|
I bob. Shaxmat tarixi shaxmatning kelib chiqishi
|
bet | 3/9 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #143710 |
Bog'liq diplomishinozima26.11.231.2 Chaturanga.
Chaturangada donalarning ba'zi harakatlari IX-asrda shoir Rudratining "Kavyalankara" dostonida keltiriladi. Asarda yozilishicha butun taxta bo‘ylab otning yurishi,farzinning xarakatlari zamonaviy shaxmatda xam bor.Biroq Chaturanganing to‘liq qoidalari aniq ma'lum emasBeruniyning "Hindiston" asarida (taxminan 1030-yil) 8x8 o‘lchamdagi taxtada quyidagi donalar bo‘lgan ekan: shox,fil,farzin va to‘rtta piyodadan iborat to‘rtta to‘plam bo‘lgan. XVIII-asrda ingliz tadqiqotchisi Xayrem Koks 4 kishilik chaturanga 2 kishilik zamonaviy shaxmatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan degan. Dunkan Forbes "Shaxmat tarixi" (1860) asarida keltirilgan farazda jon borday.Farazga ko‘ra zamonaviy shaxmatning kelib chiqishiga zar o‘ynashning din tomonidan taqiqlanishi tufayli kelib chiqqan. deyiladi.Garold Myurrey o‘zining "Shaxmat tarixi" (1913) asarida keltirishicha Koks-Forbes farazi bir necha ming yillik hind matnlarining noto‘g'ri tarjimasi tufayli chaturanga 4 kishidan iborat o‘yin deya atalishiga sabab bo‘lgan deydi. Lekin chaturanga 4 kishi tomonidan o‘ynalgani xali xam mashxur adabiyotlarda uchraydi.
XIV-asr fors miniaturasi "Shaxmatni o‘zlashtirgan Bozorgmexr" ("Shohnoma" asariga ishlangan surat)
Hindistondan sharqqa tarqalgan chaturanga katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi natijada bir-biridan va zamonaviy shaxmatdan juda farq qiladigan bir nechta o‘yinlar paydo bo‘ldi.Lex,Kashmir va Qoraqurum dovoni orqali o‘tgan savdo yo‘llar Hindiston va Xitoyni bog'lab turgani uchun Xitoy shaxmat bilan ancha erta tanish edi.[4] Xitoy shaxmati syansi haqida ilk marta Nyu Senju "Syuan guay lu" to‘plamida eslatib o‘tgan ("Zulmat olamidagi mo‘jizalar haqida ocherklar", IX-asrning 1-yarmi Tan sulolasi).Syansidan o‘z navbatida koreyscha changi o‘yini paydo bo‘ldi,u qoidalariga ko‘ra syansi bilan mos keladi.
Tailand shaxmatida chaturanganing ko‘plab belgilari saqlanib qolgan.Masalan: o‘yin taxtasi,donalar to‘plami va ularning harakatlari qisman chaturanga va shatranjga o‘xshash.Bundan tashqari Birmada sittuyin shaxmati ham ma'lum (nomi chaturanga so‘zidan kelib chiqqan) Makruk va sittuyindagi donalarning harakatlari bir-biriga o‘xshash.
Makruk (Tailand shaxmati)
Syogi
Yapon syogi shaxmatining rivojlanish tarixi noaniq.Ilk yozishmalar Fudzivari Yukinari tomonidan qoldirilgan deyiladi (taxminan 1000-yillar oldin),lekin bu ma'lumot ham kechikkan bo‘lishi mumkin. Keyingi yozishmalar Fudzivari Akixiri tomonidan 1064-yilga to‘g'ri keladi.[1] Yapon ma'daniyatining ko‘plab jixatlari kabi Yaponiyaga Xitoydan kelgan deb ishoniladi. Lekin syansiga unchalik ham o‘xshamaydi. Yana bir faraz shundaki yapon dengizchilari Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasidagi o‘yinlar bilan tanishishi natijasida makruk yoki sittuyinning o‘zgartirilishi mumkin. Syogi beshburchak shakldagi bir xil rangdagi tekis donalar bilan 9x9 katakchali vertikal cho‘zilgan taxtachada o‘ynaladi.Syogining harakterli jixati shundan iboratki o‘yinda raqibning donasini yegan o‘yinchi uni o‘z to‘plamining bir qismi sifatida yana o‘yin taxtasiga qo‘yishi mumkin. Shatranjning buryat-mo‘g'ul ko‘rinishiga ko‘ra shatar yoki hiashatar deyiladi (nomi aniq "shatranj" ga o‘xshash) Shaxmat mo‘g'ullarga XVI-asr oxirida ma'lum bo‘lgan bo‘lsa kerak,chunki XVII-asrda mo‘g'ul tarixchisi Sagan Sesen o‘z asarida shaxmat o‘yini haqida eslatib o‘tilgan. Syansi,syogi va makruk hali xam o‘z mamlakatlarida juda mashxur.Ma'lumotlarga ko‘ra Tailandda 2 mln ga yaqin odam makruk o‘ynaydi va atigi 5000 atrofidagi odamlar haqiqiy shaxmat o‘ynaydi.
|
| |