|
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясиBog'liq Капитал бозори 1м
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida moliyaviy sektorda yaratilgan
qo‘shilgan qiymatning jahon bo‘yicha yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1,2
– 2 baravargacha o‘sganligini qayd etish lozim. Aynan shu
ko‘rsatkichning o‘zi ham moliyaviy xizmatlarning jahon iqtisodiyotidagi
o‘rnini ko‘rsatib turibdi.
Oxirgi o‘n yilliklarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda
moliya institutlari foyda olish bo‘yicha boshqa sohalarni ancha ortda
qoldirmoqda. Bu jihat umumiy daromadlar hajmida moliyaviy sektor
ulushining oshishi ro‘y berganligini o‘zida ifodalaydi. Moliya tizimining
barcha bo‘g‘inlari orqali taqsimlanadigan milliy daromad ulushi bugungi
kunda 35-50 foizni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyotning moliyaviy chuqurlashib borishi bu iqtisodiyotning
moliyaviy mablag‘larga to‘yinishini anglatadi. Bunda moliyaviy
munosabatlar va institutlar murakkab moliyaviy instrumentlar vositasida
iqtisodiyotning
har
bir
bo‘g‘iniga
kirib
borishi
tushuniladi.
Iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan chuqurlashuvi global moliyaviy
aktivlarning jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan foizlarda o‘lchanadi.
Global moliyaviy aktivlar chiqarilgan korporativ, munitsipal va
davlat qarz qimmatli qog‘ozlari, birja savdolariga qo‘yilgan kompaniyalar
aksiyalari, bank aktivlari (depozitlari) kabilarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi
o‘n yilliklardagi eng asosiy tendensiya global moliyaviy aktivlar
hajmining o‘sishi va jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy chuqurlashuvdir.
2015 yilda global moliyaviy aktivlar hajmi jahon bo‘yicha YaIMga
nisbatan 392 foizga yetdi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2011-2014 yillar mobaynida 700
million kishi bankda yoki boshqa moliya institutlarida birinchi marta o‘z
hisobraqamlarini ochgan. Bank hisobraqamiga ega yosh aholi ulushi 51
foizdan 62 foizgacha oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning o‘sishi asosan
rivojlanayotgan davlatlar hisobiga yuz bergan. Bunda moliyaviy
texnologiyalar, xususan mobil bank xizmatlari rivojlanishi muhim rol
o‘ynagan.
Jahon iqtisodiyotida moliyalashuv chuqurlashuvi bilan birga
kengayib ham bormoqda. Natijada moliyaviy globallashuv ham yuz berib
ulgurdi. Bunda milliy moliya tizimlarining xalqaro moliya bozoridagi
faollashuvi o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Global moliya bozorining
|
| |