|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali
|
bet | 1/5 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 155,66 Kb. | | #261512 |
Bog'liq Abdubannopov A
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Sirtqi bo’lim
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
713-22 - guruh
Elektronika va sxemalar fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Hodisalar va ularning turlari. Hodisa algebrasi va sigma algebrasi.
Bajardi: Abdubannopov A.Z.
Qabul qildi: Bozorov B. I.
Farg`ona-2024
Hodisalar va ularning turlari. Hodisa algebrasi va sigma algebrasi
Reja :
Hodisalar va ularning turlari
Hodisa algebrasi
Sigma algebrasi
Xulosa
1.Hodisalar va ularning turlari.
1-ta’rif. Hodisa deb, ma’lum bir shartlar bajarilishi natijasida ro‘y bergan voqeaga aytiladi.
2-ta’rif. Hodisa bilan bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan barcha kompleks shartlarga sinash yoki tajriba deyiladi.
Masalan: 1) bir turdagi asboblarning sifatini tekshirish sinash hisoblanadi. Tekshirish natijasida kuzatilgan yaroqsiz yoki yaroqli asboblar hodisani tashkil qiladi; 2) lotoreyada yutuq chiqishini tekshirish-sinash, yutuq chiqishi yoki chiqmasligi esa, hodisa bo‘ladi; 3) tangani tashlash-sinash, yozuvli tomon yoki gerb tomoni tushishi hodisadir.
Hodisani sinash natijasi deb qaraymiz.
1-misol. Mergan to‘rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o‘q uzadi. O‘q uzilishi-bu sinash. Nishonning tayin sohasiga o‘q tegishi hodisa.
2-misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Yashikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Rangli shar chiqishi esa, hodisa.
Hodisalar 3 turga bo‘linadi: 1) muqarrar (ishonchli) hodisalar; 2) mumkin bo’lmagan (ishonchsiz) hodisalar; 3) tasodifiy hodisalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali
|