• I.NAZORAT QISM 1.1 Tarmoqlanuvchi algoritm Tarmoqlanuvchi algoritm
  • I nazorat qism




    Download 225,51 Kb.
    bet2/9
    Sana16.05.2024
    Hajmi225,51 Kb.
    #239041
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish(Algoritm va dastur)

    Natijaviylik - deganda algoritmda chekli qadamlardan so’ng albatta natija bo’lishi tushuniladi.
    Diskretlik - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo’laklash imkoniyati tushuniladi. Algoritm turlari Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.


    I.NAZORAT QISM
    1.1 Tarmoqlanuvchi algoritm
    Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko’rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
    Takrorlanuvchi algoritm biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
    Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so’z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
    Algoritmlarni blok-sxema ko’rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo’lgani uchun ko’p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko’rsatma o’z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko’rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to’g’ri to’rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
    Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo’lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko’p qo’llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo’lgan aniq ko’rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko’rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo’lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko’rib chiqaylik. Bunda boshlang’ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:

    • non bo’lagini kesib olish;

    • kolbasa va pishloq bo’lagini kesib olish;

    • kolbasa va pishloq bo’lagini non bo’lagi orasiga qo’yish.

    Agar bu jarayonning ketma ketlik o’rinlari almashsa yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija bo’lmaydi.

    Download 225,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 225,51 Kb.