|
Annotatsiyasi
|
Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 17,33 Kb. | | #142530 |
Bog'liq ANNOTATSIYASI
ANNOTATSIYASI
Tayanch so’zlar: Biotexnologiya, ayrim istiqbolli, o’simlik vitaminlari va gormonlari, biogumus, gibberellin, auksin, in-vivo, in-vitro
Tadqiqot obyektlari: ayrim istiqbolli o’simliklar: mushmulla, papaya,guava,kivi,pavloniya
Ishning maqsadi: Texnologiya(biotexnologiya) da aholining bilim olishi,tabiatga nisbatan qiziqish uyg’otish,o’simliklar tabiatimizning boyligi,uni sarab – avaylash va himoya qilish har birimizning burchimiz ekanligini odamlar ongiga singdirish . tabiiy va sifatli oziq ovqat maxsulotlari istemol qilish, ularni inson salomatligiga qay darajada foydali ekanligini tushuntirish. Biotexnologik usullarda tez, sifatli, to’yimli ozuqa maxsulotlarini yetishtirish orqali aholi ongiga singdirish. Shu o’rinda O’zbekistonning jahon miqqiyosida yetakchi o’rinlarga chiqishiga jahon miqqiyosidagi oziq ovqatga bo’lgan ta’labni qondirishga, xissa qo’shishdan iborat.
Axoli salomatligini yaxshilash, oziq ovqatga bo’lgan talabini qondirish maqsadida, Dorivorlik xususiyatiga ega bo’lgan ayrim istiqbolli introdutsent o’simliklarni biotexnologik usulda ko’paytirish usullarini ishlab chiqish,
Tadqiqot metodlari: kuzatish, dala, taqqoslash, “granit”, “bedemen”, “shalit”, tajriba, in-vitro
Olingan natijalar va uning yangiligi: ilmiy yangiligi sifatida shuni keltirish muminki, biotexnologiya fani biologiya fanlaring eng zamonaviy tarmoqlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda, hali ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilmaganligini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Lekin so’ngi yillarda Prezidentimizning aynan biotexnologiya faniga alohida e’tibor berayotganligi ushbu fanning juda kata yutuqlaridan biri hisoblanadi. Shu o’rinda bizning ilmiy tadqiqot ishimiz ham O’zbekistonda hali amalga oshirilmaganligi va to’liq o’rganilmaganligi, ma’lumotlarni yetarli emasligini hisobga olib asosiy e’tiborimizni shu masalalarga qaratdik
Amaliy axamiyati: Ilmiy ishning amaliy axamiyati shundan iboratki, ayrim istiqbolli introdutsent o’simliklarning dorivorlik xususiyati juda yuqori hisoblanadi. Shuni xisobga olgan holda ayrim qimmatbaxo ayrim istiqbolli introdutsent o’simliklarimizni biotexnologik usullar yordamida ko’paytirib, axoliga tadbiq etishdan iboratdir. Bundan tashqari istiqbolli dorivor ziravor o’simliklari yetishtirib farmasevtikamizning rivojlanishiga hissa qo’shishdir
Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: Biotexnologik usullar yordamida ko’paytirilgan ayrim istiqbolli introdutsent o’simlilarimiz, ya’ni tajriba sifatida olingan ziravor o’simliklarimiz tajribadan oldingiga nisbatan tezroq yetishib chiqqanligi hamda hosildorlikning yuqori ekanligi, har hil kasalliklardan holi bo’lganligi bizning yutuqlarimizdan biridir. Shuning uchun biotexnologik usullar yordamida yetishtirilgan ayrim istiqbolli introdutsent o’simliklarimizni dexqonchilikka tadbiq etish orqali iqtisodiyotimizning yanada rivojlanishiga, shuningdek barcha ayrim istiqbolli introdutsent o’simliklarimiz dorivorlik hususiyatga ega ekanlligi esa farmasevtika yo’nalishini ham o’sishiga yoram beradi.
Qo’llanish sohasi. Ilmiy ishimizning qo’llanilish sohasi asosan oziq ovqat sanoatida, qandolatchilikda, parfumeriya, farmasevtika va bir qator yo’nalishlarda keng qo’llaniladi.
|
| |