• “КAPITAL BOZORI” FANI 1-mavzu. MILLIY VA GLOBAL IQTISODIYOTDA KAPITAL BOZORI 1.1. Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, tasniflanishi va
  • Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana17.06.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #264148
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Капитал бозори 1м





     

    Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
     
    ______________________________________________________________________ 
    “КAPITAL BOZORI” FANI 
    1-mavzu. MILLIY VA GLOBAL IQTISODIYOTDA KAPITAL 
    BOZORI 
     
    1.1. Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, tasniflanishi va 
    o‘ziga xos xususiyatlari 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi bugungi bosqichda iqtisodiyotni 
    moliyalashtirish uchun ichki mablag‘lar yetarli emasligi ma’lum haqiqat. 
    Aholi va ehtiyojlar muntazam o‘sib borayotgan bir vaqtda yuqori 
    texnologik rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va boshqa 
    sohalarni kompleks taraqqiy ettirishda biznes sub’ektlari va hukumatlar 
    mablag‘lariga qo‘shimcha tashqi manbalardan moliyaviy resurslar jalb 
    qilish zarurati mavjud. Shunday sharoitda iqtisodiyot sub’ektlari uchun 
    moliyaviy resurslar va kapital jalb qilish muhim manbalaridan biri moliya 
    bozori va uning elementi hisoblangan kapital bozoridir. 
    Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari 
    oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari 
    jamlanmasi sifatida keltiriladi
    1
    . Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga 
    ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga 
    oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi.
    2
    Keltirilayotgan taʼriflar asosida taʼkidlash mumkinki, 
    moliya bozori – 
    moliyaviy instrumentlardan foydananish asosida moliyaviy vositachilar 
    orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan 
    bozordir. 
    Kapital bozori o‘zida uzoq muddatli kapital va qarz majburiyatlari
    to‘planadigan va muomalada bo‘ladigan bozordir
    3
    . Bozor iqtisodiyoti 
    sharoitida kapital bozori moliya bozorining asosiy turi bo‘lib, uning 
    yordamida biznes sub’ektlari va hukumatlar o‘z faoliyatlarini 
    moliyalashtirish manbalarini topishlari mumkin. Shu o‘rinda qayd etish 
    lozimki, moliya bozorining muhim tarkibiy qismi hisoblangan kapital 
    bozorida qoplash muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mablag‘lar, vositalar 
    muomalada bo‘ladi. 
    1
    Долан Э.Дж., Кэмпбелл К.Д. Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика. М. ; СПб., 1993. С. 15.
    2
    Frederick S. Mishkin, Kent Matthews and Massimo Giuliodori. The economics of money, banking and financial 
    markets. UK. Pearson, 2013. P.3.; Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. USA. 
    Prentice Hall, 2012. P.2. 
    3
    Ковалёв В.В. Финансовый менеджмент: теория и практика. 2-издание. – М.: «Проспект», 2011. – С. 155. 
    (1024). 





    Download 0,52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish