VII. MUROJAATLAR KO‘RIB CHIQILISHINI NAZORAT QILISH.
MUROJAATLARNI UMUMLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH
59. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ma‘sul xodim, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta‘minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘linmalar tomonidan buzilishi to‘g‘risida vazirni darhol xabardor qiladi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim monitoring natijalari bo‘yicha har oyda vazirga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan vazirlik xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
60. Vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida
har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta‘minlaydi.
Tahlil natijalari bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ma‘sul xodim yoki tarkibiy bo‘linma vazirga, vazirlikda murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini ta‘minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
|