4G aloqa Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning
shiddat bilan ortib borishi koʻplab odamlar profi llarini
tez-tez tekshirishiga va kun davomida xabar
yuborishiga olib keladi Bunda koʻpincha mobil
tarmoqdan foydalaniladi
Mobil tarmoqlar boʻyicha qanday kelajak
ishlanmalari yaratilayotganini oʻrganing
6. 6. i o va v b konf r nsiya
Ommalashib borayotgan muloqot shakllaridan
biri videokonferensiyadir Videokonferensiya
foydalanuvchilarga suhbat davomida bir-birini koʻrish va
eshitish imkonini beradi
Veb konferensiya analog muloqot muhiti Veb
konferensiya odatda bir tomonlama muloqot qilish
imkonini beradi Foydalanuvchi videoni koʻplab
kuzatuvchi-foydalanuvchilarga uzatadi, masalan, oʻquv
seminari oʻtkazayotgan kompaniya yoki maʼruza
oʻqiyotgan universitet oʻqituvchisi bunga misol boʻladi
Endilikda veb konferensiya texnologiyasi kengaydi
Hozir u ikki tomonlama aloqani ham taʼminlay oladi
Videokonferensiya qanday sozlanadi
Videokonferensiya uchun muayyan qurilma va dasturiy
taʼminot talab qilinadi
•
stol kompyuteri yoki noutbuk
•
foydalanuvchining tasvirini yozib olish uchun veb
kamera
•
foydalanuvchining ovozini yozib olish uchun
mikrofon
•
boshqa ishtirokchining tasvirini aks ettirish uchun
monitor
•
ovozni eshitish uchun ovozkuchaytirgichlar
•
boshqa ishtirokchi bilan ulanish uchun tarmoq
(internet)dan foydalanish imkoniyati
•
videokonferensiyani amalga oshirish va boshqarish
uchun videokonferensiya dasturiy taʼminoti
Noutbuk, smartfon va planshet kabi zamonaviy
texnologiyalarda bu qurilmalar mavjud Smartfon
va planshetlar odatda videokonferensiya uchun
oʻrnatilgan dasturiy taʼminot bilan birga sotiladi
Foydalanuvchi videokonferensiyada ishtirok etishdan
oldin videokonferensiya xizmatida roʻyxatdan oʻtishi
talab qilinadi izmat foydalanuvchi oʻrnatishi
kerak boʻlgan dasturiy taʼminotga ega boʻladi
Ishga tushirilgan dasturiy taʼminot va tarmoq yoki
internetga ulangan qurilma bilan foydalanuvchi
boshqa roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchini tanlaydi va
konferens-chaqiruvni boshlaydi Boshqa ishtirokchi
chaqiruvni qabul qilishi yoki inkor etishi mumkin
Videokonferensiyani boshlashdan oldin qator
tekshiruvlarni amalga oshirish zarur
•
Barcha ishtirokchilar barqaror va mos internetga
ulanganiga ishonch hosil qiladi
•
Har bir ishtirokchi mikrofoni ovozini yetarli
balandlikda uzatayotganini tekshiradi Aksariyat
videokonferensiya dasturlarida mikrofon
toʻgʻri ishlayotganini tekshirib koʻrish mumkin
Foydalanuvchi oʻz ovozini yozib olib, eshitib koʻra
oladi
•
Har bir ishtirokchi oʻz veb kamerasini toʻgʻri
joylashtirgani, u xavfsiz va himoyalangan holda
oʻrnatilganiga ishonch hosil qiladi Qatnashchilar
oʻz tasvirlari tizimga uzatilayotgani va boshqa
ishtirokchilar uni aniq koʻrayotganini tekshiradi
Aksariyat videokonferensiya dasturlarida buni tekshirib
koʻrish imkoniyati bor