I. Kirish. Kurs ishing umumiy tavsifi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOT UNIVERSITETI
“Ro’yxatga olindi”
O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini_____________________
II kurs -guruh talabasi
“O’zbek tilshunosligida qo’shma gaplar talqini”
KURS ISHI
Mavzu:Qo’shma gaplarda shakl
va mazmun munosabati
Ilmiy rahbar__________________
Filologiya fanlari nomzodi dotsent
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Toshkent-2022
MUNDARIJA:
I. Kirish. Kurs ishing umumiy tavsifi .
II. Asosiy qism:
Qo’shma gaplar nazariyasi.
Qo’shma gaplarni bog’lovchi vositalar.
1.3 Qo’shma gap turlari ma’nodoshligi.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI
Mavzu haqida: Qo‘shma gap – tuzilishiga ko’ra soda gapga o’xshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning
strukturali jihatdan alohida bir turi . Qo‘shma gap tuzilishi va qurilish materialiga ko’ra sodda gaplardan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan tashkil topadi.Bitta kesimlik belgisiga mazmuniy va ohang tugalligiga ega gap sodda gap deyiladi .Masalan, Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arbda dong taratdi.Ikki va undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy va ohang tugalligiga ega butunlik qo’shma gap sanaladi. Masalan, Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. Bir qancha turkiy tillarda , jumladan, o’zbek tilida qo’shma gaplar qanday mazmun munosabatlarni ifodalanishi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko’ra 3 asosiy turga bo’linadi:
Bog’lovchisiz qo‘shma gap.
Bog’langan qo‘shma gap.
Ergashgan qo‘shma gap.
Tilshunoslik fanida qo’shma gap mavzusi azaldan bugungi kunda ham muammolardan xoliligi shundaki, qo‘shma gap fikr ifodasi sintaktik pog’onalardan birini tashkil etadi.
Jahon tilshunosligida qo’shma gap talqiniga bo‘lgan monografik tadqiqotlar ko’p bo’lishiga qaramay bu sohada anchagina ko’rinadi. Ular jumlasiga qo’shma gap ularning tub strukturaga munosabati, tarkibini ta’minlovchi grammatik
va ekstralingvistik aniqlash qo’shma gapning ustpredikativ belgilariga taalluqli muammolarni va umuman, qo’shma gap bilan bog’liq ko‘plab munozarali masalalarni kiritish mumkin .
Qo‘shma gap komponentlarining munosabati yigirmanchi yillardan tilshunoslik fanida asosan shu sohada tilshunoslar o’rtasida ilmiy bahs va munozaralarning boshlanishiga sabab bo’ladi, masalan rus yozuvchisining quyidagi “Очерк синтаксиса русского языка” asarida bildirilgan munosabatlari sabab bo‘ldi.
M.N.Peterson qo‘shma gap tarkibiy qisimlarining tobe va teng bog’lanish xususiyati tomonidan aytilayotgan fikrlarning g’oyat chalkash va chuqur ilmiy fikrlardan quyidagilarni yozadi: “Mavjud kriteriyalar ergash bog’lanishni teng bog’lanishdan farqi ergash va teng bog’lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo’q.
Hozircha mavjud lingvistik adabiyotlardagi munosabatlarga qarab qo‘shma gaplarni bo‘lib o’rganilayotgan ishimizning mavzusi keng komponentli murakkab bevosita bog’liq bo’lgani uchun quyida, asosan bog’lovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz.
Akademik V.V.Vinogradovning fikriga ko’ra jumladan, bog’langan va bog’lovchisiz qo‘shma struktur-sintaktik va mazmuni jihatlaridan bir-biri bilan aloqada bo’ladi.Bog’langan qo’shma gap tarkibiy qisimlaridan farqli ravishda, teng bog’lanishda, bu tarkibiy qisimlarning faqat birinchisini erkin qurilish debhisoblash mumkin, ikkinchisi struktur ko’rinishi hamda sintaktik holatiga ko‘ra birinchisiga qandaydir ma’noda tobe bo‘ladi.
Peterson M.N “Очерк синтаксиса русcкого языка”
2) QO‘SHMA GAPLARNI VA ULARNI BOG‘LOVCHI VOSITALAR
Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma gap qismlari quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi.
1.Bog’lovchilar: a) teng bog’lovchilar; b)ergashtiruvchi bog’lovchilar
2.Bog’lovchi vazifasidagi vositalar a) bo‘lsa,esa deb; b) -u, -yu, -da
-ki yuklamalari; d) nisbiy so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli ,shu sababli, shu bois singari ko‘makchili qurilmalar; f)shart mayli qo’shimchasi -sa
3.Ohang.
QO‘SHMA GAPLAR TASNIF
Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo’linadi.1.Bog’langan qo’shma gap 2.Ergashgan qo’shma gaplar 3.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
BOG’LANGAN QO’SHMA GAP
Qismlari teng bog’lovchilar bo’lsa, esa, yo‘qsa so’zlari -u,-yu,-da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi. Masalan, Uzun bir yog’och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon hayday boshlad, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog’och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho’ng’ib yana qochib qolardi.
BIRIKTIRUV BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning payt sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi. Va, hamda, -u, -yu,-da, ham…ham biriktiruv bog’lovchilari hisoblanadi.Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo’yish mumkin bo’ladi. Masalan, Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar .Anor so‘zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Ba’zan -u ,-yu , -da , yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. Masalan, Umar uch qadamda bir to’xtab nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg’a yetdi, qopni ag’dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o’tirib oldi.
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP
Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi
va qo’shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. Ammo, lekin, biroq, balki, zidlov bog’lovchilaridir.
-u - yu -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
Namuna:
Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi.(Oybek) 2.Bu daraxtning bo’yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3.Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishdilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab ketdilar.
AYIRUV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Goh…, goh, ba’zan…, ba’zan, bir…, bir, dam…, dam, yo…, yo, yoki ayiruv bog’lovchilari sanaladi.
Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda ham qo’llanadi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. Yo va yoki ayiruv bog’lovchisi voqea-hodisaning faqat bittasi yuzaga chiqishini bildiradi.
Namuna:
1.Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitildi. 2. Mashinaning nuqsoni bo’lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog’i yasaladi.
3. Yo zardo’zi to’nning to’zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar po’staging.
INKOR BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
NA…,na inkor bog’lovchisi sanaladi. Inkor bog’lovchisi bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini bildiradi. Shuning uchun bunday bog’langan qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
Namuna:
Oradan uch kun o’tdi, hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, murod-u maqsadini surishtirdi. 2. Ko’kda na bir yulduz lo’rindi, na undan tushishi mumkin bo’lgan bir qatim nur. 3. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtlarni tinch qo‘ydi.
BO‘LSA, ESA SO’ZLARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAP
Bo‘lsa, esa so’zlari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi bo’lakdan so’ng keladi. Bo’lsa, esa so’zlari ikki zid ma’noli so’zni bog’lashsa, zidlash munosabati yuzaga keladi.
Namuna:
Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zing sharaf-u shonini asraydi.(qiyoslash) 2. Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, tog’rilik bo’lsa uni saodatga boshlaydi .(zidlash) 3. Yaxshilik qilmoq ulug’ fazilatdir, buning qadriga yetmaslik esa illatdir. (zidlash)
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi. Ergashgan qo’shma gaplar, tarkibida nechta gap bo’lishidan qat’i nazar, doim ikki qismdan iborat bo’ladi.
Bosh gap
Ergash gap
Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap sanaladi.
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:
Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli)
Yuklamalar (-ki)
Nisbiy so‘zlar
Deb so‘zi
ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAP
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki) maqsad (toki ), shart (agar, agarda, basharti,mobodo), qiyoslash-chog’ishtiruv(go’yo, go’yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi
KO’MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi
Namuna:
Uning bunday odati yo’q edi, shuning uchun yigit hayron bo’lib biroz qarab turibdi.
DEB SO’ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini, bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’pincha deb so’zi yordamida bog’lanadi va ergash gapning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so’zi uchun ko’makchisi bilan ma’nodosh sanaladi, shu bois bir-biri bilan erkin almashina oladi. Ergash gaplar yozuvda vergul bilan ajratiladi. Ergash gapning kesimi buyruq va shart maylidagi, shuiningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganida, asosan, ma’qsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganida esa, asosan, sabab ma’nosini bildiradi.
Namuna:
Gul burglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga.(maqsad)
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanganida shart mayli qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Namuna:
Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‘ydiradi.(E.Samandar)
KO‘RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
Namuna:
Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G’ulom)
NISBIY SO’ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sh, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llangani, biri ikkinchisini taqozo etgani uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
Namuna:
Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib bir kitob yozmog’ingiz darkor.
HAVOLA BO‘LAKLI GAPLAR
Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bir vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi. Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan ko’rsatish olmoshilari qatnashadi. Ergash gap shu olmoshing ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi.
Masalan, Shunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Toleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko‘p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi.
Havola bo’lakli qo’shma gaplarda havola bo’lak qanday gap bo’lagi vazifasida kelsa, ergash gap ham shunday gap bo’lagi bilan yuritiladi.
Eslatma! Yuqoridagi gaplarda shunday, shulki o’sha bo’laklaring mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo’laklar havola bo’laklar sanaladi. Bunday bo’laklar qatnashgan qo’shma gaplar esa havola bo’lakli qo’shma gaplar deyiladi. Havola bo‘lakli qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapga havola bo’lakdan tashqari - ki va -sa shakllari yordamida bog’lanadi. Bulardan -ki bosh gap kesimi oxiriga, - sa esa ergash gap kesim oxiriga qo’shiladi.
Demak, nisbiy so‘z va ko’rsatish olmoshli ergashgan qo’shma gap havola bo’lakli qo’shma gaplar sanaladi.
Masalan, Kimning himmati baland bo’lsa, uning qadr-qimmati baland bo’ladi. Hunar shunday otdirki, u mingan kishini rohat va e’tibor manziliga yetaklaydi.
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING SODDA GAPLAR BILAN MA’NODOSHLIGI
Tarkibida ko’rsatish olmoshi ma’vjud ergashgan qo’shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali hosil qilinadi.
Namuna:
Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. Ko’p o’qigan ko’p biladi.
Shuni bilingki,kengga keng,torga tor dunyo. Dunyoning kengga keng torga torligini biling.
Eslatma! Ko’rinadiki, bir axborotniikki xil gap –sodda va qo’shma gap orqali ifodalash mumkin.
Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalsh jihatdan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ular ma’noni ta’kidlash uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo’lakli qo’shma gaplar ko’proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo’lsa, sodda gaplar uslubiy betaraflik xususiyatiga ega bo’ladi.
Namuna:
Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. Men siz ishonch bildirgan kishingizni sherik qilib olishim mumkin.
ERGASH GAPNING TURLARI
KESIM ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshing ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap kesim ergash gap deyiladi.
Ko’rsatish olmoshi tarkibidagi - ki ( shuki, shundayki, shundaki, shu bo’ldiki, shunday ekanki…)
Nisbiy so’z + - sa ( Kim…- sa, o’shanikidir, kim… - sa o’shadir, nima… -sa, shudir)
Namuna:
Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz,
Toleyim shuki, jahonda bir guliston tanladim.
EGA ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshi tarkibidagi ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshing ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap ega ergash gap deyiladi.
Namuna:
Shu narsa qiziqki, uyquda ham miyya o’z faoliyatini to’xtatmaydi,
Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga yetadi.
Kimki rostgo’y bo’lsa, u el o’rtasida qadr topadi.
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshi ning ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Namuna:
Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, unung yo’li ham to’g’ri bo’ladi.
Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi gavhardir.
Kimning niyati xolis bo’lsa, uning orzusi amalga oshadi.
TO‘LDIRUVCHI ERGASHGAN GAPLI QO‘SHMA GAP
To’ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlagan ergash gapdir. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi. To’ldiruvchi ergash gap odatda, bosh gapga –ki bog’lovchisi orqali ,shart mayli qo’shimchasi – sa yordamida bog’lanadi.
Namuna:
Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi.
Iltimos qilamanki, oldin rais so’zlasinlar.
Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma.
HOL ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmuning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog’lovchilari; deb so’zi yordamida bog’lanadi.
Namuna:
Oqsoqol qayerda bo’lsa, o’sha joyda ish bir tartibda borardi.
Shunday yashangki, hamma havas qilsin.
Qayerda nuroniylar bo’lsa, o’sha yerda baraka bo’ladi.
BOG’LOVCHISIZ QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
Tarkibida sodda gaplar mazmuni bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar sanaladi. Tahlilda bog’lovchisiz qo’shma gaplar bir-biri bilan to’g’ri chiziq bilan bog’langan ikki to’rtburchak orqali ifodalanadi. Bu bog’lovchisiz qo’shma gap qolipi sanaladi. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilar ishlatiladi.
Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma- ket sodir bo’ladigan voqea hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi. Masalan, Yigitlar daraxtning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.
Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda ular orasiga tire qo’yiladi. Masalan, Hamal keldi – amal keldi.(o’xshatish ma’nosi)
Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir.(zidlik ma’nosi)
Yurt tinch – sen tinch.(shart ma’nosi)
Qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo’yiladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu: hasharda hammamiz ishtirok etamiz.
Qo‘shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmagan yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi. Masalan, Hadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib kuzatgani chiqmadi.
QO‘SHMA GAPLAR TASNIFI
Lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo’lganligi bois kamida ikkita paradigm kiradi. Shu sababli biror butunlikka kiruvchi lisoniy birlikni kamida ikki tomondan tasniflash mumkin bo’ladi.
Qo‘shma gap ham lisoniy birlik sifatida murakkab tabiatli bo’lib, bu murakkablik uning lisoniy sathdatutgan o’rni tarkibidagi sodda gapning grammatik shakli va bog’lovchi vositalari hamda mazmuniy munosabatining rang-barangligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qo’shma gap turlarini xilma-xil asoslarda turlicha tasniflash mumkin. Tasnif asosining aniqligi va izchil amalga oshirilishi masala mohiyatini oydinlashtirishda mumkin.
Qo‘shma gapning ma’noviy va struktur tasnifi ko’p hpollarda o’zaro farqlanadi.
Formal sintaksis qo’shma gap tasnifida ko’p hollarda ularning nutqiy belgi xususiyati, zohiriy alomatiga tayanadi. Substansional sintaksis tasnifi esa qo’shma gapning lisoniy mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qo‘shma gap, avvalo, sodda va uyushgan gapdan o’z qurilish usulining boshqachaligi bilan farqlanadi. Demak,umumiy lisoniy mohiyat sifatida gaplar qurilish qolipiga ko’ra dastlabki tasnifda uchga bo’linadi.
Qo’shma gap ham o’z navbatida qolipning tur va ko’rinishiga ega bo’ladi.
|