|
I bob. Ta’lim-tarboya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 15/18 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #149253 |
Bog'liq Xusanov Elshodjon metodikaII. Uyga vazifani so‘rash:
O‘tilgan darsda santexnika elementlarini ta’mirlash texnikasi. sifon mavzusi o’rganilgan edi. O’tilgan mavzuni “Men santexnik ustaman” metodi orqali takrorlab olamiz.
“Men santexnik ustaman” “To’g’risini top” metodi.
Bu metod o’quvchi yoshlarimizni oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashga yana bir turtki bo’ladi . Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa texnologiya darslarida o’quvchilar kasb hunar haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lishadi. Bu metod orqali o’quvchilar o’tilgan mavzuni takrorlashadi va santexnik usta o’z faoliyatini bajarishi uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini, buyumlarni o’z o’rnida joylashtirishni esga olishadi.
Metod mazmuni:
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Monitorda bir nechta asbob-uskunalar rasmi chiqadi o’quvchilar esa kanalizatsiya quvurini o’tkazish uchun kerakli bo’lgan santexnik asbob-uskunalarini ajratib olishadi. Kim to’g’ri va tez bajarsa shu o’quvchi “Men santexnikman” deb aytadi.
Ikkinchi o’quvchilar chiqishadi. Monitorda “Sifon” ning bir nechta surati ko’rsatiladi. Sifon turlarini to’g’ri aytgan va tezkorlik bilan javob bergan o’quvchi “Men santexnik ustaman” deydi.
Sifon turlari: 1. Shishali; 2. Gofrli; 3. Quvurli; 4. Yassi
Uchinchi guruh o’quvchilariga ham monitorda “gofrirovkali sifon” qismlari surati ko’rsatiladi o’quvchilar esa uni o’rnatish ketma-ketligini to’g’ri aytib berishlari kerak. Shu tariqa qaysi guruh o’quvchilari terkorlikda va aniqlikda vazifani bajarsa “Men santexnik ustaman” deb aytadi.
Santexnika deganda nimani tushunasiz?
Mavjud chiqindilar xususiyatlariga ko'ra chiqindi suvlar qanday turlarga bo'linadi?
Sifon deganda nimani tushunasiz? Uning qanday turlarini bilasiz?
Santexnika ishlarida eng ko‘p qo'llaniladigan asbob-uskunalarni sanab bering.
R ASMDA QANDAY SANTEXNIKA ELEMENTLARI KO‘RSATILGAN?
|
| |