Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana17.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#264148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Капитал бозори 1м

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
ekonometrik modellashtirishning zamonaviy usullarini qo‘llash 
bo‘yicha muhim yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida «Kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliya 
institutlari va aholining erkin resurslarini joylashtirishning muqobil 
manbai sifatida fond bozorini rivojlantirish hamda xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy 
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi 
qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy 
investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish»
4
bo‘yicha ustuvor 
vazifalar keltirib o‘tilgan. Korporativ sektori aksiyadorlik jamiyatlarida 
biznesni rivojlantirish, moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq 
iqtisodiy-moliyaviy cheklovlarni yo‘q qilish, mamlakat moliya bozorini 
rivojlantirish uchun o‘rta va uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan 
strategiya asosida kapital bozori va korporativ sektor o‘rtasidagi o‘zaro 
moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish lozim bo‘ladi.
 
Kapital bozori mohiyatini to‘liq yoritib berishda aniq yoki yaxlit 
ta’rif mavjud emas, jumladan mikroiqtisodiy nuqtai nazardan aylanma 
kapital va asosiy kapital, kapital bozorining tarkibiy qismi hisoblansa, 
makroiqtisodiy nuqtai nazardan esa, real aktivlar bozori (ko‘chmas mulk 
bozori, ishlab chiqarish vositalari va b.) hamda qimmatli qog‘ozlar bozori, 
fond bozori, kredit bozori, valyuta bozorini yaxlit o‘z ichiga oluvchi 
moliya bozorini keltirish mumkin
5

“Kapital bozori” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirishning
murakkabligi shunda ko‘rinadiki, uning infratuzilmasi moliyaviy 
bozorning qismi hisoblangan pul bozori bilan chambarchas bog‘liq va 
moliyaviy instrumentlar kapital bozori va pul bozori uchun bir xildir
6

Kapital 
bozorining 
holati 
va 
moliyaviy 
resurslar 
bilan 
ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda, aksiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan moliyaviy resurslarni jalb yuzasidan qarorlar qabul qilishni 
taqazo etadi. Korporativ sektorga yo‘naltirilayotgan resurslarning 
o‘rtacha foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlari 
qarz mablag‘larining chegaraviy miqdorini belgilash, aniqlangan 
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O’zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni. - www.lex.uz. 
5
Xasanov X.N. “Iqtisodiyotning korporativ sektoriga kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish amaliyotini 
takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 2020 yil. 
6
Гончарук Е.А. “Привлечение финансовых ресурсов корпоративным сектором экономики на рынке капитала” 
диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. C.Петербург. 2018 г. 196 стр. 





Download 0,52 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish