Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

Yakunlovchi mexanizm
ICT_STB_G10-11_c07_p095-102_NT_R4_20223.indd 96
31.10.2023 9:54:00


97
U foydalanuvchiga savollar beradi va uning javoblariga 
asoslanib mantiq chizigʻiga rioya qiladi Bu keyingi 
savollarga va oxir-oqibatda yakuniy natijaga olib keladi
akunlovchi mexanizm muammolarni hal qilish vositasidir
U muammoning yechimi bosqichlarini tashkil qiladi va 
boshqaradi Buning uchun koʻpincha 
zan ir
usulidan 
foydalanadi U mulohaza yuritish chizigʻini shakllantirish 
maqsadida 
-
qoidasini bir-biriga bogʻlaydi
IF
qoidasining bir qismi shart hisoblanadi, masalan, 
IF
men 
och boʻlsam
qoidasining bir qismi harakat, yaʼni 
IF
men och boʻlsam, 
men nimadir yeyishim kerak.
Natijalarni olish uchun foydalanish mumkin boʻlgan 
ikki asosiy usul bor. Tegishli usul ekspert tizim yakuniy 
natijani, yaʼni xulosa yoki harakatlar yoʻnalishini olishga 
moʻljallangan yoki yoʻqligiga bogʻliq boʻladi oki u 
maʼlum xulosa, yaʼni maqsaddan boshlanadi Agar 
jarayon shartlar toʻplami bilan boshlansa va zanjir 
yakuniy xulosa tomon harakatlansa, bu toʻgʻridan 
toʻgʻri mantiqiy xulosa chiqarish deb ataladi
Toʻgʻridan toʻgʻri mantiqiy xulosa chiqarish tizimida ekspert 
tizim kiritiladigan maʼlumotlarni qabul qiladi hamda 
oʻzida mavjud bilimlar va qoidalar bilan taqqoslaydi U 
yakuniy maqsad yoki natijaga erishmagunicha harakatda 
davom etadi Toʻgʻridan toʻgʻri mantiqiy xulosa chiqarish 
tizimi maʼlumotlar orqali boshqariladi Muammo haqidagi 
maʼlumotlar toʻplanadi, natijada tizim ma’lumot asosida 
yakuniy xulosa chiqaradi
Agar jarayon maʼlum xulosadan boshlansa, biroq unga 
eltuvchi yoʻl nomaʼlum boʻlsa, xulosa chiqarish tizimi 
teskari yoʻnalishda ishlaydi va mantiqiy xulosa chiqarish 
teskari zanjir deb ataladi. Bu vaziyatda tizim maqsad va 
yechimga ega boʻladi hamda yakunlovchi mexanizm buni 
isbotlash uchun dalillar qidirishga harakat qiladi.
Afzalliklari
Kamchiliklari
Ekspert tizimlari izchillik 
kasb etadi. Qarorlar har 
doim bir xil maʼlumotlar 
va mantiq bilan qabul 
qilinadi. Shuning uchun 
ushbu qaror ayni vaziyat 
uchun hamisha bir xil 
boʻladi Odam esa diqqat 
yetishmasligi yoki ayrim 
faktlarni unutib qoʻyishi 
tufayli har xil yechimlarni 
berishi mumkin.
Bugungi kungacha 
ekspert tizimlar odam 
kabi soʻrash uchun yangi 
savollar yoki mantiqdan 
foydalanishning yangicha 
usullarini kashf qilib, 
oʻrgana olmagan Agar 
ularning bilimlar bazasi va 
yakunlovchi mexanizmi 
dasturchilar tomonidan 
yangilanmasa, ular 
oʻzlari dasturlashtirilgan 
mantiq va bilimlar bilan 
cheklangan. Mashinaviy 
oʻrganish va sunʼiy 
intellekt sohasidagi soʻnggi 
natijalar ekspert tizimlari 
moslashuvchanlik va 
kiritilayotgan ma’lumotlar 
asosida boshqaruvsiz 
oʻrganishga qodir ekanini 
koʻrsatmoqda
Ular ulkan xotiraga ega 
va butun dunyodagi 
ekspertlar foydalanishi 
mumkin boʻlgan barcha 
bilimlarni oʻz ichiga oladi
Odamlar cheklangan 
bilimga ega va unutish 
ehtimoli katta.
Ular intuitsiyadan 
foydalana olmaydi Odam 
aksar hollarda koʻplab 
mantiqiy bosqichlardan 
oʻtmasdan turib axborot 
fragmentlari oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni tezda koʻra 
oladi. Kompyuter buni 
bajara olmaydi.
Ulardan har doim foy-
dalanish mumkin — 24/7. 
Ekspertlar esa bunday 
emas, ular dam olish va 
uyquga ehtiyoj sezadi.
Ularda mehr yoʻq
kompyuter emas, 
inson-shifokorning 
iliq munosabati va 
hamdardligi bemorga 
koʻproq dalda beradi
Ular bir nechta 
foydalanuvchiga 
moʻljallangan va internet 
orqali ulardan hamma 
foydalanishi yoki tizim 
nusxalanishi hamda 
tarqatilishi mumkin. 
Odamlar bir urinishda 
faqat bitta muammoni 
yecha oladi, shu bois 
soʻrovlar ustuvorlik 
darajasiga qarab 
tartiblanishga majbur. 
Odamlardan kutib turish 
yoki keyinga qoldirish 
soʻraladi
Ular amaldagi holatlar 
boʻyicha tajribalarni 
qoʻllay olmaydi Ekspert 
oʻzi oldin duch kelgan 
muammoga aynan oʻsha 
savollar toʻplamini qayta 
bermay turib tezkorlik 
bilan xulosa chiqaradi
Ekspert tizim buni bajara 
olmaydi.

Download 14,88 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd

Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish