IBM Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish muhiti sifatida avvaliga o'ralgan juftlikdan foydalanilgan, lekin keyinchalik koaksial kabelga mo'ljallangan qurilmalar va shuningdek, FDDI standartidagi shisha tolali kabellar ham qo'llanildi. O'ralgan juftlik kabellarning ekranlanmagani (UTP) va shuningdek, ekranlangani (STP) qo'llaniladi.
Token—Ring tarmog'ining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
IBM 8228 MAU tipidagi konsentratorlar soni —12 ta;
tarmoqda abonentlarning maksimal soni — 96 ta;
abonent va konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi
konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi — 45 metr;
hamma konsentratorlarni ulovchi kabelning maksimal uzunligi — 120
metr;
axborot uzatish tezligi — 4 MbitG’s va 16 MbitG’s.
Hamma ko'rsatkichlar ekranlashtirilmagan o'ralgan juftlik ishlatilgan
holat uchun keltirilgan. Agarda, axborot uzatish muhiti o'zgarsa, tarmoq ko'rsatkichlari ham o'zgarishi mumkin. Masalan, ekranlangan o'ralgan juftlik ishlatilgan taqdirda, abonentlar soni 260 tagacha yetishi mumkin (96 ta o'rniga), kabelning uzunligi 100 metrgacha uzayadi (45 metr o'rniga), konsentratorlar soni 33 taga ko'payadi, konsentratorlarni ulovchi kabelning to'liq uzunligi 200 metrgacha yetadi. Shisha tolali kabeldan foydalanganda konsentratorlarni ulovchi kabel uzunligini 1 kilometrgacha oshirish mumkin bo'ladi.
Ko'rib turibmizki, Token—Ring tarmog'i Ethernet tarmog'iga qaraganda, tarmoqning ruxsat etilgan uzunligi va shuningdek, tarmoqqa ulanadigan abonentlar soni bo'yicha ham bellasha olmaydi. IBM firmasi o'z tarmog'ini Ethernet tarmog'iga munosib raqobatchi sifatida qaraydi.
Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish uchun Manchester II kodining varianti qo'llaniladi. Xuddi har qanday yulduzsimon topologiyalari kabi bu tarmoqda ham hech qanday qo'shimcha elektr manbayi bo'yicha moslash va tashqi yerga ulash tadbirlari kerak emas, albatta.
Kabelni tarmoq adapteriga ulash uchun DIN turidagi tashqi 9-kontaktli razyomdan foydalaniladi. Ethernet adapteri kabi, Token—Ring adapterida ham o'z platasida manzillarni sozlash va sistema shinasini uzish uchun moslamalari bor. Ethernet tarmog'ini adapterlar va kabel bilan qurish mumkin bo'lsa, Token —Ring tarmog'ini qurish uchun konsentratorlar xarid qilib olish kerak.
Bu esa, Token- Ring tarmoq qurilmalari narxini oshiradi.
Bir vaqtning o'zida Ethernet tarmog'iga qaraganda Token—Ring tarmog'i katta yuklamalarni yaxshi ko'tara oladi (30—40 % ko'p) va kafolatlangan tarmoqqa ega bo'lish vaqtini ta'minlaydi. Bu xususiyat, masalan, ishlab chiqarishga mo'ljallangan tarmoqlar uchun eng zarur hisoblanadi,
chunki tashqi hodisalarga e'tibor bermaslik jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi mumkin.
Token—Ring tarmog'ida tarmoqqa ega bo'lishning markerli usuli qo'llaniladi, ya'ni halqa bo'ylab har doim marker harakatda bo'ladi va abonentlarning xohlagani o'z paketlarini unga qo'shib uzatishlari mumkin. Shundan tarmoqning eng katta afzalligi kelib chiqadi, ya'ni konflikt holat bo'lmaydi. Lekin bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, markerning butunligini nazorat qilib turish lozimligi va tarmoqni ishlashining har bir abonentga bog'liq ekanligi (abonent kompyuteri buzilgan holda uning halqadan uzilishi shartligi).
Markerning butunligini nazorat qilish uchun abonentlardan birortasi ajratiladi (u aktiv monitor, deb nomlanadi). Uning qurilmalari boshqa qurilmalardan hech qanday farq qilmaydi, lekin uning dasturiy vositalari tarmoqdagi vaqt nisbatini nazorat qilib turadi va lozim bo'lganda yangi marker hosil qiladi. Aktiv monitorning tarmoq o'tkazish davrida kompyuterlardan birini tanlanadi. Agarda, aktiv monitor biror sabab tufayli ishdan chiqsa, maxsus mexanizm ishga tushib, boshqa abonentlar (zaxiradagi monitor) yangi aktiv monitor tayinlashga qaror qiladilar.
Marker — bu boshqarish paketi bo'lib, uchta baytdan iboratdir (5.8- rasm): boshlang'ich taqsimlovchi bayt (SD —Start Delimiter — bayt nachalnogo razdelitelya), ega bo'lishni boshqarish bayti (AC — Access Control
upravlenie dostupom) va oxirgi taqsim- lagich bayti (ED — End Delimiter
konechno’y razdelitel). Boshlang'ich taqsimlagich va oxirgi taqsimlagich, nafaqat nol va birlar ketma-ketligi,shuningdek maxsus ko'rinishdagi impulslarni o'z tarkibiga oladi.
Boshlang'ich
taqsimlagich (1 bayt)
|
Ega bo'lishni boshqarish
(1 bayt)
|
Oxirgi taqsimlagich
(1 bayt)
|
|