|
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясиBog'liq Капитал бозори 1м
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida moliyaning ahamiyati o‘sishi
umumishlab chiqarish modifikatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bunda
rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti tarmoqlarida chuqur
murakkab o‘zgarishlar yuz berishi ham kuzatildi. Ayniqsa moddiy va
nomoddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbatning jiddiy o‘zgarishi
xizmatlar sohasi rivoji natijasida yuz berdi. Bunda xizmatlar va savdo
munosabatlari sohalarining ulushi jahon iqtisodiyotida 68 foizgacha o‘sdi.
Ayniqsa xizmatlar sohasida global tarkibiy o‘zgarishlarda
marketing, reklama, menejment, lizing, shuningdek informatsion-
kompyuter, telekommunikatsiya, konsalting, buxgalteriya va auditorlik
xizmatlarida yuqori o‘sish kuzatildi. Inson kapitaliga investitsiyalar
yuqori sur’atlarda o‘sdi. Natijada intellektual sohalar tarmoqlari – ta’lim,
sog‘liqni saqlash, fan, kasbiy layoqatni oshirish, zamonaviy
texnologiyalar, intellektual aktivlar (patentlar, mualliflik huquqlari, nou-
xaular)ni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati oshib bordi.
Jahon iqtisodiyotidagi tarmoq jihatdan muhim o‘zgarishlardan biri
moliyaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishidir. Natijada iqtisodiy
adabiyotlarda
moliyalashuv
atamasi paydo bo‘ldi. Bu atamaning
mohiyatini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan moliyaning
keskin yuqori sur’atlardagi rivoji, moliya-kredit sohalarining jadallik
bilan kengayib borishi hamda moliya bozorining rivojlanish darajasi
yuqoriligi bilan izohlash mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv turli shakllarda yuz berdi (1-
rasm).
1-rasm.
Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv shakllari
Ja
hon
iqt
isodi
y
oti
da
g
i
g
loballashuv
sha
kll
ari
Moliyaviy xizmatlar rolining o'sishi
Umumiy daromadlar summasida moliyaviy sektor
ulushining oshishi
Iqtisodiyotning moliyaviy chuqurlashib borishi
Moliyaviy xizmat ko'rsatishga imkoniyatlar kengayishi
|
| |