|
Video va veb konferensiyalarda tarmoqlardan Pdf ko'rish
|
bet | 121/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJAVideo va veb konferensiyalarda tarmoqlardan
foydalanish
Tarmoqlardan foydalanilmasa, videokonferensiya va
veb konferensiyani tashkillashtirish imkonsiz boʻlardi
Paketli kommutatsiyadan foydalanish xuddi boshqa
turdagi uzatiladigan maʼlumotlar kabi video va audio
uzatishni ham paketlarga taqsimlash imkonini beradi
Olingan paketlar tarmoqlar va internet boʻylab oson
hamda tez uzatiladi
Tashkilot ichida oʻtkaziladigan video va veb
konferensiyalarda shu tashkilotning lokal tarmogʻidan
foydalaniladi
Lokal tarmoq simli yoki simsiz boʻlishi mumkin
Konferensiyalarga tashqaridan ulanish uchun AN yoki
internetdan foydalanish talab qilinadi
Video va veb konferensiya uchun axborot uzatish
tezligi talab qilinadi Video va ovozning sifatiga talab
qanchalik yuqori boʻlsa, uzatish tezligi ham shunchalik
yuqori boʻlishi kerak AN orqali video yoki veb
konferensiya oʻtkazish uchun odatda ulanishning
toʻrtta turidan biri qoʻllanadi
•
Integratsiyalashgan xizmatlar raqamli tarmogʻi (ISDN)
•
Asinxron raqamli abonent liniyalari (ADSL)
•
Sinxron raqamli abonent liniyalari (SDSL)
•
3G/4G mobil tarmoqlar
Integratsiyalashgan xizmatlar raqamli tarmogʻi (ISDN)
axborotni raqamli koʻrinishda analog mis sim orqali
yuborishga imkon beruvchi tarmoq texnologiyasidir
Odatda bu har bir kanal boʻyicha 64 Kbit/s gacha
tezlikda uzatganda yuz beradi Shuningdek, 128 Kb/s
gacha tezlikda uzatish uchun ikkita kanaldan parallel
foydalanish mumkin ISDN 1990-yillar va 2000-yillarning
boshida mashhur boʻlgan, biroq ancha tezkor ADSL
va SDSL tarmoqlari uning oʻrnini egalladi Shunga
qaramay, ISDN hali ADSL va SDSL texnologiyalari joriy
qilinmagan hududlarda oldingidek qoʻllanmoqda
Keng polosali nomi bilan tanilgan asinxron raqamli
abonent liniyalari (ADSL) hozir internetga ulanishning
eng keng tarqalgan turi hisoblanadi U 100 Mb/s gacha
boʻlgan uzatish tezligiga ega ADSL ishonchli va yuqori
tezlikdagi ulanishni taʼminlash maqsadida uylarda
va korxonalarda qoʻllanadi Asinxron yuklab olish
va yuklash tezligi farq qilishini anglatadi aʼni ADSL
yuklab olish va yuklash tezligi oʻrtasidagi muvozanatni
noteng taqsimlagan holda ishlaydi Aksariyat uy va
korxonalar oʻzi internetga yuklagandan koʻra koʻproq
axborotni yuklab oladi Natijada ADSL yuklab olish
tezligi odatda yuklash tezligidan ancha yuqori boʻladi
Sinxron raqamli abonent liniyalari (SDSL) ADSL singari
axborotni uzatish texnologiyasidan foydalanadi
Shunga qaramay, bunda yuklab olish va yuklash tezligi
muvozanatlangan va teng boʻladi SDSLdan ekvivalent
hajmdagi axborotni yuklab oladigan va yuklaydigan
tashkilotlar foydalanadi
Smartfonga oʻxshash mobil qurilmalar
foydalanuvchilari sayohat paytida yoki LANga ulanish
imkonsiz boʻlganida videokonferensiyadan foydalanish
uchun 3G/4G texnologiyasini qoʻllaydi
Videokonferensiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun video va audio signallar tarmoq boʻylab
uzatilishi zarur Video signallar katta hajmda axborot
uzatishni talab qiladi Videoning tiniqlik darajasi
qanchalik yuqori boʻlsa, uzatish uchun shunchalik koʻp
axborot talab qilinadi va tarmoqqa shunchalik koʻp
trafik joylanadi uqori trafik videokonferensiyaning
buzilishi yoki uzilib qolishiga olib keladi
Bu muammoni bartaraf qilish uchun
videokonferensiyalarda kodeklar deb ataluvchi dasturiy
taʼminot vositalari qoʻllanadi Kodek coder
( kodlovchi ) va decoder ( kodni ochuvchi ) soʻzlarining
qisqartmasidir uboruvchi tomonda kodekning coder
( kodlovchi ) elementi video va audio signallarni qabul
qiladi va fayl oʻlchamini kichraytirish uchun ularni
siqadi Fayl oʻlchamini kichraytirish kamroq axborot
uzatishni anglatadi Bu esa tarmoq trafigini kamaytirib,
konferensiya uzilib qolishi ehtimolini kamaytiradi Qabul
qiluvchi tomonida decoder ( kodni ochuvchi ) siqilgan
faylni ochadi Natijada video va audio signallar ijro
etiladigan holatga keladi
|
| |