Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
darajasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hozirgi vaqtda jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida moliyaning ahamiyati jahon yalpi
ichki mahsulotini yaratishda moliyaviy sektorning
rolini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar doirasidan ancha uzoqlashgan. Iqtisodiy doiraviy aylanish
natijasida moliyaviy kapital real kapitalga aylanadi. Pul va qimmatli
qog‘ozlar (moliyaviy aktivlar) asosiy fondlar va moddiy aylanma
vositalar tarzida muomalada bo‘ladi.
Moliya tizimi, uning barcha
sektorlari va segmentlari – uy xo‘jaligi, korporativ va davlat moliyasi,
moliya va valyuta-kredit munosabatlari tizimining samarali ishlashi ham
milliy, ham xalqaro darajada investitsion jarayonlar hamda yaxlit jahon
iqtisodiyoti rivoji dinamikasi va faolligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Oxirgi
yillarda jahon miqyosida jami kapital qo‘yilmalar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar) hajmi jahon YaIMning 25
foizidan ortiqni tashkil
etmoqda. Bunda ularning bir qismi turli darajadagi moliya tizimlari orqali
amalga oshirilmoqda.
Hozirda xalqaro moliya va xalqaro moliya bozori sohalaridagi
vaziyat real iqtisodiyot rivojiga oldingi davrlarga nisbatan solishtirganda
bir muncha kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida moddiy ishlab
chiqarishdagi holat ko‘p jihatdan jahonda moliyaviy rivojlanishni
belgilab bermoqda.
XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida jahon iqtisodiyotida sezilarli
o‘zgarishlar yuz berdi. Muhim tendensiyalardan
biri shubhasiz
moliyaning roli oshganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon zamonaviy
iqtisodiyotda innovatsion rivojlanishning jadallashuvi va uning
globallashuvi jarayoni bilan uzviy tarzda yuz berdi.
Innovatsiyalar
jahonda moliya sohasidagi jarayonlarga sifat jihatdan ta’sir ko‘rsatgan
bo‘lsa, o‘z navbatida globallashuvga esa son jihatdan o‘z ta’sirini
ko‘rsatdi. Bunda moliyaviy innovatsiyalar sektorining rivojlanishi, yangi
moliyaviy mahsulotlar va moliyaviy institutlarning paydo bo‘lishi alohida
ahamiyat kasb etdi. Xalqaro moliya bozorining son va sifat jihatdan
rivojlanishi xalqaro iqtisodiy aloqalarning ko‘lami, dinamikasi va
yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ular o‘z
navbatida deyarli barcha
mamlakatlar moliyaviy – monetar, budjet-fiskal siyosatlariga, iqtisodiy
yo‘nalishlarigaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada moliyaning global
tavsifi va milliy darajada tartibga solinishi tavsifi o‘rtasidagi qarama-
qarshilikning oldini olish ham talab qilindi.