I nazorat qism




Download 225,51 Kb.
bet5/9
Sana16.05.2024
Hajmi225,51 Kb.
#239041
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish(Algoritm va dastur)

Tanlash operatori - selektor, parametrlar ro’yxati, tanlash o’zgarmaslari ro ’yxati.
Juda ko’p tarmoqlanish jarayonlarida tarmoqlanish ikki yoki undan ortiq tarmoqqa ajraladi. Umuman olganda, buni bizga tanish shartli o’tish operatori yordamida amalga oshirish mumkin:
IF B1 THEN A1 ELSE IF B2 THEN A2 ELSE IF BK THEN AK ;
Lekin bu hollarda shartli o’tish operatorlarining yozilishi noqulay. Ko’p hollarda dasturchi uchun shartli operatoming umumiylashgan ko’rinishi - tanlash operatorini ishlatish qulay. Tanlash to’plami uchun ‘case’ komandasi ishlatiladi.
CASE operatori tarmoqlanish jarayonini berilgan bir necha operatordan birini tanlash yo’li bilan amalga oshiradi. Tanlash operatorida barcha operatorlar, shu jumladan bajarilishi uchun tanlangan operator ham aniq ravishda keltiriladi (berilgan operatorlar ketma-ketligi chegaralangan).
Tanlash operatori CASE mavjud variantlardan tanlash imkoniyatini beradi. U har biriga tanlash o’zgarmaslari ro’yxati (ro’yxat bitta o’zgarmasdan iborat bo’lishi mumkin) tegishli selektor deb nomlangan ifodadan va parametrlar ro’yxati&an iborat.
Formati:
CASE OF;
ELSE;
END;
O’zgarmaslar turi doim selektor turiga to’g’ri kelishi kerak. Selektor uchun real va string turlari man etilgan.
CASE operatori quyidagicha ishlaydi. Birinchi navbatda selektor- ifodaqiymati hisoblanadi, keyingi navbatda joriy selektor qiymatiga teng bo’lgan o’zgarmas qatnashgan operator bajariladi. Agar hyech qaysi o’zgarmas selektoming joriy qiymatiga teng bo’lmasa ELSE so’zidan keyingi operator bajariladi. Agar ELSE so’zi bo’lmasa END so’zidan keyingi operator ishga tushadi, ya’ni CASE chegarasidan keyingi operator.
Selektor butun sonli ( -32768.32767 diapazonida bo’lgan) bulev, liter yoki foydalanuvchi turiga bog’liq bo’lishi kerak.
O’zgarmas qiymatlar ro’yxati tasodifiy qiymat yoki diapazondan iborat, ular bir-biridan vergul yordamida ajratiladi. Diapazon chegaralari ikkita biri-biridan belgisi yordamida ajratilgan o’zgaramas sonlar yordamida yoziladi. O’zgarmaslar turi selektor turiga to’g’ri kelishi kerak.
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish(Algoritm va dastur) - CASE so’zidan keyingi ifodaning qiymti hisoblanadi.
Olingan qiymat, ikki nuqtadan oldingi o’zgarmaslar ro’yxatdagi o’zgarmaslar bilan ketma- ket solishtiriladi. Bundan keyin quyidagi harakatlardan biri bajariladi:
•Agar ifoda qiymati ro’yxatdagi o’zgarmaslarning biriga mos kelsa , u holda bu ro’yxatdagi mos kelgan ketma-ket komandalar bajariladi va operator bajarilishi tugaydi;
•Agar ifoda qiymati ro’yxatdagi o’zgarmaslar biriga mos kelmasa, u holda else so’zidan keying komandalar bajariladi va operator bajarilishdan to’xtaydi;
•Agar bu operatorda else bloki bo’lmasa u holda uning bajarilishi yakunlanadi.
Bajarilishi kerak bo’lgan operator yoki operatorlar ketma-ketligi operator selektorining qiymatiga ko’ra aniqlanadi. Operator selektori sifatida haqiqiy bo’lmagan, skalyar ko’rinishdagi har qanday ifoda yoki o’zgaruvchi ishlatilishi mum kin.
Operatoming ishlashida uning tarkibidagi har bir operator tanlash belgisi deb ataluvchi belgi bilan ta'minlanadi. Bu belgi operatoming bajarilishi uchun zarur bo’lgan selektoming maxsus qiymatini qabul qiladigan selektoming tavsifiga mos konstantadir. Operator bir necha mavjud qiymatlar bilan ishlashi uchun, unda tanlash belgilari ro’yxati keltirilishi kerak.
Tanlash operatoridagi belgili operatorlar oddiy belgiga ham ega bo’hshlari mumkin. Bu holda oldin tanlash belgilari, so’ngra oddiy belgilar yoziladi.
Shuni ham inobatga olish lozimki, tanlash operatoriga faqat CASE xizmatchi so’z orqali kirish mumkin, ya'ni tanlash operatoridan tashqaridagi o’tish operatori orqali bu operatorga murojaat qilish mumkin emas.
Tanlash operatorining bajarilishi uning tarkibidagi operatorlar ketma- ketligidagi bitta operatoming bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ularning biridan biriga GOTO operatori yordamida o’tish xato demakdir.
Shartli o’tish operatorining quyidagi IF В THEN A1 ELSE A2
ko’rinishi tanlash operatorining quyidagi ko’rinishiga ekvivalentdir:
CASE В OF TRUE: Al;
FALSE:A2;
END;
qisqa ko’rinishdagi shartli o’tish operatorining IF В THEN A koTinishi tanlash operatorining quyidagi korinishga ekvivalentdir:
CASE В OF TRUE: A;
FALSE
END;
Misol:
CASE T OF R:=l;
'+V-': R:=2 End;
Bu operatoming bajarilishi natijasida, agar T-belgili o’zga ruvchi"+" yoki " belgi qiymatlami qabul qilsa, R o’zgaruvchi 2 qiymatni, agar T o’zgaruvchi yoki 7" belgini qabul qilsa, R o’zgaruvchi 1 qiymatni qabul qiladi.

Download 225,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 225,51 Kb.