3
I. O„quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o„rni
«Oziq-ovqat injiniringda modellashtirish va avtomatlashtirish» fani
bakalavrlarga kimyoviy texnologik jarayonlarni modellashtirish, avtomatlashtirish
hamda texnologik jarayonlarni boshqarish asoslarini o‗rganishda
nazariy va
amaliy bilim beradi. Bunda bakalavr jarayonni modellashtirish, optimallashtirish
va boshqarish ilmining fundamental asoslarini, texnologik
parametrlarni hamda
uning ishlab chiqarishdagi ahamiyatini o‗rganish asnosida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishning zamonaviy imkoniyatlarini o‗rganadi.
Ushbu fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, yo‗nalishlar
o‗quv rejasiga ko‗ra 4-kursda о‗qitilishi rejalashtirilgan. Mazkur fanni о‗qish
davomida talabalar о‗zlarining algoritmlash, dasturlash va kompyuterda ishlash
tajribalari va hisoblash usullaridan foydalana bilishlari kerak. Bu talabalardan
«Fizika», «Oliy matematika», «Kimyo injineringida axborot texnologiyalari»,
«Umumiy kimyoviy texnologiyalari», «Asosiy
texnologik jarayonlari va
qurilmalari» va «Elektr injiniringi»fanlari bо‗yicha chuqur bilim talab qiladi.
II. O„quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‗qitishdan maqsad - kimyoviy texnologiya tizimlarining zamonaviy
tadqiqot usullari bо‗lgan matematik modellashtirish usullarini qо‗llab, kimyoviy
injiniring jarayonlarini tahlil qilish, optimallashtirish va sintez qilish masalalarini
yechish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo‗llaniladigan
texnik
vositalar avtomatik boshqarishning texnik vositalari, texnologik jarayonlarning
texnologik parametrlari, tizimlar va ularni avtomatlashtirish
muammolari haqida
tasavvur paydo qilish, kimyo-texnologiya jarayonlarini avtomatlashtirish
sistemalarini hamda boshqariladigan ob‘ektlar va ularning xususiyatlarini taxlil va
sintez qilish, avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni bilish va ulardan
foydalana olish barobarida zamonaviy boshqarish
tizimlarining tashkiliy,
matematik va dasturiy ta‘minoti bо‗yicha talabalarga bilim berish, olingan
bilimlarni kimyoviy injiniring tizimlarini hisoblash eksperimentini о‗tkazish yо‗li
bilan о‗rganishni va texnologik jarayonlarni optimallashtirish,
va boshqarish
masalalarini yechish uslublarini о‗rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - olingan bilimlarni o‗z sohasidagi matematik
modellashtirish uchun tizimli tahlil usullarini qo‗llashni, apparatlardagi oqimlar
strukturasini tajriba usullarida aniqlashni, texnologik
jarayonlarni matematik va
kompyuter modelini tuzishni, ushbu texnologik jarayon to‗g‗risida axborot olishni
hamda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqariladigan texnologik