|
I-bob. Tarmoq arxitekturasi
|
bet | 38/45 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 2,49 Mb. | | #154066 |
Bog'liq 1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar5.3.§.IP manzil tushunchasi va uning versiyasi
Hozirgi vaqtda IP (Internet Protocol) haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. Chunki internetga chiqadigan inson borki, IP haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz. IPv6 hali keng qamrovga ega emas. Lekin yaqin kelajakda uning qamrovi ancha keng bo'ladi. Biz hozirda IPv4 dan foydalanamiz. IPv4 uzunligi 32 bit. IPv4 manzillar soni 4 294 967 296 ga teng. Ya'ni shuncha qurilmaga IP manzil berish mumkin degani. IPv4 ning 5ta klaslari mavjud. IPv4 manzillarning klaslari 1969 yilda AQSH da yaratilgan. Ular quyidagilar:
Hozirgi kunda bu sinflar real hayotda ishlatilmaydi. Sababi bunday sinfga ehtiyoj mavjud emas.
Hozirda lokal tarmoq uchun quyidagi manzillar ishlatiladi.
1. 10.0.0.0 – 10.255.255.255 /8
2. 172.16.0.0 – 172.31.255.255 /16
3. 192.168.0.0 – 192.168.255.255 /24
4. 169.254.0.0 – 169.254.255.255 /16 — DHCP mavjud bo’lmagan vaqtda va static ip berish berilmagan vaqtda tarmoq ishlashi uchun beriladigan IP.
Bu IP lar ichki tarmoq uchun ishlatiladi (ya’ni kompyuter o’zining tarmoq kartasi ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun)
5. 127.0.0.0 – 127.255.255.255 — loopback, localhost
Ma'lumot: /8, /16, /24 kabilar bular maska hisoblanib chegarani anglatadi. Bu haqda chuqurroq keyingi mavzularimizda yoritib boramiz.
Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyat (opsiya)lar. Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi. Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‘lish vaqtining yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu deytagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi. Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)-Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.
Bu takrorlanmas ip manzil qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.
1.IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2.IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv6—yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning ko'rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur saytlarga o'rnatilgan. Biz manzillarni o'nlik sanoq tizimida ishlatganimiz bilan tarmoq interfeyslari IP manzilni ikkilik ko'rinishi bilan ishlaydi. Shunda IP manzilning har-biri 8 bitdan iborat bo'lgan to'rtta oktetlardan tashkil topgan sonlar to'plami bo'ladi. Undagi har-bir bit o'z qiymatiga ega bo'ladi. IP manzil kiritilishini quyidagi turlari mavjud
1.Statik
2.Dinamik
Static ip manzillar foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo'lsangiz.
Dinamik ip manzillar esa o'zgaruvchan ip manzillar degani. Bu degani ip manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo'lib qolishidan himoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo'lsak, masalan internet pravayderining 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi ishlaydi. Demak 1000 ta ip manzil yetadi degani va tarmoq administratorining vazifasini yengillashtiradi. Dinamic ip manzil bir martda beriladi kompyuterning tarmoqqa qayta kirganda unga yangi ip manzil beriladi. Bu degani, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter, qayta ulanishni amalga oshirganda, har gal har xil IP manzil oladi.
IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki xil buladi.
1.global (real, beliy, oq)
2.lokal (seriy)
Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
10.0.0.0—10.255.255.255,
172.16.0.0—172.31.255.255,
192.168.0.0—192.168.255.255
127.0.0.0–127.255.255.255
Qolgan barcha ip manzillar glabal tarmoqda foydalaniladi. Kompyuterimizning IP manzilini aniqlash uchun Windowsda ПУСК=>Выполнить=>CMD=>IPCONFIG Windows IP Configuration. ОС Unixda, o'zining IP manzilini bilish uchun, buyruqlar satrida ipconfig buyrug'ini terib bilish mumkin. Domen nomidagi IP manzilni nslookup buyrug'i orqali bilish mumkin. IP-manzilning ta'rifi va nima uchun barcha kompyuterlar va qurilmalar kerak. Internet protokoli uchun qisqa bo'lgan IP-manzil, tarmoq apparatining bir qismi uchun identifikatsiya raqami. IP manzilga ega bo'lish qurilmaga boshqa qurilmalar bilan Internetga o'xshash IP-tarmoq orqali bog'lanish imkonini beradi.
Ko'pgina IP-manzillar shunday ko'rinadi:
151.101.65.121
Sizni boshqa IP manzillar bilan solishtirish mumkin:
2001 yil: 4860: 4860 :: 8844
Quyidagi IP-versiyalarida (IPv4 va IPv6) ushbu farqlar nimani anglatishini bilib oling.
|
| |