• 22- rasm . Gipofizning a’zolarga ta’siri.
  • Ichki sekretsiya ( endokrin bezlar ) fiziologiyasi




    Download 454.46 Kb.
    bet2/5
    Sana21.02.2024
    Hajmi454.46 Kb.
    #159816
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ichki-sekretsiya-bezlari-.-mavzu-materiali
    Jaloliddin Manguberdi, 5-Mavzu. Uch fazali tok zanjirlari Reja
    21 – rasm. Gipofiz.
    Adrenokortikotrop gormon yoki kortikotropin. Kortikotropin buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining tutamli va turli sohasini o‘stirib va shu bezlardan chiqadigan gormonlar sintezini kuchaytiradi. Organizmda stress holati vujudga kelganda, gipofizdan AKTG chiqishi kuchayadi. Bunday ta’sirotlar refleks yo‘li bilan, shuningdek buyrak usti bezlari mag‘iz qavatidan adrenalin chiqishini kuchaytiradi, natijada gipotalamus yadrolariga ta’sir etadi va ularda biologik faol moddalar hosil bo‘lishi ko‘payadi. Bu moddalar esa gipofizdan AKTG sekretsiyasini kuchaytiradi. AKTG buyrak usti beziga ta’sir etib, glyukokortikoidlar hosil bo‘lishini ko‘paytiradi va ular esa organizmning noqulay omillar ta’siriga chidamini oshiradi
    Tireotrop gormon yoki tireotropin. Tireotropin ta’sirida qalqonsimon bezda tiroksin va triyodtironin gormonlarining sekretsiyasi kuchayadi. Tireotropin proteaza faolligini oshirib, qalqonsimon bezda tireoglobulin parchalanishini kuchaytiradi, natijada qonga tiroksin va triyodtironin ko‘plab chiqadi.
    Gonadotrop gormonlar yoki gonadotropinlar. Adenogipofizda ikki xil gonadotrop gormonlar ishlab chiqariladi. Bular follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gormonlardir. Ayollar tuxumdonida follikulning rivojlanishini va yetilishini, erkak organizmida esa spermatogenezni va prostata bezining rivojlanishini tezlashtiradi. Gonadotrop gormoni sintezining oshishi jnsiy yetilishning tezlashishiga sabab bo’ladi.
    Somatotrop gormon yoki o‘sish gormoni. O‘sish gormoni organizmda o‘sish va jismoniy rivojlanish jarayonlariga ta’sir etadi. Bu gormonning nishon-a’zolari bo‘lib suyak hisoblanadi, bundan tashqari biriktiruvchi to‘qimalarga boy: muskullar, paylar va ichki a’zolarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, bu gormon suyak to‘qimasining mineralizatsiyasini kuchaytiradi, natijada organizmda kaltsiy va fosfor ko‘proq ushlanib qoladi. O‘sish gormoni yoshlikdan yetarli ishlab chiqarilmaganda, bolalarning o‘sishi keskin ravishda to‘xtaydi, odam umirbod pakana bo‘lib qoladi (gipofizar pakanalik). Go‘daklik davrida o‘sish gormoni xaddan tashqari ko‘p ishlansa, gigantizm avj oladi, bunda odamning bo‘yi 240-250 sm ga, vazni 150 kg ga etadi. Voyaga etgan odamda o‘sish gormoni ortiqcha ishlansa, bo‘y umuman o‘smaydi, chunki o‘sib bo‘lgan ammo gavdaning o‘sish qobiliyatini saqlab qolgan a’zolari: qo‘l-oyoq barmoqlari va panjalari, burun va pastki jag‘, til, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolar o‘sadi. Bu kasallik akromegaliya deb ataladi.
    Prolaktin. Sut bezlarida proliferativ jarayonlarni va o‘sishini tezlashtiradi.
    -Sutni hosil bo‘lishi va ajralishini kuchaytiradi.
    - Buyraklarda natriy va suvni reabsorbsiyasini kuchaytiradi, bu xol sut hosil bo‘lishda muxim axamiyat kasb etadi.
    - Sariq tana hosil bo‘lishini va undan progesteronning ajralishini kuchaytiradi.
    Gipofizning orqa bo‘lagi. Antidiuretik gormon (ADG) ta’siri organzmda ikki xil effektni yuzaga chiqaradi.
    1. Bu gormon ta’sirida buyrakning distal kanalchalarida suvni qayta so‘rilishi ortadi, buning natijasida harakatlanayotgan qonning hajmi ortadi va shu bilan bog‘liq holda arterial bosim ham ortadi.
    2. ADG «vazopressin» ADG katta dozalarda arteriolalarning torayishini, bu o‘z navbatida arterial bosimni ko‘tarilishiga olib keladi. ADG uzoq muddat yetarlicha sekretsiyalanmasa, qandsiz diabet kasalligiga olib keladi. Uning asosiy belgilari kuchli chanqash (polidipsiya) va siyish orqali ko‘p suyuqlik yo‘qotish (poliuri) bemor sutkasiga 10-20 litrgacha siyishi kuzatiladi.
    Oksitotsin. Oksitotsin bachadon silliq muskulini qisqartiradi. Oksitotsin normal tug’ruq kechishini ta’minlaydi. Oksitotsin laktatsiya jarayonining idora etilishida ham ishtirok etadi.
    Gipofizning oraliq bo‘lagi. intermedin yoki melanin stimullovchi gormon orqa bo‘lak gormonlari bilan birga chiqadi. Melanin odamda teri pigmentatsiyasini boshqaradi.
    22- rasm . Gipofizning a’zolarga ta’siri.

    Download 454.46 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 454.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki sekretsiya ( endokrin bezlar ) fiziologiyasi

    Download 454.46 Kb.