• 1. Moliyaning mohiyati va zarurati
  • 1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




    Download 376.92 Kb.
    bet1/94
    Sana17.05.2023
    Hajmi376.92 Kb.
    #60720
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo
    3-Ma\'ruza. Мавзу. Операцион тизимлар ва уларнинг турлари. Windows операцион тизимининг имкониятлари, ZOOM attestatsiya grafigi, №11 Диструктив ТБ рус 5-курс-2, amaliyot hisobot, Ishlab chiqarish Kundalik

    1-MAVZU. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
    Reja:
    1. Moliyaning mohiyati va zarurati.
    2. Moliyaning funksiyalari.
    3. Moliyaviy bozorlar va institutlar.


    Kalit sozlar: YaIM, qiymat, tovar, pul, foyda, moliya, narx, moliya tizimi, moliya mexanizmi, nazorat funksiyasi, taqsimot funksiyasi.
    Mashgulotning maqsadi: Moliyaning mohiyati va zaruratini tushuntirib berish, moliyaning funksiyalarini yoritish va moliya tizimini ko’rib chiqish.
    Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
    Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.
    Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati: asosiy adabiyotlar: qo’shimcha adabiyotlar 7-8.

    1. Moliyaning mohiyati va zarurati


    Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi.


    Moliya (arabcha-mulk, mablag’) barqaror tovar-pul muomalasi sharoitlarida davlatning rivojlanishi va uning resurslariga bo’lgan ehtiyojlarining ortishi natijasida paydo bo’ldi. Moliya terminining kelib chiqishi yuzasidan iqtisodchi-olimlarning turli fikrlari mavjud. Ba’zi bir mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik halqaro miqyosda tarqalgan va aholi bilan davlat o’rtasida pul munosabatlari tizimi bilan bog’liq tushuncha sifatida qo’llanila boshlangan. Boshqa mualliflarning ta’kidlashlaricha, mazkur tushuncha muomalaga fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755 yildagi “Respublika haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan.
    Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimot jarayoni bosqichlarida vujudga keladi. Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular nafaqat takror ishlab chiqarish bosqichida, balki xo’jalik yuritishning barcha sohalarida ro’y beradi. Iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy amal qilishi bilan bog’liq jihatini iqtisodiy kategoriyalar tashkil qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga turlicha ta’rif berilgan.
    Moliya – davlatning o’z funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
    Bozor munosabatlari sharoitida asosiy iqtisodiy kategoriyalarga qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin.
    Moliya (lot. – pul to’lovlari) – YaIM (yalpi ichki mahsulot) va MD (milliy daromad)ni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida pul mablag’larini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
    Munosabatlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo’ladi.
    Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki:

    • munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi;

    • munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi;

    • moliyaviy munosabatlarni shakllantirishda moliyaviy resurslar asosiy manba bo’lib hisoblanishi.

    Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham bog’liq:

    • narx;

    • ish haqi;

    • kredit.




    Download 376.92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 376.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

    Download 376.92 Kb.