/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
92
ICT_STB_G10-11_c06_p078-094_NT_R5_2023.indd 92
31.10.2023 9:53:46


Videokonferensiya taʼlim jarayoniga ham taʼsir koʻrsatdi
Oʻquvchilarni jalb qilishda oʻqituvchini tinglash, kitob 
yoki veb sahifani oʻqish oʻrniga videokonferensiyadan 
foydalaniladi Videokonferensiya oʻquvchilarga dunyoning 
boshqa joylaridagi maktab va universitetlarda oʻqiyotgan 
tengdoshlari bilan suhbatlarda ishtirok etish va gʻoyalarni 
almashish imkonini beradi
Bu jonli bahs va munozaralarda oʻrtaga tashlanadigan 
mavzularga yangicha yondashuvlar paydo boʻlishiga, 
bu esa yanada keng va chuqurroq qarashlar paydo 
boʻlishiga olib keladi
Sanoat va fan ekspertlari bilan muloqot koʻpincha 
oʻquvchilarni mavzuga jalb qiladi va qiziqtiradi
Ekspertlar maktabga bormay videokonferensiya orqali 
suhbat va maʼruzalar oʻtkazishi mumkin Baʼzida 
suhbat bir vaqtning oʻzida bir nechta maktabdagi 
oʻquvchilar uchun oʻtkaziladi Bu, ayniqsa, uzoq 
hududda joylashgan maktablar uchun samaralidir
Universitetlarda videokonferensiyalar keng qoʻllanadi
Texnologiya oʻqituvchiga bir vaqtning oʻzida bir nechta 
universitet uchun maʼruza oʻqish imkonini beradi
Taʼlimning ushbu usuli muayyan fandan ma’ruzachini 
topish qiyin boʻlgan vaziyatlarda qoʻl keladi Qolaversa, 
videokonferensiya oʻqituvchiga tadqiqot yoki 
anjumanlar paytida oʻquvchilarga maʼruzalar qilish 
imkonini beradi
Tibbiyot va tibbiy xizmat videokonferensiya 
yanada koʻproq samara keltirishda davom etayotgan 
sohadir Ushbu soha imkoniyatlaridan foydalanib, 
turli shifoxonalardagi konsultant va shifokorlar 
bemorning ahvolini muhokama qilishi va tashxis 
qoʻyishga yordam beradi Ultratovush vizualizatsiya 
va videoendoskop kabi tashqi qurilma komponentlari 
ulanadi hamda tasvirlar boshqa joydagi konsultantga 
videokonferensiya orqali uzatiladi Bu bemorning 
ahvolini baholashga yordam beradi Bunday usulning 
ikkita foydasi bor konsultantlarning yoʻl xarajatlarini 
qisqartirish va samaradorlikni oshirish Chunki 
konsultantlar muayyan vaqt oraligʻida koʻproq holatni 
koʻrib chiqishadi Ayrim mamlakatlardagi shifokor 
va hamshiralar jismoniy nuqsoni mavjud yoki olis 
hududlardagi bemorlar bilan videokonferensiya orqali 
muloqot qiladi Bunday vaziyatlarda videokonferensiya 
bemorga, ayniqsa, odamlar bilan koʻp aloqaga kirisha 
olmaydigan keksa kishilarga qoʻl keladi
Tijoratda eng yaxshi usul yuzma-yuz uchrashuv 
hisoblanadi Elektron pochta va telefon tijoratga 
oid shartnomalarni imzolash va amalga oshirishda 
samarali vositalar hisoblanadi, biroq masala 
katta qiymatga ega bitimlarga kelib taqalganda, 
kishilar, qoidaga koʻra, ishni shaxsan bitirishni afzal 
koʻradi Biror kishi bilan shaxsan uchrashish yaxshi 
munosabatlar, doʻstlik va ishonchni targʻib qilishga 
yordam beradi
Biroq har doim ham yuzma-yuz uchrashuvlarning 
imkoni boʻlmaydi Masalan, vaqt chegaralangani 
yoki safar xarajatlari buni imkonsiz qilib qoʻyadi
Videokonferensiya bunday vaziyatlar uchun yechim 
sanaladi Bu kishilarga ofisdan chiqmagan holda 
shaxsiy uchrashuvlarni oʻtkazish imkonini beradi
Natijada safar xarajatlari tejaladi, shuningdek, 
xodimning vaqti safarlarga emas, vazifalarni amalga 
oshirishga sar anadi
Videokonferensiya 

Download 14,88 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish