• Bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik.
  • Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiya fakulteti




    Download 70.24 Kb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi70.24 Kb.
    #179468
    Bog'liq
    kons
    Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi. Мaкsumova O.S, Turobjonov S.M, Sorovnoma-blank-2, Ingliz tili musaqil Travelling (2), 13. Qoldiqli bo\'lish, DTM 17-V PROGRESS (1), Логистика-мавзу-5-маъруза-1, Backend-roadmap(PHP), Mahorat fanidan test savollari-fayllar.org, 2, krasword amonov, pedagogika va psixologiya kafedrasi, Mavzu Firma va tarmoqning uzoq muddatli oralig`idagi muvozanati-fayllar.org (7), DIQQATning funksiyalari turlari asosiy XUSUSIYATLARI, Tolibova Sevinch kurs ishi, surxandaro-neftgazli-regionidagi-yuqori-qovushqoql 240114 141706

    Buxoro Davlat Universiteti
    Axborot texnologiya fakulteti
    1-1ATT guruh talabasi
    Ramazonov Shaxbozning
    tayyorlagan
    Mustaqil ishi

    O`quvchi:Ramazonov Shaxboz


    O`qtuvchi:Rajabov Sh

    Mavzu: Konstitutsiyada bolaning huquqiy erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta`minlanishi va himoya qilinishi.


    Reja:
    1. Bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik.

    2. Oila, bolalar va yoshlar

    3. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari




    1. Yangi Oʻzbekistondagi huquqiy islohotlardan yana biri O‘zbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi O'RQ-139-sonli "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuni hamda 2016-yilda aynan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun imzolanishi bilan boshlandi.
    Xususan, yuqoridagi qonunning 4-moddasida Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilganligi, har bir bola davlat himoyasida ekanligi, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo'yilmasligi, bolalar huquqlari hamda imkoniyatlarining tengligi va har bir bolaning tashabbuslari davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi belgilangan.
    Shuningdek, 2023-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi farmoni qabul qilindi, Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi. Maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.
    Xususan, bosh qomusimizda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlashi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi hamda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, shuningdek, har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, belgilab qoʻyilgan.
    Konvensiya talablari hamda Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yana-da mustahkamlandi. Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”, “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (OMBUDSMAN) toʻgʻrisida”, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari taʼminlanishi bilan bogʻliq munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan.
    989-yilning 20-noyabr sanasi BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi. Ushbu Konvensiya inson huquqlari tarixidagi eng muhim hujjatlardan biridir. Konvensiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.
    Konvensiyada ilk bor bola tushunchasi huquq subyekti sifatida tan olingan.
    Bu huquq subyektiga bolalardan tashqari, voyaga yetmaganlar ham kiradi.

    2. XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar


    76-modda.
    Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
    Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
    Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
    77-modda
    Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
    Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi.
    78-modda
    Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
    Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
    Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
    Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
    79-modda
    Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
    Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
    80-modda.
    Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
    3. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:

    • bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

    • bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

    • bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

    • bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;

    • bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

    • bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash

    Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022-y.) bilan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
    Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.
    Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo‘lganlar hokimlikka ariza beradi.
    Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
    tibbiyot muassasasining vrachlik-maslahat komissiyasining nomzodlar sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi;
    nomzodlarning tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi.
    Arizani topshirish vaqtida nomzodlarning o‘zi va farzandlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining asli ko‘rsatiladi.
    O‘zbekiston Respublikasining nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari tutingan ota-onalar bo‘lishi mumkin.
    Quyidagi shaxslar bundan mustasno:
    a) oilaviy bolalar uyiga qabul qilinayotgan etim bo‘lmagan bolalar bilan yaqin (bobo, buvi, tug‘ishgan yoki o‘gay aka, opa) qarindoshligi bo‘lganlar;
    b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
    v) ota-onalik huquqlaridan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
    g) o‘zlariga yuklangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik uchun vasiylik (homiylik) majburiyatidan chetlashtirilganlar yoki shu sabab bilan oilaga tarbiya (patronat)ga berish bo‘yicha shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan shaxslar;
    d) agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, sobiq farzandlikka olganlar;
    e) quyidagi kasalliklardan biri mavjud bo‘lgan shaxslar:
    I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);
    barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;
    narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);
    aqli zaiflikning barcha turlari;
    tanosil kasalliklarining maishiy yo‘l bilan yuquvchi turlari (zaxm, so‘zak);
    mehnatga yaroqlilikni inkor etuvchi I va II guruh nogironligiga olib keluvchi barcha kasalliklar va jarohatlar;
    j) «Temir daftar», «Ayollar daftari»ga kiritilgan, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan oilalarning a’zolari;
    z) hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar va boshqalar;
    i) turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki turar joydan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar.
    Oilaviy tarbiyalash uchun tug‘ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.
    10 yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.
    Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi.
    Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi.
    Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari, 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari miqdorida pul ajratiladi.
    Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ota-onasining g‘amxo‘rligidan foydalanish va ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega (bola manfaatiga zid bo‘lmagan hollarda).
    Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
    Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
    Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega.
    Ota-ona nikohdan ajralganda yoki ota-ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. 
    Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
    B
    Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
    Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
    Voyaga etmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa (emansipatsiya), u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
    Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
    Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda ularning himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to‘lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
    Bolaga ism ota-onaning kelishuviga asosida, ota ismi otasining ismiga ko‘ra beriladi.
    Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.
    Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
    16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
    Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga etgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.
    Bola 16 yoshga to‘lguncha ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, 16 yoshga to‘lgach o‘z arizasiga binoan ismini, unga berilgan familiyani FHDYo organi orqali o‘zgartirishga haqli.
    Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
    Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va unga nisbatan otalik belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.
    10 yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
    Download 70.24 Kb.




    Download 70.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiya fakulteti

    Download 70.24 Kb.