|
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясиBog'liq Капитал бозори 1м
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
hajmi jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan 9 baravar yuqori ekanligi
moliyaviy globalluv darajasini o‘zida ko‘rsatib turibdi.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni tashkil etishga xizmat
qiluvchi me’yoriy-huquqiy bazaning yaratilishi moliyaviy globallashuvga
asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi. XIX asrda xalqaro iqtisodiy aloqalarning
har bir ishtirokchi davlati eksport-import operatsiyalari bo‘yicha tashqi
savdo tariflarini va tarifsiz cheklovlarni mustaqil tarzda belgilagan. XX
asrning birinchi yarmida Millatlar ligasi (bu tashkilot o‘z faoliyatini 1946
yilda tugatgan) tashqi savdo va valyuta kursini birgalikda tartibga solish
to‘g‘risidagi davlatlararo kelishuvni ishlab chiqqan edi. Ikkinchi jahon
urushidan so‘ng yangi tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti o‘z
tarkibiga quyidagi ixtisoslashgan moliyaviy-iqtisodiy institutlarni kiritdi:
- Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (hozirgi vaqtda Jahon savdo
tashkiloti);
- Xalqaro valyuta fondi;
- Jahon banki guruhi
Oxirgi yillarda gloyual savdo-investitsion strategik alyanslar faol
tarzda shakllantirilmoqda. Ular qatoriga Transatlantik hamkorlik
doirasidagi Transatlantika savdo-investitsion hamkorligi, shuningdek
Trans-Tinch okeani hamkorligi kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy
globallashuvning huquqiy asoslarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
1.3. Moliya bozorining segmenti sifatida kapital bozori iqtisodiy
zarurati
Jahon amaliyotida iqtisodiyotning korporativ sektoriga milliy va
xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari uzluksizligini ta’minlash,
aksiyadorlik kompaniyalarning moliyaviy barqarorlik holatini saqlab
qolish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash, moliyalashtirishning
yangi moliyaviy instrumentlarini amaliyotga joriy etish ayniqsa jahon
pandemiya sharoitida dolzarb masalalardan biri sanaladi. Hozirgi kunda
jahon iqtisodiyotida kapital bozoridan iqtisodiyotning korporativ
sektoriga
moliyaviy
resurslarni
jalb
qilishning
zamonaviy
instrumentlarini
joriy
qilish,
moliyalashtirish
mexanizmini
takomillashtirish, moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
|
| |