masala hisoblanadi U nafaqat internet, balki telefon,
televideniye, kompyuter va boshqa texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatini ham oʻz ichiga oladi
Raqamli tengsizlik koʻplab sabablar, shu jumladan,
odamning yoshi, jamiyatdagi oʻrni va joylashgan
yeriga qarab paydo boʻladi Raqamli tengsizlik qator
holatlarga, masalan, odamlarning elektron tijoratdan
foydalanishi, taʼlim olishi, mehnat istiqbollari va hordiq
chiqarishiga taʼsir qiladi
Bunday tafovut rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar, shahar va qishloqda yashovchilar,
turli ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar orasida
hamda yuqori samarador va oʻrta samarador
texnologiyalardan foydalanadigan kishilar oʻrtasida
kuzatilishi mumkin
Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda esa jamiyatning
texnologiyalardan foydalanishini taʼminlash, uning
sifatliroq taʼlim olish va elektron tijorat kabi
innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatini oshirish
uchun internet-qahvaxonalar tashkil etilmoqda
Raqamli tengsizlik turli shakllarda uzoq vaqtdan beri
kuzatiladi, biroq ilgari surilgan har bir tashabbus
ushbu tafovutni keskin qisqartirishga xizmat qiladi Bu
kelgusida raqamli tengsizlikdan raqamli integratsiyaga
aylanishiga umid bildirilmoqda