102
. . ulosa
Ekspert tizim maʼlum bir sohada mutaxassisning
qaror qabul qilish yoki muammolarni hal
qilish qobiliyatini takrorlashga yoʻnaltirilgan
Ekspert tizimlardan tibbiy yoki avtomobillarning
muammolarini aniqlashda foydalaniladi. Tizim
uchta komponent bilimlar bazasi, xulosa chiqarish
mexanizmi va foydalanuvchi interfeysidan iborat
Bilimlar bazasi mutaxassis tomonidan toʻplangan
maʼlumotlar bazasi ulosa chiqaruvchi mexanizm
qanday maʼlumotlarni toʻplash kerakligini aniqlaydi,
foydalanuvchi interfeysi esa foydalanuvchi va
tizimning oʻzaro bogʻlanishidir
Toʻgʻridan toʻgʻri mantiqiy xulosa chiqarish tashxis
yoki choralar rejasi hosil boʻlmaguncha muammo
haqida maʼlumot yigʻish va qabul qilishning
uzluksizligi Teskari mantiqiy xulosa chiqarish
natija maʼlum boʻlgan bir paytda natijaga erishish
maqsadida zanjir jarayonining teskari tomonga
oʻzgarishi
Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimining uchta asosiy
turi mavjud: paketli, onlayn va real vaqt rejimida
qayta ishlash tizimlari. Paketli qayta ishlashda
koʻpincha kechikishlar kuzatiladi va maʼlumotlar
toʻplam sifatida qayta ishlanadi Onlayn tizim
maʼlumotlarni tranzaksiya sifatida toʻplaydi va
barcha maʼlumotlar toʻplangandan soʻng qayta
ishlaydi Real vaqt rejimidagi tizim maʼlumotlarni
oʻsha zahoti qayta ishlaydi
Asosiy fayllarda subyekt, masalan, xodim yoki mijoz
haqida doimiy maʼlumotlar saqlanadi Tranzaksiya
fayllari asosiy fayllarni yangilash uchun ishlatiladi.