I kirish II. Asosiy qism xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va dinamikasi tahlili




Download 489,77 Kb.
bet2/8
Sana13.05.2024
Hajmi489,77 Kb.
#228362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I kirish II. Asosiy qism xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va

II.Asosiy qism
1.Xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va dinamikasi tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog‘liq. Odatda, analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funksional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, xo‘jalik subyektlarining xususiy kapitalini o‘rganishda iqtisodiy tahlilni quyidagi bosqichlarda tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi: ¤ Xususiy kapital tahlilini o‘tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni
tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda xo‘jalik subyektlarining xususiy kapitalini iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o‘tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:
- xususiy kapital tahlilining maqsadi va vazifasini aniqlash;
- tahlil obyektini aniqlash;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilar tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
- tahlil o‘tkazish muddatini belgilab olish;
- xususiy kapital tahlili manbalari va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.
Xususiy kapital tahlili uchun kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash, yig‘ish hamda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- xususiy kapital tahlili uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
- xususiy kapitalga oid manbalarni to‘plash;
- qo‘shimcha ma’lumotlarni jalb etish.
Xususiy kapitalga oid to‘plangan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To‘plangan manbalarni to‘g‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo‘ladi va ushbu manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahlil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash; - rezervlarni aniqlash.
Bevosita xo‘jalik subyektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqihda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatilib, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslarini mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarining asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar, aksionerlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbayi bo‘lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘zfaoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (budjet hisobidan) ajratilgan mablag‘lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-uskunalar, aylanma mablag‘lar va pul mablag‘lari qiymati) ni aks ettiradi. Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksionerlar (ta’sischilar) tomonidan qo‘yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi va shuning uchun ham bir necha yuridik va jismoniy shaxslar – aksionerlar jamiyatini, shirkat va boshqa tashkiliyhuquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi.
Xususiy kapital hisobi o‘z ichiga bir qancha ko‘rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ustav kapitali.
Qo‘shilgan kapital.
Rezerv kapitali.
Taqsimlanmagan foyda. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. Korxonaning ustav kapitali o‘z mablag‘lari manbayining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo‘yilgan pay to‘lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o‘zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig‘inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi. Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat budjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko‘rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko‘rsatiladi. Korxonalar amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga ko‘ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko‘rsatilgan tartibda mablag‘ chegirilib boriladi. Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
1. Ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun.
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‘lsa, imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish.
3. Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun. Taqsimlanmagan foyda – bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko‘rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi. Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg‘or metodlardan hisoblanib, bizning o‘rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rganiladi va ularni shartli ravishda to‘rtta katta guruhlarga ajratiladi:
1. Rentabellik koeffitsiyentlari.
2. Likvidlik koeffitsiyentlari.
3. To‘lov qobiliyati koeffitsiyentlari.
4. Bozor indikatorlari. Bu ko‘rsatkichlar ham o‘z tarkibiga bir qancha koeffitsiyentlarni oladi: Demak, birinchi ko‘rsatkich tarkibiga: Xususiy kapital rentabelligi. Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi. Leveridj. Sotish rentabelligi. Likvidlilik koeffitsiyentlariga:
a) tez likvidlanadigan koeffitsiyentlar
b) debetorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti;
d) ishlab chiqarish zaxiralarini aylanishi koeffitsiyenti;
e) qiyin likvidlanish koeffitsiyenti.
To‘lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsiyentlarga quyidagilar kiradi:
- qarz va hususiy kapital nisbati koeffitsiyenti;
- xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsiyenti;
-qarzmablag‘larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti.
Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya hisobida aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o‘rganiladi. Bu koeffitsiyentlar ichida bizning mavzuga taalluqli bo‘lgan koeffitsiyentlar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagicha aniqlanadi:


Download 489,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 489,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I kirish II. Asosiy qism xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va dinamikasi tahlili

Download 489,77 Kb.