I timoi i tiso i guruhlar




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

I timoi i tiso i guruhlar
Odamlar oʻrtasidagi raqamli tafovut rivojlangan 
davlatlarda ham uchrab turadi Nisbatan boyroq aholi 
yuqori tezlikdagi internetdan va qimmatbaho texnologik 
qurilmalardan foydalanish imkoniga ega Ammo kam 
daromadli aholi qatlamining bunday xizmatlar va 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyati 
cheklangan boʻladi Bu esa, oʻz navbatida, ularning taʼlim 
darajasi va 
l ktron ti orat a 
taʼsir qilib, kattaroq 
tafovutni yuzaga keltiradi Juda koʻp kompaniyalar ayni 
paytda oʻz tijoratini internetga koʻchirmoqda va faqat 
internet orqali ishlaydigan yangi tijorat shakllari tashkil 
etilmoqda Internetda foydalanuvchilar uchun juda 
yirik hajmdagi axborot va ijtimoiy tarmoqlar mavjud
Internetdan foydalanish imkoniyatining cheklangani boy va 
kam daromadli insonlar oʻrtasida, shuningdek, jahondagi 
mamlakatlar orasida ulkan tafovutni hosil qiladi
uqoridagi sabablar tufayli shahar va qishloqdagi 
internet foydalanuvchisi ishlatayotgan internet tezligi bir-
biridan farq qiladi Shuningdek, qishloq joylarida onlayn 
fi lm va televideniyeni qoʻllab-quvvatlaydigan internet 
aloqasi yoʻqligi tufayli aholi mana shunday internet 
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmaydi
Hatto striming xizmatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan 
aloqa mavjud boʻlsa-da, past tezlik sababli tasvirning 
namoyish sifati standart daraja bilangina cheklanishi, 
yuqori sifatda uzatilmasligi mumkin
Inson yashaydigan joyi sababli cheklanishi mumkin 
boʻlgan yana bir xizmat mobil telefon orqali 
ishlatiladigan internetdir Abonent yashash joyidan 
kelib chiqib, qurilma 3G yoki 4G tarmoqqa ulanishi yoki 
umuman hech qanday tarmoqqa ulanmasligi mumkin
2G texnologiyasi faqat qoʻngʻiroqlarni amalga 
oshirish va matnli xabarlarni yuborish imkoniyatini 
beradi, biroq unda internet juda sekin ishlaydi 
va foydalanuvchiga noqulaylik yaratadi 3G 
texnologiyasining ixtiro qilinishi natijasida 
foydalanuvchilarda mobil telefon orqali nisbatan 
tezroq ishlaydigan internetdan foydalanish imkoniyati 
paydo boʻldi 4G standartining paydo boʻlishi esa 
mobil telefonlardagi internet tezligini yanada oshirdi
Bunda G harfi ayni vaqtda mavjud tarmoq avlodini 
bildiradi 4G yoki 3G tarmoq mavjudligi insonning 
shahar yoki qishloq joylarda yashashiga qarab 
farqlanadi
Shaharda tarmoq antennalari bir-biriga yaqin, 
shaharcha va qishloqlarda bir-biridan ancha uzoqda 
oʻrnatiladi Qishloq joylarida hatto 3G tarmoqqa 
ulanish ham ancha murakkab Bu omillar mobil 
internetdan foydalanishni sezilarli darajada cheklaydi

Download 14,88 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish