Manbada ham, axborotni uzatish belgilangan joyda
ham aynan bitta kodekdan foydalanish muhim
Turli kodeklar fayllarni turlicha siqadi va yoyadi Shu
bois ular bir-biriga mos kelmaydi ullas, bir qancha
kodek standartlari mavjud H 264 eng ommalashgan
kodeklardan biridir va nafaqat videokonferensiya
uchun, balki DVD va ouTube tarmogʻidagi videolarda
ham qoʻllanadi Boshqa videokonferensiya kodeklari
H 261 va H 263 kodeklarini oʻz ichiga oladi
i o on r nsi aning ami atga taʼsiri
qarshisida oʻzini noqulay his qiladi Videokonferensiya
axborotni yuqori tezlikda uzatishni talab qiladi Tarmoq
trafi gining yuqori darajada ekani videoni uzatishga
toʻsqinlik qilishi, yomonlashtirishi yoki uzib qoʻyishi
mumkin Bu esa foydalanuvchining muloqotning ovozli
usullariga qaytishiga olib keladi
Videokonferensiya
ra amli t n sizlik
ni kengaytirishga
yordam bermoqda, deb taʼkidlash mumkin Koʻplab
yoshi katta foydalanuvchilar texnologiyalarga
xavfsirab qaraydi Ular oʻziga tanish va qulay ovozli
aloqaning nisbatan anʼanaviy usullarini afzal koʻrib,
videokonferensiyaning murakkabliklaridan hadiksiraydi
Videokonferensiya hali qonunchilikka bevosita
oʻz taʼsirini koʻrsatmagan Shunga qaramay, qator
mamlakatlarda guvohga videokonferensiya yordamida
koʻrsatma berishiga imkon yaratuvchi qonuniy tartib
joriy etilgan Bu sudda qatnashish tufayli psixologik
xastalikka duchor boʻlishi, ayniqsa, oʻziga nisbatan
jismoniy zoʻravonlik koʻrsatgan yoki shafqatsiz
munosabatda boʻlgan kishilar bilan toʻqnashishga
toʻgʻri kelayotgan guvohlar uchun moʻljallangan
Qoʻshma Shtatlarga oʻxshash ayrim mamlakatlarda
videokonferensiya ayblanuvchilarga qamoqni tark
etmagan holda sudda chiqish qilish imkonini beradi
Bu safar xarajatlarini tejaydi va jamoatchilik xavfsizligi
darajasini oshiradi Chunki gumonlanuvchilar hibsda
qoladi
Buyuk Britaniyadagi bir qancha politsiya idoralarida
tergovlarni nisbatan tezkor amalga oshirish maqsadida
videokonferensiya joriy qilingan Tergovchi bir politsiya
idorasiga joylashtiriladi, biroq har bir uchastkaga
bormasdan boshqa uchastkalardagi gumonlanuvchi va
guvohlarni soʻroq qiladi