• Men kimman” metodi
  • I bob. Ta’lim-tarboya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari




    Download 1,89 Mb.
    bet16/18
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #149253
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Xusanov Elshodjon metodika

    Yangi mavzu bayoni:

    Arduino platasi va uning imkoniyatlari. Bugungi zamonaviy elektronika qurilmalarining vazifalari turlicha bo‘lsada, ularning ishlash va tuzulish prinsiplari deyarli bir xil. Ulardan birini o‘rganish orqali biz turli qurilmalarni ishlatish, mustaqil yasash, dasturlash, hatto ishlab chiqarish darajasigacha yetib borishimiz mumkin. Arduino platasi bizga ana shu bosqichlarni amalda o‘zlashtirishimiz uchun juda katta qulayliklar yaratadi. Uning yordamida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan:

    • dastur yordamida mashinalarni boshqarish (tank, samolyot, robotlar boshqaruvi ham mana shu asosda ishlaydi);

    • elektron qulf (qurilmalarni maxsus kodlar yordamida ishga tushirish);  pult yordamida masofadan boshqarish va boshqa ixtirolar. 



    Arduino 2003-yili italiyalik olimlar Massimo Banzi, Devid Mellis va Devid Kvartiler tomonidan kashf etilgan.
    Men kimman?” metodi
    Bu metodda Arduinoni ixtiro qilgan ikki nafar olimning suratini matematik figurada qirqiladi va o'quvchilarga ko'rsatiladi. Lekin qaysi shaklda qirqilganligi aytilmaydi. Guruhlarga bittadan surat beriladi. Bunda o’quvchilar diqqati tekshiriladi. Suratdagi kishilar haqida o’quvchilar fikri so’raladi. O’quvchilar javobidan so’ng o’qituvchi bu olimlar haqida qisqa va kerakli ma’lumotlarni aytib o’tadi. Keyin esa suratlar yig’ib olinadi va o’qituvchi suratlar qaysi shaklda kesilgan ekanligini o’quvchilardan so’raydi. Bu metod orqali o’quvchilar diqqati, xotirasi yanada mustahkamlanadi. Darsimiz esa matematika, geometriya kabi fanlar bilan bog’lanadi.

    Arduino ning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun, Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda xar hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek Arduino ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori,mikrokontrolleri,raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo'ladi,masalan:led chiroqlar,datchiklar,rele modullari tarmoq (Wi-fi,Bluetooth,Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, kontaktlarda I / O (Input-kirish,Output-chiqish) ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu muammo emas osonlikcha o'rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari Arduino ni o'rganish va dasturlar yozish uchun Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham mavjud siz o'rganishingiz uchun.

    1-rasm, 2-rasmga ko‘ra, Power (1) Arduino UNOga quvvat
    USB portini kompyuterga ulash imkonini beradi. Undan foydalanib yozilgan dastur
    Arduino UNOga ko‘chirib yoziladi. Uni kompyuterga ulovchi USBni simsiz ham ishlatish mumkin.
    Buning uchun maxsus batareyadan (2) foydalaniladi. Bunday batareyalar, odatda, 9 V kuchlanishga ega bo'ladi. GND (ground - zamin) (3) manfiy qutb hisoblanadi. 5 V li (4) va 3,3 V li (5) quvvatni ta'minlovchi pinlar, analog (6) pinlari (A0,... A5) yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Digital (7, 8) pinlaridan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Qo‘shimcha vazifadagi oyoqchalar (9), „reset" tugmachasi (10) dasturni qayta ishga tushirish uchun foydalaniladi. Arduino sozligini ko‘rsatuvchi chiroqchalar (11), dastur yuklanishi va ishlashini ko‘rsatuvchi chiroqchalar (12) RX va TX oyoqchalardagi holat haqida ma'lumot berib turadi.
    Atmega-328 mikrokontroller (13) kompyuterga yozilgan va Arduinoga yuklangan dastur joylashadigan qism (robot miyasi) bo‘lib, voltage regulatori (14) kuchlanishni me'yorlab berish uchun xizmat qiladi.

    Arduino – elektron loyihalarni yaratish uchun foydalaniladigan ochiq manbali platforma. U juda katta bo‘lmagan plata bo‘lib, o‘z protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega qurilma hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontroller hamda
    dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment –
    integratsiyalashgan rivojlanish muhiti) komponentidan iborat. Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni dastlab shu kontrollerdan boshlash samarali hisoblanadi (

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Ta’lim-tarboya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari

    Download 1,89 Mb.