Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari




Download 1,89 Mb.
bet5/18
Sana31.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#149253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xusanov Elshodjon metodika

Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari.
Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo’lsada, uning ko’plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli texnologiyalar - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo’jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo’ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to’g’ri bo’lib, mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o’zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik24:
Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o’ziga xos xususiyati bo’lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’yektlari va sub’yektlarining to’laqonli o’zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo’lishi mumkin. To’laqonli o’zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo’lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik ko’rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko’pini tashkil qiladi. Kelajakda ko’plab tovarlar va xizmatlar qiymatinmg sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsiziigi oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo’lishi lozim.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo’llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo’rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar o’rtasidagi raqobat masalasi ham ko’tarilmoqda.
Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so’zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o’rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog’liq masalalar tobora ko’proq e’tiborga olinmoqda.
Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi”25.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin
yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat ob’ektlari, sifatli ta’lim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo’ladi. Ularning tahlilidan so’ng esa to’g’ri boshqarish bo’yicha yechim ishlab chiqiladi.
Ta’lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli yemas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko’plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. So’nggi yillarda ta’limni «raqamlashtirish» muammolari, uning shakllanishiga ta’siri bo’yicha biror-bir davlat loyihasi yoki so’rovnoma asosida tadqiqotlar o’tkazilmaganligi ham muhimdir26. Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta’sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma’ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning, shuningdek deputatlarning izlanishlarida ham ko’rishimiz mumkin[3].
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya’ni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e’tiborga olib, raqamli rivojlanish bo’yicha barcha soha rahbarlarining o’rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda [4].
Raqamlashtirish yo’nalishi bo’yicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda “tajovuzkor”, ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barchа dаrаjаlаrdа qo’llаb- quvvаtlаnmoqdа. Iqtisodiyotdа ro’y berаyotgаn jаrаyonlаr dinаmikаsi iqtisodiyotning rаqаmli trаnsformаtsiyаsidа oliy tа’limini rivojlаntirish bo’yichа tаkliflаrni tаhlil qilish vа ishlаb chiqishdа tа’lim hаmjаmiyаtining fаol pozitsiyаsini tаlаb qilmoqdа.
Tа’lmdа rаqаmli texnologiyаlаrni sаmаrаli qo’llаsh uchun nimаlаr qilish kerаk?27

Download 1,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari

Download 1,89 Mb.