|
Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash
|
bet | 8/18 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 93,77 Kb. | | #141050 |
Bog'liq I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishl-fayllar.org1.3. Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash
Imorat va inshootlarni loyihalashda, qurilishda va ulardan foydalanishda binoning olovbardoshligi, yong‘indan saqlanish va kam talofatlanish kabi talablarni qondirishga doir turli tadbirlar ko‘llaniladi.
Loyihalashda imoratni o‘rnini tanlashda, qo‘shni imoratlarga nisbatan kamxavotir, yong‘inga bardosh asosni, poydevorni, ko‘tarish konstruk-siyalarni, qavatlar orasidagi yopmalarni, ustyopmani, devorlarni va boshqa konstruksiya va uskunalarni alohida talablar asosida tanlanadi.
Binoning olovbardoshlik darajasi konstruksiyalarni eng kichik olovbardoshlik chegarasi asosida belgilanadi. Misol, agar konstruksiyalardan birining olovbardoshligi 0,25 soat bo‘lsa, faqat temir konstrksiyalar qo‘llash, tashqaridagi devorlarida alyuminlar asosida tayyorlangan materiallardan foydalanish mumkin. Agar 11-darajali sanoat imorati loyhalansa, u holda qo‘llaniladigan ustunning olovbardoshligi 0,75 s dan kam bo‘lmasligi kerak
Qurilish materiallari yonish darajasi bo‘yicha 3-guruxga bo‘linadi: yonmaydigan, yonishi murakkab va yonadigan. Masalan shipga qo‘llaniladigan konstruksiya yonmaydigan, osma shiplar esa qiyin yonadigan va ba’zida yonishi mumkin bo‘lgan materiallardan bo‘lishlari mumkin. Stropilalarda, devorlarda, pollarda, tomlarda qo‘llaniladigan materiallar ham yonishi mumkin bo‘lgan materiallardan qilinishi mumkin. Albatta, stropila kabi ma’suliyatli konstruksiyalarni olovga bardoshligini ta’minlaydigan tadbirlar qo‘llanilishgi shart.
2-jadval
Olov bardoshliligi
|
Binoning konstruktiv xarakteristikalari
|
I
|
Tabiiy yoki sun’iy toshli maternallardan, beton yoki temirbetondan foydalanib tayyorlangan tunikasimon va plitali yonmaidigan materiallardan qurilgan ko‘tarish va to‘sish konstruksiyali binolar
|
II
|
Oldingideq bino yopmalarida himoyalanmagan metall konstruksiyalardan foydalanish mumkin.
|
III
|
Tabiiy yoki sun’iy toshli materiallardan, beton yoki temirbetondan qurilgan ko‘tarish va to‘sish konstruksiyali binolar. YOpilmalarda suvoq yoki qiyin yonuvchi tunikasimon, xamda plitali materiallar bilan himoyalangan yog‘och konstruksiyalardan foydalanish mumkin. YOpilma elementlariga olovbardoshlik chegaralari va olov tarqalish chegaralari bo‘yicha talablar qo‘yilmaydi, shu bilan birga yog‘ochli ustyopma elementlari olovga qarshi ishlov beriladi.
|
IPa
|
Sinchli (Karkasli) konstruktiv sxemali binolar. Sinch elemetlari himoyalanmagan po‘lat konstruksiyalardir. To‘suvchi konstruksiyalar -profillangan po‘lat listlardan yoki boshqa qiyin yonadigan himoyali yonmaydigan materiallardan iboratdir.
|
IIPb
|
Asosan karkas konstruktivsxemali bir qavatli binolar. Karkas elementlari - olov tarqalish chegarasi talablarini bajaradigan olovbardoshlikga qarshi ishlov berilgan butun yoki kleylangan yog‘ochlardan iboratdir. To‘suvchi konstruksiyalar - yog‘och yoki uning asosidagi panellar yoki ularning yig‘malaridan bajariladi. YOg‘och va yonuvchi materiallardan iborat to‘suvchi konstruksiyalar, olov tarqalish chegaralari talablariga javob beradigan olovga qarshi himoya ishlovlari berilishi zarur.
|
IV
|
Olovga va yuqori haroratlarga qarshi suvoq yoki boshqa list yoki plitali materiallar bilan ximoyalangan butun yoki kleylangan va boshqa yonuvchi yoki qiyin yonuvchi materiallardan iborat ko‘tarish va to‘sish konstruksiyali binolar. YOpilma elementlariga olovbardoshlik chegaralari va olov tarqalish chegaralari bo‘yicha talablar qo‘yilmaydi, shu bilan birga yog‘ochli ustyopma elementlariga olovga qarshi ishlov beriladi.
|
Iva
|
Asosan karkas konstruktiv sxemali birqavatli binolar. Karkas elementlari - ximoyalanmagan po‘lat konstruksiyalardan iborat. To‘suvchi konstrukiiyalar - profillangan po‘lat listlardan yoki boshqa qiyin yonadigan ximoyali yonmaydigan materiallardan iboratdir.
|
V
|
Olovbardoshlik va olov tarqalish chegaralari bo‘yicha talablar qo‘yilmagan ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyali binolar.
|
|
| |