Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O’quv mashg’ulot shakli va turi
|
|
O’quv mashg’ulot rejasi:
|
Tarmoq turlari haqida tushuncha
Mahalliy va mintaqaviy tarmoq
Global tarmoq
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global
to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakillantirish(mustahkamlash.).
|
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o’zlashtirishnatijasida o’quvchida
shakllanadigan asosiy bilim ,ko’nikma yoki kompetensiyalar.
|
Pedagogik vazifalar.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global bilan tanishtirish.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global tasnifini berish.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global tushuntirish.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global ochib berish va boshqa.
|
O’quv faoliyat natijalari.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global ko’rsatadilar.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global tasniflaydilar.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global aytib beradilar.
Kompyuter tarmoqlari turlari: mahalliy, mintaqaviy va global tartibli ravishda izohlab beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Axborotli - kichik ma’ruza, namoish, «aqliy hujum», munozara
|
O’qitish vositalari
|
O’UM, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, kompyuter, klaster , T-sxema.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qautar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I-O’quv mashg’ulotiga kirish.
(5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
1.1. O’quv fan nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
|
II-bosqich. Asosiy (65 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarini faollashtirish
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beriladi , ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi.
Mashg’ulotning nomi,rejasi,maqsadi va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Tezkor –so’rov ,savol- javob ,aqliy hujum, pinbord,”o’ylang va juftlikda fikr almashing “,va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.
Asosiy xolatlarni yozdiradi;
Slaydlarni PowerPoint tartibda namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy, nazariy holatlarni bayon qiladi
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom ettirishni ma’lum qiladi.
Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruh bilan ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholaahlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha
xulosalar qiladi;
|
Uyga vazifani taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo’linadilar. Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar. Har bir guruh o’z topshiriq varaqasi bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III-bosqich.
Yakuniy bosqich. (10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: MAHALLIY, MINTAQAVIY VA GLOBAL
Reja:
Tarmoq turlari haqida tushuncha
Mahalliy va mintaqaviy tarmoq
Global tarmoq
Kompyuter tarmoqi (hisoblash tarmoqi) – bu hisoblash mashinalari (kompyuterlar, serverlar, mashrutizatorlar va boshqa) o’rtasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi tizim.Ma’lumotlar almashish uchun esa turli vositalardan foydalaniladi.
Klassifikatsyasi (tasnifi) Hududiy yoyilganligiga ko’ra:
BAN (Body Area Network) – kompyuter qurilmasiga quralgan yoki taqiluvchi tarmoq.
PAN (Personal Area Network) – bitta kishiga tegishli, turli qurilmalar birgalikda hamjihat ishlashi uchun mo’ljallangan shaxsiy tarmoq.
LAN (Local Area Network) – mahalliy tarmoq, odatda uncha katta bo’lmagan hududni yoki guruhni (uy, ofis, bino, universitet) qamrab oluvchi tarmoq. “LAN” atamasini uy, kichkina ofis tarmoqi, hududi bir necha yuz gektardan iborat bo’lgan katta zavod darajasida tashkil qilingan tarmoqlarga ishlatish mumkin. Bazi manbalarning horij manbalari takidlashicha -mahaliy tarmoq, 10km radiusni ham qamrashi mumkin. Mahalliy tarmoq yopiq turdagi tarmoq bo’lib, tarmoqdan foydalanish huqudi faqat ma’lum foydalanuvchilarga berilgan, ya’ni ish faoliyati bevosita tarmoq bilan bog’liq.
CAN (Campus Area Network) – kampuslar tarmoqi (binolar a’ro), bir biriga yaqin bo’lgan binolarni birtta mahalliy tarmoqqa yig’adi.
MAN (Metropolitan Area Network) – mintaqaviy tarmoq, shahar a’ro yoki shaharlar a’ro, mahalliy tarmoqqa ulangan hisoblash qurilmalarini, tuzulmalarni bir biriga bog’lovchi katta tarmoq.
WAN (Wide Area Network) – katta hududlarni qamrab olgan global tarmoq. U lokal tarmoq va boshqa telekommunikatsion tarmoqlarni va qurilmalarni o’z ichiga olgan.
Arxitekturasi bo’yicha
Klient-server
Bir darajali tarmoq (markazlashmagan yoki pir tarmoq) Tarmoq topologiyasi bo’yicha
Shina
Halqasimon
Yulduzsimon
Va h.k.z
Malumot almashish vositasi bo’yicha
Simli (telefon simlari, koaksial kabellar, o’rama juft kabellar, shishatolali-optik kabellar)
Simsiz (ma’lumotlarni turli radiosignal chastata diapazonlar orqali yuborish)
Funksional vazifasiga ko’ra
Ma’lumotlar saqlash tarmoqi
Protsesslarni boshqaruvchi tarmoq
Server ferma
Uy tarmoqi yoki SOHA (small office/home office) tarmoqi Ma’lumot yuborish tezligiga ko’ra
Past tezlik (10 Mbit/s gacha)
O’rta tezlik (100 Mbit/s gacha)
Yuqori tezlik (100 Mbit/s dan yuqori) Tarmoq Operatsion tizimi bo’yicha
Windows asosida
UNIX asosida
NetWare asosida
Cisco asosida
Linux asosida Mahalliy tarmoq
Mahalliy tarmoq – uncha katta bo’lmagan hududagi yoki bir necha binodagi (uy, ofis, firma, ta’lim dargohi) kompyuterlar o’zaro ma’lumot almashish uchun birlashgan tarmoqi.
Tarmoqlari tasniflashni ko’plab yo’llari mavjud. Tasniflashda eng asosiy mezon qilib, tarmoqni tanday qilib administratorlash olingan. Yani tarmoqning qanday tashkil qilinganiga va qanday boshqarilishiga qarab, mahalliy, taqsimlangan, shahar yoki global tarmoq ajratish mumkin. Tarmoqni yoki uning biror qismini tarmoq administratorlari boshqaradi.
Mobodo bu murakkab tarmoqlarbo’lsa, administratorlarning huquqi va majburiyatlari qat’iy belgilab qo’yilgan bo’ladi va administratorlar guruhi barcha hatti harakatlariga hujjat yuritiladi va yozib boriladi.
Kompyuterlar bir-biri bilan turli vositalar yordamida bog’lanishi mumkin: mis o’tkazuvchili (o’rama juft kabel), optik o’tkazuvchili (optik kabel) va
radiokanal (simsiz texnologiyalar). O’rama juft va optik kabellarda aloqa, Ethernet va shu kabi vositalar yordamida o’rnatiladi. Alohida lokal hisoblash tarmoqi shlyuz orqali boshqa lokal hisoblash tarmoqi bilan bog’langan bo’lishi mumkin, bundan tashqari global hisoblash tarmoqining bir qismi bo’lishi mumkin (misol uchun, Internet) yoki unga ulanish imkoni.
Ko’proq lokal tarmoqlar Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan. Takidlash joizki, avval Frame Relay, Token ring protokollari ham qo’llanilgan, lekin bugungi kunga kelib ularni kam uchratish mumkin va eskirgan hisoblanadi. Ularni faqat ixtisoslashgan logaratoriya, talim va harbiy muassasalarda ko’rish mumkin.
Oddiy lokal tarmoqni tashkil qilish uchun mashrutizatorlar, kommutatorlar, simsiz ulanish nuqtasi, simsiz mashrutizatorlar, modem va tarmoq adapterlaridan foydalanish mumkin.
Mintaqaviy tarmoq
Mintaqaviy tarmoq – bu shahar va shaharlar aro hisoblash mashinalarini va uzellarini yig’gan tarmoq bo’lib, hajmi bo’yicha global tarmoqdan kichik, mahalliy tarmoqdan katta.
Mintaqaviy tarmoqga yorqin misol kabelli televidenya. U bazi sabablarga ko’ra, oddiy antennali efir sifati past bo’lgan hududlarda qo’llanilgan. Bunday hududlarda umumiy antenna biror balandroq tepalikka o’rnatilgan va signal abanent uyiga kabel orqali borgan. Bundan kelib chiqadiki, mintaqaviy tarmoq provayderning tayanch nuqtalaridan bir.
Global tarmoq
Global tarmoq –katta hudud va ko’p hisobdagi uzellarni (“tugun”) lokal tarmoq va boshqa telekommunikatsion tarmoqlarni va qurilmalarni o’z ichiga olgan tarmoq.
Global hisoblash tarmoqi, but bo’lmagan tarmoqlarni shunday jamlaydiki, foydalanuvchilar va kompyuterlar, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, global tarmoq ishtirokchilari bir-biri bilan o’zaro tasirni yo’qotmaydi.
Global tarmoq bir uchi mashrutizator bilan lokal tarmoqqa, ikkinchi uchi esa kommutator orqli global tarmoqning boshqa qismlariga ulangan. Global tarmoqni tashkil etishda asosan TCP/IP, SONET/SDH, MPLS, ATM va Frame relay protakollari ishlatiladi.
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova
“ ” 2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI № 10
Guruhlar
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
Mavzu(nomi): Faol va passiv uskunalar. Yakuniy va oraliq tizimlari O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
|