|
MAVZU: Robototexnika asoslari. Arduino va uning imkoniyatlari
|
bet | 14/18 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #149253 |
Bog'liq Xusanov Elshodjon metodikaMAVZU: Robototexnika asoslari. Arduino va uning imkoniyatlari
DARS MAQSADI:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga arduino, arduino va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya- gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning arduino, arduino va uning imkoniyatlari haqida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Tayanch kompetensiyalar:
Texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish. Fanga oid kompetensiyalar: texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib boorish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi
Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Men santexnik ustaman” , “ To’g’risini top”, “Aviachipta”, “Tezkor savol-javob ” , “Quyosh nuri” metodlari.
Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, shablonlar, mehnat qurollari, audio va video vositalari.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a)Salomlashish: O’quchilar bilan salomlashiladi. Darsning shiori aytiladi.
b)Davomatni aniqlash: Navbatch hisoboti eshitiladi, darsda qatnashayotgan va kelmagan o’quvchilar belgilab olinadi.
c) darsga tayyorgarlik ko‘rish: sinf xonasini tozaligi, o’quv qurollari, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshirib olinadi.
|
| |