaytirishda FIDEda hal qiluvchi rolni tutdi. Urushdan keyingi birinchi shaxmat olimpiadasi 1950-yili Yugoslaviyaning Dubrovnik shaxrida o‘tkazildi.Svetozar Gligorich boshchiligidagi mezbonlar g'alaba qozonishdi. O‘sha yili FIDE grossmeyster sport unvonlarini berishni boshladi.Uning birinchi egalari 27 ta shaxmatchi bo‘ldi.Ulardan ba'zilari urushdan oldin nom qozongan shaxmat ustalari edi.Buyuk Britaniyada 1951-yil shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi (yugoslav Borislav Ivkov g'alaba qildi). Keyingi Olimpiadada (Xelsinki,1952) sovet shaxmatchilari Botvinniksiz ham ishonchli g'alaba qozondi. 1950-1953-yillarda tashkil etilgan Xalqaro shaxmat yozishmalari fedratsiyasi (ICCF) shafeligida birinchi jahon sirtqi shaxmat chempionati bo‘lib o‘tdi.Unda avstraliyalik Sesil Purdi g'alaba qozondi. 1960-yil ICCF va FIDE o‘rtasida shartnomalar tuzildi,unga ko‘ra ICCF va FIDE birlashdi.FIDE ICCF ning musobaqalrini tan olish majburiyatini oldi. 1950-yillar Botvinnik va Smislov o‘rtasida jahon chempionligi uchun uzoq davom etgan kurash bilan ajralib turdi.Ular 5 yil ichida 3 bor o‘ynashdi.Smislov birinchi marta 1953-yil Shveysariyada bo‘lib o‘tgan nomzodlar turnirida g'alaba qozonib,o‘yin huquqini qo‘lga kiritdi. Jahon chempionligi uchun kurash keyingi yil bo‘lib o‘tdi va durang bilan yakunlandi: 12:12. 1956-yilgi nomzodlar musobaqasida yana Smislov g'alaba qildi.
1956-yilda birinchi olimpiada Moskvada bo‘lib o‘tdi. Huddi shu joyda FIDE kongressida chempionlik uchun qur'a tashlash qoidalariga ikkita qo‘shimcha qabul qilindi.Mag'lub bo‘lgan jahon chempionining bir yil ichida yangi chempionga qarshi revansh o‘tkazish huquqi va 5 dan ortiq da'vogarlar qatorida bir mamlakat vakillari bo‘lishi mumkin (SSSR nazarda tutilgan),shu jumladan oldingi sikl natijalariga ko‘ra da'vogarlar qatoridan joy olishni kafolatlaganlar. Yuriy Averbaxning so‘zlariga ko‘ra ikkala shartni qabul qilish tashabbusi Botvinnikdan chiqdi va ikkinchi shart tufayli kamroq kuchli raqiblar nomzodlar tanloviga chiqdi. Sovet grossmeysteri Leonid Shteyn ushbu cheklovdan ikki marta 1962 va 1965-yillarda eng ko‘p zarar ko‘rgan deb hisoblanadi va mintaqalararo musobaqada o‘zidan past bo‘lgan xorijlik shaxmatchilarga yo‘l ochgan; 1965-yildan keyin qoida bekor bo‘ldi. 1957-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Smislov va Botvinnik o‘rtasidagi ikkinchi baxs Smislov foydasiga 12,5:9,5 ga g'alaba qildi.Ammo qoidalariga ko‘ra sobiq chempion huddi shu shartlar asosida raqibga qarshi revansh o‘tkazish huquqini saqlab qoldi.Revansh baxsida Botvinnik chempionlikni qaytarib oldi. Botvinnikning navbatdagi raqibi sovet grossmeysteri rigalik Mixail Tal edi.U 21 yoshida hududlararo musobaqada va 22 yoshda nomzodlar musobaqasida g'olib chiqdi.AQSHlik Robert Fisher huddi shu nomzodlar musobaqasida rekord yosh 15 yoshida grossmeysterlik me'yorlarini bajardi.Tal chempionlik baxsida Botvinnikni mag'lub etdi 12,5:8,5 hisobida.Talning o‘ziga xos hususiyati tajovuzkor kombinatsion o‘yin uslubi edi.Uning qurbonliklari ko‘pincha noto‘g'ri bo‘lib chiqardi lekin shaxmat taxtasida raqib unga qarshi yaxshi himoya yo‘lini topolmagandi. Talning faoliyati sog'lig'i bilan bog'liq muommolarga duch keldi.Kasallikdan to‘liq tuzalmasdan Botvinnik bilan baxsda 8:13 hisobda mag'lub bo‘ldi.Keyinchalik u 1980-yilgacha top shaxmatchi bo‘lgan holda ko‘plab kasalliklardan aziyat chekdi. Tal va Botvinnik SSSR chempionatlarida 6 tadan g'alaba qozonib rekord o‘rnatdi. Bu davr mobaynida Keresni omadsizliklar quvladi.1953-1962-yillarda nomzodlar musobaqalarida u ikkinchi bo‘ldi yoki ikkinchini bo‘lishdi.Dunyodagi eng kuchli shaxmatchilardan biri bo‘lib chempionlik uchun o‘yin huquqini ololmadi. 1962-yil Kyurasaoda bo‘lib o‘tgan nomzodlar musobaqasidan so‘ng nomzodlar musobaqasi tizimi o‘zgartirildi.Unda Tigran Petrosyan g'alaba qildi.Uning hamyurtlari Keres va Geller ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishishdi.Fisher "Sports Illustrated" jurnalida tanqidiy maqola e'lon qildi.Unda u sovet shaxmatchilari triosini ularning o‘zaro o‘yinlarida kuchini tejash maqsadida durang o‘ynab kelishib olganlikda aybladi.Ular kuchlarini asrab Fisherga qarshi esa yangi kuch bilan baxslashar edi.FIDE ham Fisherni maqulladi.Ochilgan janjaldan so‘ng FIDE navbatdagi sikldan jahon chempionining raqibi nomzodlarning Olimpiya tizimi bo‘yicha o‘yinlar sikli natijalariga ko‘ra aniqlanishiga ovoz berdi.
1960-yilda Leypsigdagi Olimpiadada AQSH-SSSR o‘yini Fisher-Tal 1-taxtadagi o‘yini.
1963-yil Botvinnik jahon chempionligi uchun navbatdagi baxsda hamyurti Tigran Petrosyanga yutqazdi.Mag'lubiyatga uchragan chempionning ushbu va keyingi baxslar uchun revansh o‘tkazish huquqi 1959-yildagi Kongress qarori bilan bekor qilindi. Botvinnik keyingi nomzodlar siklida qatnashishdan bosh tortdi va uning o‘rniga Geller keldi.Fisher hali ham FIDE siyosatiga qarshi norozilik bildirib nomzodlar siklini boykot qilishga qaror qildi. Shundan so‘ng hech kim hali ham sovet gegemonligiga shubxa qilmadi.Boris Spasskiy Talni mag'lub etib nomzodlar o‘yinlarining birinchi siklining g'olibiga aylandi.Jahon chempionligi uchun baxsda Spasskiy Petrosyanga minimal hisobda 11,5:12,5 ga yutqazdi.Keyingi siklda Spasskiy yana chempionlik uchun o‘yin huquqini qo‘lga kiritdi va Petrosyanni 12,5:10,5 hisobda mag'lub etdi.Fisher qoidalarga rioya qilmagani uchun musobaqadan chetlatildi. 1970-yilda SSSR terma jamoasi va Jahon terma jamoasi o‘rtasida "Asr o‘yini" bo‘lib o‘tdi.Birinchi taxtadagi mag'lubiyatlarga qaramay ikkinchi taxtada Fisher Petrosyanni 3:1 hisobda mag'lub etdi.Umumiy hisobda SSSR terma jamoasi 20,5:19,5 hisobda g'alaba qozondi.Keyingi siklda Fisher nomzodlik o‘yinlarida sensatsion g'alaba qozondi.1972-yili Reykyavikdagi chempionlik baxsida Fisher Spasskiyni 12,5:8,5 hisobda mag'lub etdi. 1970-yil FIDE amerikalik fizik Arpad Elo tomonidan ishlab chiqilgan Elo reytingi sifatida tanilgan shaxmatchilarning individual koeffitsiyentlarini hisoblash tizimini rasman qabul qildi.Petrosyan ustidan g'alabadan keyin Fisherning reytingi 2785 ballga yetdi va faqatgina 1990-yilda Garri Kasparov bu balldan o‘tib ketdi. Bu davrda shaxmat bo‘yicha musobqalarda texnologiya rivojlandi.Ko‘rgazmali shaxmat taxtasi,soat displeylari bo‘lgan katta ekranlar shaxmatni yanada jozibador ko‘rsatardi.Spasskiy-Fisher o‘yini,1970-yilgi Sigen va 1972-yilgi Skopye olimpiadalari kabel televideniyasi orqali batafsil namoyish etildi. 1970-yil 9-iyunda Sovet kosmanavtlari o‘rtasida "Kosmos-Yer" kechasi bo‘lib o‘tdi,unda "Soyuz-9" kosmik kemasi ekipaji oq donalarda o‘ynab,harakatlarni radio orqali uzatdi. Jahon chempioni bo‘lgach Fisher bironta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmadi.1975-yilda chempionlik uchun yangi o‘yindagi yangi raqibi sovet grossmeysteri Anatoliy Karpov vatandoshlari Lev Polugayevskiy,Spasskiy,Viktor Korchnoyni ketma-ket mag'lub etgandi. 1971-yilda FIDE kongressi 1975-yilgi jahon chempionligi uchun o‘yinni o‘yinlar soni cheklanmagan holda 6 tagacha g'alaba bilan o‘tkazishga qaror qilindi.1974-yildagi FIDE kongressi oldidan Fisher ko‘plab shartlar qo‘ydi.FIDE kongressida SSSRning qarshiligi bilan uning talablari rad etildi.Shundan so‘ng Fisher o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortdi.1975-yil 3-aprelda FIDE prezidenti Maks Eyve o‘yinsiz Karpovni jahon chempioni deb e'lon qildi. 1970-yillarning ikkinchi yarmida Karpov o‘zi ishtirok etgan ko‘plab musobaqalarda g'olib chiqdi.1979-yil Monrealdagi "Yulduzlar musobaqasi"da birinchi o‘rinni Tal bilan bo‘lishib olib chempionligi tasdiqladi. 1978-yil Karpov Viktor Korchnoyga qarshi unvonini himoya qildi.O‘yinning ahamiyati shundan iborat ediki ikki yil oldin Korchnoy siyosiy qochoq maqomida Niderlandiyadan siyosiy boshpana so‘rab SSSRdan ketgandi.Karpov Korchnoyni +6-5=21 hisobda mag'lub etdi. 3 yildan so‘ng nomzodlar siklida Korchnoy yana g'alaba qozondi.Ammo yangi o‘yinda chempionning ustunligi allaqchon sezilarli edi. Huddi shu davrda 1952-yildan beri ilk marta ketma-ket ikkita olimpiada SSSR g'alabasi bilan tugamadi.1976-yil SSSR Isroil bilan munosabatlar sovuqlashgach Hayfadagi olimpiadani boykot qildi.Hayfada AQSH terma jamoasi g'alaba qildi.Ikki yildan so‘ng Karpovsiz SSSR terma jamoasi Buenos-Ayres olimpiadasida Vengriyaga chempionlikni berdi.
1985-yilgi Jahon chempionati o‘yinidan keyin Garri Kasparov
1984-yilda Karpovning navbatdagi raqibi 21 yoshli sovet grossmeysteri Garri Kasparov bo‘ldi.U saralashda 63 yoshli Smislovni,yarim finalda Korchnoy mag'lub etildi.Kasparov 1979-yil Banya-Luka (Yugoslaviya) da 16 yoshida usta sifatida qatnashib grossmeysterlar ichida 2 ochko bilan g'olib bo‘lganda dunyoga tanildi.Keyingi yillarda 1980-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiadada g'olib bo‘ldi.SSSRning 49-chempionatida eng yosh g'olib bo‘ldi.1980 va 1982-yillardagi olimpiadalarda g'olib chiqqan SSSR terma jamoasi tarkibida bo‘ldi. 1984-yil yozida "SSSR terma jamoasi jahon termasiga qarshi" o‘yinida (1970-yilgi o‘yinni remeyki) Karpov va Kasparov boshchiligidagi Sovet jamoasi 21:19 hisobida g'alaba qozondi.6 ta g'alabaga qadar bo‘lgan baxsda Karpov to‘qqizinchi bo‘limda to‘rtinchi g'alabaga erishdi. Keyin uzoq davom etgan duranglar seriyasi davom etdi va 27-o‘yinda amaldagi chempion g'alaba qildi.Ammo keyin Kasparov tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va Kasparovning 47 va 48-o‘yinlarda ketma-ket g'alabalaridan so‘ng tarixda ilk bora FIDE prezidenti Florensio Kampomanes o‘yinning davom etishi shaxmatchilarning sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkinligini aytib,uchrashuvni to‘xtatdi. Ikkala shaxmatchi ham uchrashuvni davom ettirishga tayyor ekanligini aytsada bu qarorga ta'sir qilmadi.Ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tgan FIDE kongressida "24 o‘yinlik" o‘yin formulasini qaytardi. Huddi shu raqiblar o‘rtasidagi yangi o‘yin 1985-yil kuzida bo‘lib o‘tdi.Unda 13:11 hisobida Kasparov g'alaba qozondi va o‘n uchinchi chempion bo‘ldi.1986-yil revansh baxsida ham Kasparov g'alaba qildi.1987-yil 12:12 hisobda Kasparov va Karpov baxsi tugadi va Kasparov chempionlikni saqlab qoldi.Sobiq chempion sifatida nomzodlar sikli g'olibi Andrey Sokolovni mag'lub etdi.1990-yilda Kasparov yana Karpov bilan chempionlik uchun baxsda qatnashdi.Kasparov 12,5:11,5 hisobida g'alaba qozondi. Karpov va Kasparov baxsi shaxmat tarixida shaxsiy to‘qnashuvlarning o‘xshashi yo‘q baxslariga aylandi.Ular chempionlik uchun 5 ta o‘yin o‘tkazdi va ular o‘zaro 144 ta partiya shaxmat o‘ynashdi.
1962-yildan 1978-yilgacha ayollar baxslarida jahon chempionlik unvoni gruzin millatiga mansub sovet shaxmatchisi Nona Gaprindashviliga tegishli edi.U chempionlik baxsida hamyurti Yelizaveta Bikovani 9:2 ga mag'lub etgandi.Keyin vatandoshlari Alla Kushnir (3 marta) va Nana Aleksandriyaga qarshi chempionlik baxslarida unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.Gaprindashvili Vera Menchikdan keyin erkaklar musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi va Lon-Payn musobaqasida (1977) birinchi o‘rinni bo‘lishib,erkaklar o‘rtasidagi grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi ayol bo‘ldi.[42] Sovet shaxmatining gruzin fenomenining davomi 1978-yili Gaprindashvili va 27 yoshli Mayya Chiburdanidze o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib,unda Mayya 8,5:6,5 hisobida g'alaba qozondi.Bundan tashqari Nana Aleksandriya (1975 va 1981) va Nana Ioseliani (1988 va 1993) chempionlikka da'vogar bo‘lishdi.XX-asrning ikkinchi yarmida kompyuter shaxmatiga asos solindi va rivojlantirildi.Shaxmat juda ko‘plab kompyuter mutaxassislarini qiziqtirdiChunki ular shunga o‘xshash hisoblash,analizlar va boshqa muommolarni hal qilishdi.1950-yili "Philosophical Magazin" jurnalida Klod Shennonning "Shaxmat o‘ynash uchun kompyuter dasturlash" maqolasi chop etildi,unda ular shaxmat dasturini yaratishning asosiy vazifalarini shakllantirdilar.Shennon shaxmat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etmagan,biroq uning maqolasi bu soxadagi asosiy bosqich sanaladi. Jiddiyroq o‘ynash mumkin bo‘lgan partiyalarga ega bo‘lgan dasturlar 1950-yillarning oxirlariga kelib ishlab chiqildi. 1966-1967-yillarda Sovet nazariy va eksperimental fizika institutining bir gurux olimlari (G.Adelson-Velskiy,V.Arlazarov va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan dastur va Kotok-Makkarti Massachusets texnologiya instituti talabalari tomonidan professor Jon Makkarti rahbarligida va Makkarti keng ko‘lamda ishlagan alfa-beta kesish algoritmidan foydalangan holda yaratilgan edi. ITEFni ishlab chiqish asosida "Kaissa" dasturi yaratildi,bu dastur kompyuter dasturlari o‘rtasidagi birinchi jahon chempionatida g'olib chiqdi (1974-yilda 13 ta dastur ishtirok etdi,ularning har biri 4 ta o‘yin o‘ynadi). 1968-yili britaniyalik shaxmat ustasi Devid Levi Makkarti bilan o‘n yil davomida hech qanday shaxmat dasturi uni o‘yinda mag'lub etmasligiga pul tikib garov o‘ynadi.Levi ushbu garovda g'alaba qozondi,garchi kompyuter dasturlari o‘yin darajasi sifati o‘sgan bo‘lsada.1978-yilda shaxmat dasturlar o‘rtasida g'olib bo‘lgan "Chess 4.7" dasturini 4,5:1,5 hisobida yutdi.Faqat 1989-yili IBM kompaniyasining "Deep Thought" kompyuteri Levini 4:0 hisobda mag'lub etdi.Xuddi shu yili "Deep Thought" Kasparovga qarshi ikkala o‘yinda ham mag'lub bo‘ldi.
|
| |