|
I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari
|
bet | 12/18 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 93,77 Kb. | | #141050 |
Bog'liq I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishl-fayllar.org7-rasm.Qisqa tutashuvning xillari
Qisqa tutashuvlarning qaysi birlari xavf ehtimoli yuqori ekanligini aniqlash qiyin. Qisqa tutashuvdagi tokning qiymati kо‘p faktorlardan kelib chiqadi, misol uchun, qisqa tutashuvdagi zanjir elementlarining parametrlari, manba va iste’molchilarning quvvati hamda kuchlanishi, qisqa tutashuvning ta’sir etish vaqti va h.k.
Qisqa tutashuvning asosiy sabablari bо‘lib ochiq izolyatsiyalanmagan elektr simlarida shamol ta’sirida va har xil predmetlar orqali fazalar va faza bilan neytral simning ulanib qolishi, elektr simlarida, kabel, mashina va apparatlarda himoya qatlamining (izolyatsiya) atrof muhit ta’sirida buzilishi, himoya qatlamini eskirishi, kuchlanishning yuksalishi, yashinni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tushishi, elektr moslamalariga qarovsizlik va mexanik jarohatlanishi sababli hosil bо‘ladi.
Qisqa tutashuvning - ajralib turadigan sabablariga simlarni va tok о‘tkazuvchi qismlarni erishi kiradi. Bunday simlarni erishi kо‘p hollarda metall sharsimon erigan kо‘rinishida bо‘ladi.
Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yо‘nalishda olib borilishi
kerak:
-birinchidan qisqa tutashuvga hosil bо‘lishiga yо‘l quymaslik kerak;
-ikkinchidan xavfli toklar ta’sir vaqtini cheklash, ya’ni himoya apparatlarini (saqlagich, avtomat) qо‘llash.
Bundan tashqari qisqa tutashuvning oldini olish amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni tо‘g‘ri tanlab, ekspluatatsiya qilish kiradi. Taqsimlov shitlari, mashinalar, apparatlar, qurilmalar, sim va kabellar atrof muhit, elektr tokining qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi kerak.
Qisqa tutashuv xavfi. Zamonaviy elektr tizimida qisqa tutashuv toklari о‘n ming amperga yetadi. Bunday toklar qisqa vaqt ichida katta hajmdagi issiqlik ajratib chiqaradi va haroratni yuqori darajaga yetkazib yonadigan himoya qatlamini alangalantiradi, metall о‘tkazgichlarni eritib atrof muhitga quvvati katta bо‘lgan uchqunlarni tarqatadi, bu esa yengil alangalanuvchilarni о‘t olishga va portlashga olib keladi. Issiqlik ta’siridan tashqari, qisqa tutashuv, katta mexanik ta’sirga ega. О‘tkazgichlarni mustahkamligi kam bо‘lsa, ularni qotirib turuvchilar buzilishiga olib keladi.
Qisqa tutashuvning - ajralib turadigan sabablariga simlarni va tok о‘tkazuvchi qismlarni erishi kiradi. Bunday simlarni erishi kо‘p hollarda metall sharsimon erigan kо‘rinishida bо‘ladi.
Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yо‘nalishda olib borilishi kerak: birinchidan qisqa tutashuvga hosil bо‘lishiga yо‘l quymaslik kerak, ikkinchidan xavfli toklar ta’sir vaqtini cheklash kerak. Qisqa tutashuvning
oldini olish amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni tо‘g‘ri tanlab, ekspluatatsiya qilish kiradi. Taqsimlov shitlari, mashinalar, apparatlar, priborlar, sim va kabellar atrof muhit, tokning qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi kerak.
Qisqa tutashuvning xavfini kamaytirish, yо‘qotish uchun himoya apparatlari о‘rnatiladi, ular himoya qatlamini alangalanishini, о‘tkazgichlardagi tok о‘tkazuvchi tolalarini erishini oldini oladi. Buning uchun tezkor ishlaydigan avtomatlar (о‘chirish vaqti 0,008-0,005 sek) va eruvchi saqlovchilar ishlatiladi. Kuchlanishni kamaytirish uchun qisqa tutashuv paytida generatorlar elektrostansiyalarda kuchlanishni avtomat ravishda meyorlar (ARN) vositasi bilan jihozlanadi.
Yuklanish deb - shunday xodisaga aytiladiki, unda elektr tarmog‘ida sim va kabellarning, mashinalar chulg‘amlarida va apparatlarda ishchi (Iishchi) tok ruxsat etilgan (Iruxs.et) tokdan uzoq vaqtga kattadir, ya’ni Iishchi > Iruxs.et.
Ishchi tokning qiymati Iishchi tok qabul qiluvchining quvvati va turiga, tarmoqdagi kuchlanishga bog‘liq va uni xisoblab topiladi yoki asboblarning kо‘rsatmasiga asosan topiladi. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokning qiymati о‘tkazuvchining kesim yuzasiga va materialiga, yotqizish uslubiga, о‘tkazuvchining konstruksiyasiga va atrof muhitning haroratiga bog‘liq. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokli yuklama simlarda va har turdagi kabellarda, yuqoridagilarga asoslanib, PUE (Pravila ustroystva elektroustanovok - Uzgosenergonadzor, Tashkent, 2011 g) ga asosan sim tolalarining xavfsiz qizish hisobiga (rezinali, natriy, polixlorvinil himoya qatlami +650C; qog‘oz himoya qobig‘ida +800C; himoya qatlamisiz +700C) asoslanib atrof muhit harorati +250C bо‘lishi kerak.
Yuklanishning asosiy sabablari bо‘lib: ishchi tokga simlar kesim yuzasining tо‘g‘ri kelmasligi; sim kesim yuzasini hisobga olmasdan kо‘zda tutilmagan tok qabul-qiluvchilarni bir tarmoqqa parallel ulash; tarmoqdagi kuchlani shning meyordan pasayishi; atrof muhit haroratining kо‘tarilishi va boshqalar.(8-rasm)
Yuklanishning oldini olish: ruxsat etilgan (Iruxs) tokni ishchi (Iish) tokdan doimiy katta bо‘lishini ta’minlash, ya’ni Iishchi < Iruxsat etilgan; о‘tkazuvchilarni (simlar) kesim yuzasini qizishga asoslanib tо‘g‘ri tanlash; katta quvvatga mо‘ljallangan iste’molchilarni bir tarmoqqa parallel ulamaslik; elektr simlarini, mashina va apparatlarni sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish, ya’ni PUEning 1bobiga asosan ruxsat etilgandan toklaridan ortmasligini ta’minlash; elektr qurilmalarini yuklamadan zararlanishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar, avtomat о‘chirgichlar hamda rele va releli magnit ishga tushiruvchilarni qо‘llash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari
|