|
Ichki sekretsiya ( endokrin bezlar ) fiziologiyasi
|
bet | 5/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 454,46 Kb. | | #159816 |
Bog'liq Ichki-sekretsiya-bezlari-.-mavzu-materialiOshqozon osti bezi. Oshqozon osti bezi endokrin faolligini Langergans orolchalari ta’minlaydi. β hujayralar oshqozon osti bezi Langergans orolchasining 60 % ini tashkil qiladi. Ular insulin ishlab chiqaradi, u hamma turdagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, lekin hammadan ham qon plazmasidagi glyukoza miqdorini pasaytiradi. Insulin (polipeptid) kimyoviy yo‘l bilan sintez qilingan. Insulin ta’sirida hujayra membranasining glyukoza va aminokislotalarga nisbatan o‘tkazuvchanligi keskin ortadi (20 marotaba), bu esa oqsillar biosintezi va bioenergetik jarayonlarining kuchayishiga olib keladi.
Insulin sekretsiyasi yetarlicha bo‘lmaganda qandli diabetga olib keladi. Bunda qon plazmasida keskin glyukoza miqdori ortib ketadi, Qonda insulin miqdorining keskin ortib ketishi, darhol gipoglikemiya chaqiradi, bu holat insonni xushidan ketishiga olib kelishi mumkin (gipoglikemik koma).
25-rasm.Oshqozon osti bezi.
Jinsiy bezlar. Erkak jinsiy gormonlari – androgenlar - testosterondir. Bu gormonning qonga o‘tishi erkaklarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni adekvat rivojlanishini ta’minlaydi. Ayollar jinsiy gormonlari bezlaridan (tuxumdon) estrogenlar va progesteron ishlab chiqariladi. Estrogenlar ta’sirida birlamchi va ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining yuzaga chiqishi tezlashadi.
Yo‘ldosh gormonlari. Xomiladorlikning ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarilishida yo‘ldosh ham ishtirok etadi. Yo‘ldoshdan estrogen, progesteron va xorion gonadotropini chiqadi.
Epifiz. Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam epifizining diametri 3-4 mm. Bu bezdan melatonin gormoni sintezlanadi. Melatonin pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni. xujayralar bo‘linishini va rivojlanishini boshqarilishida ishtirok etadi. Melotanin hujayralar bo‘linishini sekinlashtirib, o‘smaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrisimon bez (timus). Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a’zosi bo‘lib hisoblanadi. Timozin, timin, tomotoksin va boshqa moddalarr sintezlanadi. Bu moddalar immunitetning turli omillariga, limfopoezga, nerv-muskul o‘tkazilishiga ta’sir qiladi. Ammo ular chin gormon hisoblanmaydi. Mavjud ma’lumotlar ayrisimon bezning immun tizimi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini idora etib turadi.
|
| |