Ushbu mintaqalarda sanoati nisbatan kamroq
rivojlangan mamlakatlar joylashgan
Rivojlanayotgan
mamlakatlar oʻz moliyaviy manbalarini muhimroq
xizmatlarni taqdim etishga sar ashi, texnologik
xizmatlarni rivojlantirish uchun yetarli mablagʻga ega
emasligi buning asosiy sababidir
Bunday mamlakatlarda
infratuzilmani yoʻlga qoʻyish uchun juda katta birlamchi
sarmoya talab etiladi Bu esa ushbu mamlakatlarga ham
raqobat, ham iqtisodiy tomondan salbiy taʼsir qiladi Ular
zamonaviy texnologiyalar yordamida savdo ishlarini olib
borolmaydi, shu sababli rivojlangan mamlakatlardan
farqli ravishda muayyan mijozlar va taʼminotchilar
bazasidan foydalana olmaydi
Bundan tashqari,
internet orqali yirik koʻlamdagi maʼlumotlarni olish
imkoniyati cheklangani taʼlim sifatiga ham oʻz taʼsirini
koʻrsatmasdan qolmaydi
Shuningdek, bu omil mazkur
mamlakatlar aholisining taʼlim va malaka darajasiga
oʻz salbiy taʼsirini oʻtkazadi hamda ularning xalqaro
miqyosda raqobat qilishiga toʻsqinlik qiladi