|
Xaitbayeva nazokat adilbek qizi
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 3,8 Mb. | | #123722 |
Bog'liq 1-mazvzu 2-semestr
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKADEMIK YOZUV 2
ILMIY USLUB JANRLARI. ILMIY SHARH
01 MAVZU
XAITBAYEVA NAZOKAT ADILBEK QIZI
O‘ZBEK VA RUS TILLARI KAFEDRASI O‘QITUVCHISI
Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislar-
gagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi.
AKADEMIK YOZUV 2
Nutqning ilmiy uslubi ilmiy muloqot sohasida amalga oshiriladi. U bir nechta turlarga ega: sof ilmiy (mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun), ilmiy- o‘quv (kelajakdagi mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun), ilmiy-ommabop (mutaxassis bo‘lmaganlar orasida ilmiy bilimlarni ommalashtirish uchun).
Nutqning ilmiy uslubi
AKADEMIK YOZUV 2
Ilmiy uslubning og‘zaki shakldagi janrlariga ma’ruza, doklad, ilmiy muhokamalar; yozma shakliga — referat, taqriz, maqola, monografiya, dissertatsiya kiradi.
Ilmiy sharh ma’lum bir vaqt mobaynida muayyan mavzu bo‘yicha ko‘plab asosiy manbalardan tanlash, tahlil qilish, tizimlash-
tirish va mantiqiy umumlashtirishdan olingan
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan matndir.
Nutqning ilmiy uslubi
AKADEMIK YOZUV 2
Nutqning ilmiy uslubi muayyan belgilar bilan ajralib turadi: puxta dastlabki tayyorgarlik, so‘zning monologik tabiati, matn qismlari o‘rtasidagi aniq aloqa tizimi, ilmiy tushunchalarning aniq tavsifi, ifodalarning qisqaligi va bir ma’noliligi. Ilmiy uslubining o‘ziga xos xususiyati bu atamalarning — ilmiy tushunchalarni ifodalovchi maxsus so‘zlarning mavjudligi.
Nutqning ilmiy uslubi
AKADEMIK YOZUV 2
|
| |