5.8-rasm. Token—Ring tarmoq markerining o'lchami.
Taqsimlagichlarning bu sharofati uchun ularni paketning boshqa baytlariga hech qachon aralashtirib yuborilmaydi. Taqsimlagichlarning to'rtta biti qabul qilingan kodlashtirishda nol qiymatga ega bo'lsa, qolgan to'rtta bitlar qiymati Manchester II kodiga to'g'ri kelmaydi: ikki bit oralig'ida signalning bir qiymati saqlanib tursa, qolgan ikkita bit oralig'ida boshqa qiymat saqlanadi. Qabul qiluvchi qurilma sinxrosignalning bunday
yo'qolganini osongina bilib oladi. Boshqarish bayti to'rtta maydonga bo'lingan (5.9-rasm): uchta bit navbat o'rnatish biti, bitta bit monitor biti va uchta bit zaxira biti. Navbat biti abonentlar paketlariga yoki markerga navbat belgilash uchun kerak (navbat 0 dan 7 gacha bo'lib, 7 eng yuqori, ya'ni eng birinchi navbatni bildirsa, 0 esa eng quyi, ya'ni eng oxirgi navbatni bildiradi). Abonent markerga o'z paketini o'zining navbat nomeri bilan marker navbati to'g'ri yoki katta bo'lgan holda qo'sha oladi. Bit markeri — bu markerga paket qo'shilganmi yoki yo'qmi ko'rsatib beradi (1 — marker paketsiz ekanligini bildirsa, 0 — marker paketli ekanligini ko'rsatadi). Monitor biti — birga o'rnatilgan bo'lsa, bu marker aktiv monitor tomonidan uzatil- ganligidan xabar beradi. Zaxiralash biti abonentga tarmoqqa kelajakda ega bo'lish huquqini band qilish uchun ishlatishga imkon beradi, ya'ni xizmat ko'rsatish navbatiga turish uchun kerakdir.Token—Ring paket formati 5.10-rasmda keltirilgan. Boshlang'ich va oxirgi taqsimlagichlardan va shuningdek, ega bo'lishni boshqarish baytidan tashqari, paket tarkibiga paketni boshqarish bayti, uzatish va qabul qilish qurilmalarining tarmoq manzili, axborotlar, nazorat bitlar yig'indisi va paket holatini ko'rsatuvchi baytlar kiradi.Paket maydonlarining vazifasi quyidagilardan iboratdir.
Boshlang'ich taqsimlovchi (SD) — bu paketning boshlanish belgisi;
ega bo'lishni boshqarish bayti (AC) — bu markerda qanday maqsadda foydalanilsa, bu yerda ham xuddi shu;
paketni boshqarish bayti (FC — Frame Control) paket (kadr) turini aniqlaydi;
paketni jo'natuvchi va qabul qiluvchi olti baytli manzilining standart formatli 3.2-bobda ko'rib chiqilgan;
axborotlar maydoni uzatiladigan axborotni yoki axborot almashinuvini boshqarish buyruqlarini o'z tarkibiga oladi;
nazorat bitlar maydoni 32 razryadli paketning davriy nazorat bitlar yig'indisi (CRC);
oxirgi taqsimlovchi paketning tamom bo'lganligini bildiradi. Bundan tashqari, u uzatilayotgan paket oraliq paketi yoki uzatilayotgan paketlarning oxirgisi ekanligini aniqlaydi va shu- ningdek, paketning xatoligi haqidagi belgi ham mavjud (buning uchun maxsus bit ajratilgan);
paket holatini bildiruvchi baytning vazifasi: qabul qiluvchi qurilma tomonidan paket qabul qilinganligi va xotirasiga yozilganligi haqidagi ma'lumot bo'ladi. Uning yordamida paket jo'natuvchi paketi manzilga bexato yetib borganligi haqida ma'lumot oladi yoki xato qabul qilingan bo'lsa, qaytadan uzatish xabarini oladi.
Qayd qilib o'tish lozimki,uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning kattaligi Ethernet tarmog'iga nisbatan tarmoq ish unumdorligini oshirish uchun hal qiluvchi omil bo'lib qolishi mumkin. Nazariy jihatdan
16 MbitG’s uzatish tezligi uchun, axborot maydonining uzunligi 18 Kbayt.ga yetishi mumkin, katta hajmdagi axborotlarni uzatishda bu ko'rsatkich muhim. Lekin hatto 4 MbitG’s tezlikda ham Token—Ring qo'llanilgan tarmoqqa ega bo'lishning marker usuli sharofati bilan haqiqatda tezkor Ethernet (10 MbitG’s) tarmog'iga qaraganda katta tezlikka erishadi, ayniqsa, katta yuklamalarda (30—40 % yuqori) CSMAG’CD usulining kam- chiliklari, ya'ni konflikt holatlarni hal qilishga ko'p vaqt sarflanishi pand berib qo'yadi.
Token—Ring tarmog'ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish paketi ham jo'natilishi mumkin, u uzatishlarni uzush uchun xizmat qiladi. U xohlagan vaqtda va axborot oqimining xohlangan joyida uzatilishi mumkin. Bu paket hammasi bo'lib, ikkita bir baytli maydonni tashkil qiladi.
|