|
Xususiy kapitalning gorizontal va vertikal tahlili
|
bet | 5/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 489,77 Kb. | | #228362 |
Bog'liq I kirish II. Asosiy qism xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va Xususiy kapitalning gorizontal va vertikal tahlili
Aksionerlik jamiyatida o‘z mablag‘lari manbasi davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming so‘mga ortgan. O‘sish darajasi 130.7 %ni tashkil etgan. Shu jumladan ustav kapitalining o‘zgarishi mos ravishda 213 818 364 ming so‘mga, rezerv kapitalining o‘zgarishi 2 383 571 493 ming so‘mga, maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar hajmi 65 341 685 ming so‘mga ortgan. O‘z mablag‘lari tarkibida taqsimlanmagan foyda summasi davr boshiga nisbatan 284 292 935 ming so‘mga kamaygan. Eng yuqori o‘sish darajalari ustav kapitali (134.8 %) hamda rezerv kapitali (141.54%) qatoriga to‘g‘ri kelgan.
Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili
Xususiy kapital va uning o‘zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va oxiridaga o‘zgarishlariga va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning o‘zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo‘yicha alohida o‘rganiladi. Xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarga: ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoyasi, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralarining o‘zgarishi ta’sir etadi. Jumladan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan bog‘liq jarayonlar ustav va qo‘shilgan sarmoyaning o‘zgarishiga; uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash rezerv kapitali o‘zgarishiga; ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari qo‘shilgan kapital o‘zgarishiga; rezerv kapitaliga ajratmalar rezerv kapit
ali va taqsimlanmagan foyda o‘zgarishlariga; joriy yilning taqsimlanmagan foydasi jamlangan, taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishiga; tekinga olingan mol-mulk rezerv kapitali o‘zgarishiga; hisoblangan dividendlar taqsimlanmagan foyda o‘zgarishiga ta’sir etadi. Xususiy kapitalning shakllanishini yuqorida keltirilgan manbalaridan tashqari boshqa manbalari barcha tarkibiy birliklarni o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlili
Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 439 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav kapitalining oshirilishi (213 818 mln so‘m), rezerv kapitali hisobiga (2 383 571 mln so‘m) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (65 341 mln so‘m) ro‘y bergan. Jamiyatning xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich rezerv kapitali hisobiga to‘g‘ri keladi va uning qiymati davr boshida 5 737 851 mln so‘mni davr oxirida 8 121 423 mln so‘mni tashkil etgan. Rezerv kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 74.1 %, 80.2 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 6.1 % ga ortgan.
|
| |