O‘xshash uskunalar tavsifi




Download 65,58 Kb.
bet5/9
Sana15.05.2024
Hajmi65,58 Kb.
#234541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bakterial o`g`it

O‘xshash uskunalar tavsifi
Nitraginni sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi mikrobiologik korxonaning aseptik sxemasi asosida amalga oshiriladi. Tirik hujayra shtammlarini ishlab chiqarishning eng «tor» jihati, uni quritish muammosini hal qilish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, har gal foydalaniladigan shtammlarni baholashda, ularning mahsuldorligini inobatga olish bilan birga, haroratli ta`sirga nisbatan chidamliligini ham hisobga olish talab qilinadi. Ekish materialini olish uchun tuganakli bakteriyani dastlabki namunasini oldin tarkibida, masalan, dukkakli o`simliklarning urug`ini qaynatmasi, 2 % agar va 1 % saxaroza bo`lgan agarlashtirilgan muhitda o`stiriladi, keyin hosil bo`lgan mikrobli aralashmani kolbada suyuq oziqa muhitida 1-2 kun davomida 28-30 0C va pH 6,5-7,5 bo`lgan sharoitda ko`paytiriladi. Sanoat ishlab chiqarishini hamma bosqichlarida bir xil tarkibli oziqa muhitidan foydalaniladi, uning tarkibida: qand lavlagisi qoldiqlari, makkajo`xori ekstrakti, ammoniy va magniy sulfatlar, natriy xlorid, ikki almashingan kaliy fosfat bo`ladi. Tayyor bo`lgan ekish materialini 1 ml ni tarkibida 10 mlrd hujayra bo`lib, undan oziqa muhitini 3-5 % hajmida ekish apparatiga ko`chiriladi va yuqorida keltirilgan haroratda, doimo aralashtirish hamda aeratsiyalash (1 minutda 1 hajm muhitga 1 hajm havo yuborish) sharoitida o`stirib ko`paytirishni davom ettiriladi. Agar 1 kun o`tgandan keyin ekish materialining titri 1ml hisobiga 2 mlrd ga etsa, o`stirishni to`xtatiladi, hosil bo`lgan ekish materialini muhit hajmiga nisbatan 3-5 % hajmda fermentyorga o`tkaziladi. Asosiy fermentatsiyani 2-3 kun o`sha harorat, o`sha muhitning pH ko`rsatkichida, lekin havo oqimining biroz yuqori ko`rsatkichida (1 minutda 1 hajm muhitga 1,3 hajm havo yuborish) amalga oshiriladi. Jarayonning oxirida hujayralarning titri 1 ml muhitda 10 mlrd ga yetadi. Tayyor mikrobli aralashmani separatsiyalanadi, bunda pastasimon biomassa hosil bo`ladi, uning namligi 70-80 % ni tashkil qiladi. Biomassaga tarkibi qand lavlagisi qoldiqlari va tiomochevina (20:1 nisbatda) dan iborat bo`lgan himoya muhiti qo`shib aralashtiriladi va quritish uchun yo`naltiriladi. Quritish jarayoni vakuum-quritkichda 30-35 0C da amalga oshiriladi. Quritilgan biomassa maydalanadi, unda shtamm hujayralari titri 1 g hisobiga 10 mlrd ni tashkil qiladi. Nitraginning quruq preparatlarini 0,2-1 kg hisobida polietilen xaltachalarga qadoqlanadi va germentizatsiyalanadi, 15 0C da 6 oygacha saqlanadi. Nitragin preparatini fosforli-kaliyli va organik o`g`itlar fonida qo`llaniladi, chunki bunda tuganakli bakteriyalarning faolligi oshadi. Nitragin dukkakli o`simliklarning hosildorligini 15-25 % ga oshiradi, bu ekinlar birinchi bor ekiladigan xududlarda esa 100 % ga oshiradi. Nitraginni ekishdan oldin urug`larga preparatning quruq kukunini sepib keyin ekiladi.
So‘nggi yillarda biotexnologik sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pgina fermentyorlar paydo bo‘lib, ular biomassani aerob o‘stirish va uning metabolitlarini olishga mo‘ljallangandir. Aerob jarayonlarning effektivligini ko‘rsatuvchi asosiy parametr bo‘lib, gazning suyuqlik bilan kontaktda bo‘luvchi yuzasi hisoblanadi. Ushbu yuzaning hosil bo‘lish usuliga qarab gaz-suyuqlik fermentyorlarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin, ular, - erliftli, - gazni mexanik dispergirlovchi, - oqimli.
Erliftli fermentyorlarda fazalarning kontakt yuzasi gazni gaz taqsimlovchi tuzilmalar orqali sirkulyasiyadagi suyuqlik qatlamiga kiritganda hosil bo‘ladi. Apparatning katta ishchi hajmi kerak bo‘lganda, hamda gaz fazasi sifatida tarkibida massa almashinuvida zarur sharoitlarni ta’minlash va kultural muhitni pnevmoaralashtirish uchun etarli kinetik energiyani o‘zida tutuvchi 80% azot bo‘lgan havo ishlatilganda bu fermentyorlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Gazni mexanik dispergirlovchi fermentyorlarda apparatga kiritiladigan gaz suyuqlik bilan mahsus tuzilmalar yordamida aralashtiriladi. Ularni apparatning V 100 m3 hajmida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ular toza gazda ishla ganda effektiv hisoblanadi. Bunda moddaning gazdan o‘tkazilishining etarlicha yuqori intensivligiga rivojlangan fazalararo yuza hisobiga erishiladi. Kichik hajmli apparatlar yuqori bosimda ishlashi mumkin.
Oqimli fermentyorlarda gaz nasadkalar sistemasi orqali apparat kesimi bo‘ylab taqsimlanadigan suyuqlik oqimlari bilan ejektirlanadi.
Mikrobiologik sanoatda, asosan, o‘zaro konstruksiyasi va ishlash sharoitlari bilan farqlanadigan uch turdagi erliftli fermentyorlar qo‘llaniladi.

Download 65,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 65,58 Kb.