|
Ibrohimova Zamira Ismat qizi
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #240877 |
Bog'liq 18-MAY METALLAR KORROZIYASIDA YASHIL INGIBITORLARNING SAMARADORLIGI Ilmiy rahbar: Qurbanova L.M. Toshkent 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
Mavzuning dolzarbligi: Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda kimyo va neft-gaz sanoatlari, qurilish sohalari metall korroziyasi sababli iqtisodiy jihatdan juda katta zarar ko‘radi, shuning uchun yuqori samarali korroziya ingibitorlarini yaratish va ulardan amalda foydalanish yanada muhimroqdir. Hozirgi vaqtda dunyoda kimyoviy, elektrokimyoviy, mikrobiologik korroziya va sho‘rlanishning yangi ko‘p funksiyali ingibitorlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shu munosabat bilan azot, oltingugurt va fosfor birikmalari, krotonaldegidlar, ammiak, fosfat kislotalar va fosfororganik birikmalar ularning tarkibi va metall ionlari bir qator ko‘p funktsiyali ingibitorlarni olish uchun ishlatilishi mumkin. Korroziya ingibitorlari organik va noorganik moddalar bo‘lib, ularning oz miqdorda mavjudligi metallning erish tezligini keskin kamaytiradi va uning mumkin bo‘lgan zararli ta’sirini oldini oladi. Tadqiqot maqsadi. Tadqiqot maqsadi. Sanoatda keng tarqalgan korroziyaga qarshi kurashning usullaridan biri korroziya ingibitorlaridan foydalanish hisoblanadi. Natriy-karboksimetilsellulozaning ingibitorlik xossasi eng yuqori bo‘lgan birikmalardan biri ekanligi va boshqa birikmalardan ajralib turishi aniqlangan.
Tadqiqot vazifalari. Maqsadga erishish uchun quyidagi tadqiqot vazifalari belgilandi:
metallar korroziyasida tarkibida natriy-karboksimetilselluloza, organik aminlar va fosfor tutgan birikmalar asosidagi ingibitorlarni sintez qilish;
kvant-kimyoviy, rentgen fazaviy analiz, IQ spektroskopik usullardan foydalanib birikmalarni struktura tuzilishini o‘rganish;
metallar korroziyasida elektrokimyoviy, gravimetrik usullarda Na-KMS va fosfor asosidagi birikmalarni qo‘llashda samaradorli qatlam xosil qiluvchi ingibitorlarni yaratish hamda ularni adsorbsiya xossalarini aniqlash;
metallar korroziyasida natriy-karboksimetilselluloza va fosfor tutgan birikmalarni ingibirlash mexanizmlarini aniqlash.
Tadqiqotda qo‘llanilgan usullar
|
| |